Geterozis

Geterozis (Yun. heteroisis — o’zgarish, farqlanish) — duragay quvvatining namoyon bo’lishi, ya’ni du- ragaylar ko’rsatkichining ota-onaning o’rtacha ko’rsatkichlari yoki ota-onadan birining yaxshi ko’rsatkichlariga nis- batan ustun kelish hodisasi. «G.»ter- minini fanga amerikalik genetik g. Shell kiritgan (1914). G. qarindosh bo’lmagan shakllarni; har xil liniya, zot (nav) va hamma turlarni o’zaro chatish- tirishdan olingan birinchi avlod dura- gaylari uchun xos. Keyingi avlodlarda (duragaylar o’zaro chatishtirilganda) uning samarasi susayadi va yo’qoladi. G. g’o’zada vegetativ organlarning kuch- li rivojlanish (somatik g.), urug’ mahsuldorligi (reproduktiv g.), shu- ningdek polimer genlar boshqaradigan miqdoriy tartibdagi qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha kuzatiladi. G. ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy G.da birinchi avlod duragayi — F, ko’rsatkichlari ota-onaning har ikkisinikidan ham ustun, salbiy F, da esa pastroq bo’ladi. Turlararo dura- gaylashning eng yaxshi kombinasiyala- rida birinchi avloddagi g. 50-100% ga etadi. Tetraploid turlarning tur ichidagi duragaylarida g. sustroq bo’lib, 30-40%ni tashkil etadi. Makkajo’xorining oddiy va qo’sh li- niyalararo duragaylari umumiy don hosilini 20-30% oshirishga imkon beradi. G.ning genetik asosi — gen ichidagi, genlararo o’zaro ta’sir muno- sabatlariga asoslangan. G.ning asosida yotuvchi geterozigotalikning ahamiyatini isbotlovchi dalillardan biri tabiiy populyasiyalardagi individlarning ko’p sondagi genlar bo’yicha geterozigotali- gidir. Q.x.da makkajo’xori, pomidor, piyoz, bodring, tarvuz, beda va b. ekin- larning duragay urug’larini etishtirish usullari ishlab chiqilgan. Chorvachilik- da g. hodisasi duragaylash, zotlararo va zot ichida chatishtirishda kuzatiladi va q.x. hayvonlari mahsuldorligini oshirishni ta’minlaydi. Sharifjon To’rabekov.