Geterogoniya

Geterogoniya (getero… va Yun. gone, goneia — tug’ilish, avlod qoldirish) — hayvonlarda nasl almashinish shak- llaridan biri. G. faqat jinsiy nasl- ning bir-biri b-n almashinuvidan ibo- rat bo’lib, jinsiy va jinssiz nasl al- mashinuvi — metagenezdan farq qiladi. G. faqat umurtqasiz hayvonlar (yassi chu- valchanglar, to’garak chuvalchanglar, bosh aylangichlilar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) uchun xos. G.ning 3 xil shak- li mavjud: 1) ayrim jinsli naslning germafrodit nasl b-n almashinuvi (mas, to’garak chuvalchanglar); 2) ayrim jinsli naslning partenogenetik (urug’lanmagan tuxumdan ko’payadigan) nasl b-n Alma- shinuvi. O’simlik shiralarida bir necha partenogenetik tirik tug’uvchi naslidan so’ng kuzda 2 jinsli (urg’ochi va erkak) nasli paydo bo’ladi. Bu nasl urug’langan, qishlab qoladigan tuxum beradi. Bahorda bunday tuxumlardan yana partenogene- tik tirik tugib ko’payadigan hasharotlar chiqadi; 3) tuzilishi b-n farq qiladigan jinsiy nasllarning gallanishi (mas., bir-biridan mavsumiy rangi b-n Far k, qiladigan kapalaklar paydo bo’lishi).