Geterozigota

Geterozigota (getero… va zigo- ta) — organizmning gomologik xromoso- malarida biror gen har xil allellari- ning mavjudligi. Tajribalarda G. har xil allellar bo’yicha gomozigotalarni chatishtirish orqali olinadi. Duragay- lar nasli muayyan gen bo’yicha getero- zigotalik bo’lib qoladi. Ba’zi genlar allellari faqat g.li holida mavjud bo’lishi mumkin (resessiv letal muta- tsiyalar, dominant mutasiyalarning ham resessiv letal natijaga olib kelishi). Odamlarda taxm. 20% genlar g. holida bo’ladi. Irsiy kasalliklar keltirib chiqaradigan resessiv allellar bo’yicha G.likni (ya’ni mazkur kasallik tashuv- chilarni) aniqlash tibbiyot genetika- sining asosiy muammosi hisoblanadi. Ko’p allelizmda g. o’rniga kompound (ing, compound — murakkab) tushunchasi ishla- tiladi. G. termini xromosomalar qayta qurilishi uchun ham qo’llaniladi (mas, inversiya, translokasiya yoki b. bo’yicha g.).