Geterostiliya
Geterostiliya (getero… va Yun. stylos — ustuncha), urug’chi ustunchalari- ning har xilligi — o’simlikda changchi changdonlari b-n urug’chi og’izchasining nisbatan baland-past joylanishiga ko’ra bir-biridan farqlanadigan 2 yoki 3 xil tipdagi gullarning mavjud bo’lishi. Mas, gulda urug’chi og’izchasi changchi changdonidan pastda (qisqa ustunchali), yuqorida (uzun ustunchali), o’rta holatda (o’rta ustunchali) joylashgan bo’lishi mumkin. Bu hodisa o’simlik turlari po- pulyasiyalarining evolyusion moslanish- larida yuzaga kelgan va o’simliklarning ko’payishi hamda yashovchanligi oshi- shida hayotiy ahamiyatga ega. G. gulli o’simliklarning 30 ga yaqin oila vakil- larida kuzatiladi.