Geterofilliya

Geterofilliya (getero… va Yun. phyllon — barg) — bitta o’simliqda yoki uning bitta shoxida har xil shakldagi barglar bo’lishi. G. ayniqsa suvda o’suvchi o’simliklarda yaxshi rivojlangan bo’lib, suv osti barglari suvdan tashqarida joy- lashgan barglaridan keskin farq qiladi. Suv o’simliklari uchun g. moslanish xusu- siyatiga ega, chunki kuchli qirqilgan suv osti barglari suvda erigan uglerod OK- Sidni yaxshi o’zlashtiradi. G. quruqpikda o’suvchi o’simlik (tut, ayrim evkalipt) larda ham uchraydi. G. barglar yoshi yoki funktsiyasiga bog’liq bo’lishi mumkin. Mac, tutning ancha eski barglari keng oval yoki tuxumsimon shaklda, hosil ber- maydigan yosh novdalaridagi barglari esa kuchli qirqilgan bo’ladi. Tropik epifit qirqquloq platiserium dastlab kosasi- mon barglar hosil qiladi. Bu burglar ichida qirqquloqning havo ildizlari joylashadi. Keyinroq hosil bo’lgan bar- glar uzun bo’lib, assimilyasiya funktsiya- sini bajaradi.