Gerasimov Mixail Mixaylovich

Gerasimov Mixail Mixaylovich [1907.2(15).9, Peterburg — 1970.21.7, Moskva] — antropolog, arxeolog va haykaltarosh; odamning kalla suyagi aso- sida qiyofasini tiklash ilmiy makta- bi asoschisi. Tarix fanlari dri (1956). O’rta Osiyoga uyushtirilgan arxeologik ekspedisiyalarda qatnashgan. Sibirdagi Malta, Surxondaryo viloyatidagi Machay gori, Teshiktosh gori, Toshkent viloya- tidagi Obirahmat g’ori kabi ibtidoiy makonlarni tekshirgan. G. o’zi ishlab chiqqan usul b-n qad. odamlar (pitekan- trop, sinantrop, neandertal) qiyofasi (mas, Teshiktosh g’oridan topilgan mu- ste odami yuz tuzilishi)ni va bir necha tarixiy shaxslar (Yaroslav Mudriy, Ivan Grozniy, Amir Temur, Ibn Sino, Ruda- kiy, Shiller, Shohrux, Ulug’bek va b.) haykal-portretini yaratgan.