GELIOTROPIN, piperonal

GELIOTROPIN, piperonal, S8N6O3 — xushbo’y hidli, organik bi- rikma, rangsiz kristallar. Mol. m. 150,13. Suyuqdanish t-rasi 37°, qaynash t-rasi 264°; sovuq suvda oz, spirt, efir, benzol va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bug’i b-n oson haydaladi. Geliotrop va siren gullarida, vanil va ba’zi efir moylari tarkibida uchraydi. Sanoatda G. safrolni kon ishtirokida izomerlash, so’ngra hosil bo’lgan izosaf- rolni xromli aralashma yoki ozon ta’si- rida oksidlash usuli b-n olinadi. Oziq- ovqat sanoatida, atir-upa i. ch.da, shu- ningdek iroqi sovunni xushbo’y qilishda ishlatiladi.