Gemmologiya

Gemmologiya( Gemma va …logiya) — javohirlar (qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar)ni o’rganuvchi fan. Qadimda javohirlar va ulardan ish- langan buyumlar Evropada Gemma deb atalgan. Ba’zi olimlar g.ni mineralo- giyaning bir sohasi deb hisoblaydilar. Gemmologlar fikricha, g. mustaqil fan. G. javohirlarning fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, bezaklik fazilatlari, konlari minerageniyasi, ishlov berish texnologiyasini, shuningdek tayyorlangan buyumlarning bozor narxlarini belgi- lash, ularga bo’lgan ehtiyojning o’zgarib turish qonuniyatlarini, javohirlarni sun’iy ravishda tayyorlashni o’rganadi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida (asosan AQSh, Angliya, Germaniya, Yaponiya) g. in- tlari, birlashmalari, uyushmalari, lab. lari mavjud. Maxsus «Gemmologiya» jur-nali nashr qilinadi (AQSh, Yaponiya). O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston hududida qimmatbaho toshlar xossalarini o’rganish va ulardan zargarlik buyumlari yasash mil. AV. 1-ming yillikdan ma’lum. Abu Rayhon Beruniy «Mineralogiya» asarida javohirlarning paydo bo’lishi, ularning fizik, kimyoviy xossalari haqida yozgan. G. asosan 20-a. boshlarida mineral xom ashyolarni tekshirishning yangi usullari (qutbli optika, roentgen strukturali tahlil, spektrometriya va b.) qo’llanila boshlangandan so’ng tez shak- llandi. G.ning rivojlanishida Rossiyada A. E. Fersman, G. P. Barinov va b.ning qimmatbaho toshlar to’g’risidagi asar- lari muhim rol o’ynadi. O’zbekistonda hozir amaliy g. taraqqiy etgan bo’lib, o’zbek zargarlarining ishlarida o’z ifo- dasini topgan.