Gemoliz

Gemoliz (gemo… va Yun. lysis — emirilish, parchalanish), gematoliz, eritrositoliz — qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning parchalanib, gemo- globining qon plazmasiga o’tishi. Nor- mal holatda g. eritrositlarning hayotiy tsiklini yakunlaydi; odam va hayvonlar organizmida u uzluksiz ravishda sodir bo’lib turadi (fiziologik g.). Ba’zi ka- salliklarda, organizm zaharlanganda, badan kuy ganda, guruhi yoki rezus-fak- tori to’g’ri kelmagan qon quyilganda yoki dorilar qabul qilinganda patologi k g. ro’i beradi. G. tufayli qon qip-qizil, lo- klangandek bo’lib qoladi; kamqonlikka, og’ir xili esa o’limga sabab bo’ladi.