Gilli minerallar

Gilli minerallar — gillar- ning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan va ularning fizik-kimyoviy, mexanik va b. xususiyatlarini belgilovchi suvli sili- katlar guruhi. Er yuzasidagi alyuminiy va magmatik hamda metaformik tog’jinsla- ri silikatlarining nurash mahsuli. Nu- rash natijasida nurash va sedimentasiya muhiti fizik-kimyoviy sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq holda g.m. ichki tuzi- lishi va kimyoviy tarkibining bosqichma- bosqich o’zgarishi sodir bo’ladi. G. m. zarralarining o’lchami 0,01 mm dan osh- maydi. Kristall strukturasiga ko’ra g.m. qatlamli va soxta qatlamli silikatlarga kiradi. G. m. strukturasidagi kristall- kimyoviy farqlar ularning kimyoviy tarkibidagi farklariga muvofiq kela- Di. Shu xususiyatlariga ko’ra g. m. bir- biridan keskin farqlanadi. Mac, Mont- morillonitli minerallar juda yuqori o’zaro modda almashinuv va adsorbtsion xossalariga ega, kaolinitli mineral- larda esa bu xususiyatlar kamroq namoyon bo’lgan. Gidro-slyudalar guruhiga mansub G. m. qizdirilganda hajmi juda katta- lashadi. G. m.ni aniqlashda infraqizil spektroskopiyadan, kimyoviy rentgen, elektron-mikroskopik, termik metod- lardan foydalaniladi.