Gilom, Giyom (Guillaume) Sharl Eduard

Gilom, Giyom (Guillaume) Sharl Eduard (1861.15.2, Flere — 1938.13.6, Parij) — shveytsariyalik fizik va me- trolog. Ilmiy ishlari asosan metro- logiyaga oid. 1883-89 y.larda chiziqli kengayish koeffisientini aniqlashga va metrning platina-iridiyli eta- lonlarini bir-biriga solishtirishga oid ishlarda katnashgan. G. 1 kg suvning hajmini aniqlagan. Aniq asbobsozlik, metrologiya va geodeziya sohalarida kat- ta ahamiyatga ega bo’lgan invar tipidagi krtishmalar seriyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1920).