Gipergen jarayonlar

Gipergen jarayonlar — er po’sti va uning yuzasidagi mineral moddalarning atmosfera, gidrosfera va tirik organizmlar ta’sirida past t-ralarda kimyoviy va fizik o’zgarishi. G. j. kimyoviy ajralish, erish, gidroliz, gidratasiya, oksidlanish, karbonatla- nish va b. hodisalarda namoyon bo’ladi. G. j. ta’sirida quyidagilar kelib chiqadi: foydali qazilmalarning OK- sidlanishi va nurash po’stining vujudga kelishi, tuproq hosil bo’lishi, er osti, Daryo, ko’l, dengiz va okeanlar suv tarki- bining shakllanishi, xemogen va biogen cho’kishning yuzaga kelishi, cho’kishning diagenez va ilk epigenezi. Endogen jarayonlar uchun asosiy omillar t-ra va bosim bo’lsa, g. j. uchun muhitning ishqorlilik yoki kislotalilik daraja- si va oksidlanish-tiklanish imkoniyati muhimdir. Biogeokimyoviy jarayonlar ham katta rol o’ynaydi. G. j. ning muhim tashqi omili iqlim bo’lib, g. j.ning er yuzasida joylashish qonuniyati — zo- nallik esa ilk bor V. V. Dokuchaev to- monidan aniqlangan. G. j. natijasida qimmatbaho foydali qazilma konlar Vu- judga keladi.