Gigantizm
Gigantizm (Yun. gigas, gigantos — ulkan), ulkanlik, darozlik — odam bo’yining haldan tashqari baland bo’lishi, patologii o’sishi. Gipofizda o’sish gormonining ko’p ishlanib chiqishi sabab bo’ladi. G. ko’proq erkaklarda, o’smirlik davrida uchraydi. Bo’yi 1,75 m dan baland kishilar novcha, 2 m dan ba- landlari daroz hisoblanadi (q. Akro- megaliya). G.ni baland bo’ylilik b-n Yan- glishtirmaslik lozim. G.ning evnuxoid xilida barmoqlar, qo’l-oyoq panjalari katta bo’ladi, lekin ikkilamchi jinsiy belgilar va jinsiy a’zolar yaxshi rivoj- lanmaydi. Ba’zan tananing ayrim-a’zo- sigina katta yoki uzun bo’ladi, bu qisman G. deyiladi. Gigant odamlar hamisha sog’lom bo’lavermaydi, ular bosh og’rig’i, darmonsizlik, tez charchash, qo’l-oyoklari og’rishidan shikoyat qilishadi. Muskul- lari oldiniga baquvvat bo’lishi mum- kin, keyinchalik esa kuchsizlanib qoladi. Xotira, ruhiy faoliyat hamda jinsiy funktsiyalarning buzilishi, shuningdek gormonal o’zgarishlar (qalqonsimon bez, me’da osti bezi, jinsiy bezlarda) kuza- tiladi. Ularning buy-basti mutanosib bo’lmaydi, oyoq-qo’li, ayniqsa oyog’i uzun bo’ladi, boshi hiyla kichik ko’rinadi. Agar bola tengqurlaridan ancha baland bo’lsa, vrachga murojaat qilib, tegishli maslahatlar olish lozim. Gormonal Pre- paratlar, nur b-n davolash ko’pincha yaxshi naf beradi.