Gidrografiya
Gidrografiya (gidro… va …gra- fim) — gidrologiyanint bir tarmog’i, quruqlikdagi suv ob’ektlari (Daryo, ko’l, suv omborlari)ni o’rganadi. G. ularning o’rni, o’lchami va rejimini, suv ob’ekt- larining tarqalishini, alohida tabi- iy-tarixiy va landshaft-geografik zo- nalarda ularning xo’jalik ahamiyati va ulardan foydalanishni (kema qatnovi va b.) tadqiq etadi. Gidrografik ma’lumot- lar suv ob’ektlarini o’zlashtirishning transport va energetika ahamiyati, qurg’oqchilik, toshqinga qarshi kurashish, meliorasiyani rivojlantirish va b. uchun muhim ahamiyatga ega.