? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon yovvoyi tabiat kuni.
? Xalqaro bolalar televideniyesi va radioeshittirishlari kuni.
? Xalqaro yozuvchilar kuni.
? Xalqaro quloq va eshitish salomatligini himoya qilish kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh — Davlat madhiyasi kuni.
?? Qirg‘iziston — Bayroq kuni.
?? Misr — Sportchilar kuni.
?? Gruziya — Onalar kuni.
?? Yangi Zelandiya — Bolalar kuni.
?? Fransiya — Milliy buvilar kuni.
?? Sharqiy Timor — Faxriylar kuni.
?? Malavi — Shahidlar kuni.
?? Bolgariya — Ozodlik kuni.
?? Yaponiya — Hinamatsuri (Qizlar kuni yoki Qo‘g‘irchoqlar kuni).
? VOQEALAR:
- 1067 — Minsk ilk bor solnomalarda tilga olingan.
- 1575 — Tukara jangida Buyuk Akbar bengallarni tor-mor qildi.
- 1613 — Mixail Romanov Rossiya imperiyasi taxtiga oʻtirdi.
- 1639 — Bostonda (AQSh) tashkil etilgan kollej homiysi Jon Garvard sharafiga Garvard nomini oldi.
- 1813 — Britaniya Shvetsiyaga Napoleon bilan ittifoq tuzishdan bosh tortgani uchun pul to’ladi.
- 1837 — AQSh Texas Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
- 1861 — Aleksandr II Rossiyada krepostnoylik huquqini bekor qildi.
- 1863 — AQSh Kongressi barcha hindularni Kanzasdan rezervatsiyalarga majburan ko’chirish to’g’risida rezolyutsiya qabul qildi.
- 1875 — Viktoriya oʻyingohida tarixda ilk bor Xokkey oʻyini boʻldi.
- 1876 — Qo‘qon xonligi o‘rnida Farg‘ona viloyati tuzilib Rossiyaga qo‘shib olindi.
- 1878 — Rossiya va Turkiya Sin-Stefano shartnomasini imzolashdi.
- 1918 — Rossiya va Germaniya Brest tinchlik kelishuvini imzoladilar.
- 1921 — Kanadalik fiziolog Frederik Banting insulinni kashf qildi.
- 1923 — „Time“ jurnali sotuvga chiqdi.
- 1924 — Turkiyada Millat Majlisi Usmonlilar imperiyasi tugatilganini e’lon qildi.
- 1933 — Gitler Potsdamda Uchinchi reyx tuzilganini e’lon qildi.
- 1938 — Saudiya Arabistonidagi birinchi neft skvajinasi ishga tushdi.
- 1942 — Brumga Yaponiyaning havo hujumi.
- 1965 — Britaniya mustamlakasi Bechuanalend (hozirgi Botsvana) o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.
- 1980 — Yadroviy materialni jismoniy himoya qilish bo’yicha xalqaro konvensiya imzolandi (1987-yil 1-noyabrda kuchga kirgan).
- 1991 — Referendumda Latviya aholisining 74%i, Estoniyada referendumda esa 78% dan ortigʻi SSSRdan mustaqillik uchun ovoz berdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Vengriya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1995 — Orolni qutqarish Xalqaro fondi tashkil qilindi.
- 1998 — Microsoft bosh direktori Bill Geyts AQSh Kongressida kompyuter bozorini monopollashtirishda ayblanib so’roq qilindi.
? TAVALLUDLAR:
- 1709 — Andreas Sigizmund Marggraf (1782) — nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi marta shakar olgan.
- 1845 — Georg Kantor (1918) — nemis matematigi, Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini yaratgan.
- 1847 — Aleksandr Bell (1922) — amerikalik ixtirochi va sanoatchi, telefon ixtirochisi.
- 1866 — Toshkanboy Egamberdiev (1963) — O’zbek dorbozlar sulolasi asoschisi.
- 1895 — Ragnar Frisch (1973) — norveg iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1969).
- 1898 — Roman Gershanik (1983) — rus grafik rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944).
- 1904 — Borovkov Aleksandr (1962,15) — turkiyshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945).
- 1906 — Karimov Mirqodir (1979) — fitopatolog-mikolog olim.
- 1918 — Artur Kornberg (2007) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1959).
- 1929 — Jonrid Abdullaxonov (2015) — taniqli o‘zbek yozuvchisi.
- 1944 — Nurmatov Hojiakbar (2007) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989).
- 1953 — Ziko — braziliyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
- 1954 — Abdulla Xolmuhamedov — Sovet Ittifoqi va oʻzbek harbiy arbobi, harbiy havo kuchlari qoʻmondoni (2003—2008).
- 1965 — Dragan Stoykovich — serbiyalik futbolchi.
- 1982 — Jessika Timberleyk — amerikalik aktrisa va model.
- 1993 — Shahobiddin Zoirov — o’zbekistonlik bokschi, Oʻzbekiston iftixori, olimpiya oʻyinlari chempioni (2016).
- 1997 — Karla Kamila Kabelo Estrabao — asli kubalik boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis