6 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon limfedema kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Gana — Mustaqillik kuni.
?? AQSh — Tish shifokori kuni.
?? AQSh — Milliy liboslar kuni.
?? Iroq — Milliy bag’rikenglik va birgalikda yashash kuni.
?? Norfolk — Tashkil topish kuni.
?? AQSh — Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 845 — Samarrada 42 amoriy shahidlari qatl etildi.
  • 961 — Vizantiya imperatori Nikefor II tomonidan Xandakning zabt etilishi, Krit amirligining tugatilishi.
  • 1521 — Fernan Magellan Guam orolini kashf qildi.
  • 1629 — Ferdinand II Restitutsion ediktni qabul qildi.
  • 1714 — Ingliz muhandisi Henry Mill mashinka uchun patent oldi.
  • 1788 — Norfolk oroliga birinchi flotning kelishi; mahkumlar uchun birinchi turar-joylarning tashkil etilishi.
  • 1790 — Stomatologik burg’u ixtiro qilindi.
  • 1801 — Markiz de Sad „Justine“ romani uchun hibsga olindi.
  • 1804 — «Nyu kastl» — «Yangi qulf» deb nomlangan birinchi parovoz yaratildi.
     — 1834 — Kanadada York shahri Toronto deb o‘zgartirildi.
  • 1869 — Dimitriy Mendeleyev birinchi kimyoviy elementlar jadvalini e’lon qildi.
  • 1857 — AQSh Oliy sudi qullar fuqarolar emas, balki mulk deb qaror chiqardi.
  • 1882 — Serbiya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1883 — Amerikalik ixtirochi Xayram Maksim birinchi bo’lib pulemyotni ixtiro qildi.
  • 1899 — Nemis kimyogari Feliks Xoffmann aspiringa patent oldi.
  • 1902 — „Real Madrid“ futbol klubi tashkil topdi.
  • 1924 — Vatikanda birinchi radiopriyomnik o‘rnatildi.
  • 1941 — Andijon va Surxondaryo viloyatlari tashkil topdi.
  • 1946 — «Eniac» deb nomlangan dastlabki tez ishlovchi kompyuter AQShda ishlatila boshladi.
  • 1948 — Rossiyada Gʻarb madaniyati muzeyi yopildi.
  • 1957 — Gana mustaqillikka erishdi.
  • 1964 — Kassius Kley o’z ismi va familiyasini rasmiy ravishda “Muhammad Ali” deb o’zgartirdi.
  • 1975 — Nishon va Qiziriq tumanlari tashkil etildi.
  • 1984 — Britaniya  shaxtiyorlarining ish tashlashi boshlandi.
  • 1990 — Afg’onistonda prezident Muhammad Najibulloh hukumati davlat to’ntarishiga urinishni bostirdi.
  • 1992 — Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
  • 1995 — Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan 15 davlat bilan Turkiya Respublikasi o’rtasida «Boj ittifoqi bitimi» imzolandi.
  • 1997 — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o’zining birinchi rasmiy veb-saytini ochdi.
  • 2018 — Rossiya harbiy-havo kuchlarining An-26 samolyoti Suriyaning Xmeymim aviabazasiga qo‘nayotganda halokatga uchradi va 39 kishi halok bo‘ldi.
  • 2022 — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oltita shaharga: Xarkov, Chernigov, Mariupol, Xerson, Gostomel va Volnovaxaga “Ukraina Qahramon shahri” faxriy unvonini berdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1340 — Jon Gaunt (1399) — Lankasterning 1-gersogi, Lankaster xonadonining asoschisi.
  • 1405 — Xuan II Kastiliya (1454) — Kastiliya va Leon qiroli.
  • 1475 — Mikelanjelo (1564) — Uyg‘onish davrining buyuk italyan haykaltaroshi, me’mori, rassomi va shoiri.
  • 1870 — Oskar Shtraus (1954) — avstriyalik bastakor.
  • 1884 — Aleksandr Belyayev (1942) — rus ilmiy fantastika yozuvchisi.
  • 1889 — Hamza Hakimzoda Niyoziy (1929) — shoir, dramaturg.
  • 1913 — Aleksandr Pokrishkin (1985) — aviatsiya marshali (1972), 3 marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1927 — Gabriel Garsia Markes (2014) — kolumbiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1982).
  • 1929 — Fozil Iskandar (2016) — rus va abxaziya yozuvchisi va shoiri.
  • 1936 — Mirzayev To’ra — folklorshunos olim.
  • 1937 — Valentina Tereshkova — rus kosmonavt-uchuvchisi (1963),  jahonda 1-ayol kosmonavt.
  • 1940 — Xayitova Olmaxon (2014) — xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1978 — Lara Koks — avstraliyalik aktrisa va model.
  • 1989 — Agneshka Radvanska — polshalik tennischi ayol.
  • 1992 — Olga Meganskaya — Rossiyalik qoʻshiqchi.
  • 2001 — Zoe Sadovski-Sinnott — yangi zelandiyalik snoubordchi, Olimpiada chempioni (2022).