14 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro matematika kuni.
? Xalqaro “Pi” kuni.
? Butunjahon buyrak kuni.
? Professional spikerlar kuni.
? Xalqaro maktab ovqatlari kuni.
? Daryolar uchun xalqaro harakat kuni.
? Videomagnitofonning tug‘ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Estoniya — Ona tili kuni.
?? Tojikiston — Prokuratura xodimlari kuni.
?? Ukraina — Ko’ngilli jangchilar kuni.
?? Andorra — Konstitutsiya kuni.
?? Sent-Vinsent va Grenadina — Milliy Qahramonlar kuni.
?? Albaniya — Yoz kuni.
?? Yaponiya — Oq kuni.

? VOQEALAR:

  • 1309 — Granada amiri Muhammad III al-Mahlu ukasi Nasr I foydasiga taxtdan voz kechishga majbur bo’ldi.
  • 1369 — Kastiliyadagi fuqarolar urushida g’olibni aniqlagan Montyel jangi.
  • 1489 — Venetsiya o‘z qirolichasi Yekaterina Kornarodan Kiprni sotib oldi.
  • 1730 — Sankt-Peterburg gerbi tasdiqlandi.
  • 1794 — Amerikalik ixtirochi Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi.
  • 1839 — Jon Gershel birinchi marta “fotografiya” atamasini qo‘lladi.
  • 1861 — Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil o‘zini Italiya qiroli deb e’lon qildi.
  • 1900 — AQShning qog’oz va metall pullari «Oltin standarti» qonuniga binoan oltin bilan ta’minlangan.
  • 1917 — Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan ,,Sho‘royi Islomiya’’ tashkil etildi.
  • 1930 — 11 yashar maktab o‘quvchisi Venetsiya Byorni 9-topilgan sayyoraga “Pluton” nomini berishni taklif qildi.
  • 1939 — Nemis qo‘shinlari Chexoslovakiyani okkupatsiya qilishni boshladi.
  • 1942 — Harbiy vaqt sharoitida AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt shinalar saqlanishi uchun avtomobillarning harakatlanish tezligini soatiga 40 mil, etib cheklash taklifi bilan gubernatorlarga muraojaat qildi.
  • 1956 — Birinchi videomagnitofon VR-1000 namoyish qilindi.
  • 1966 — Xitoy AQSh vitse-prezidenti Gubert Xamfrining do’stlik taklifiga Iuda bo‘sasi nomini berdi.
  • 1987 — O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzildi.
  • 1990 — SSSR Xalq Deputatlarining navbatdan tashqari III Qurultoyi Mixail Gorbachyovni prezident etib sayladi.
  • 1993 — Andorra mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
  • 2000 — “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etildi.
  • 2004 — AQSHda ilk bora robot-avtomobillar poygasi oʻtkazildi. Hech qaysi robot marraga yetib kela olmadi.
  • 2004 — Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi prezidentligining ikkinchi muddatiga saylandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1681 — Georg Filipp Teleman (1767) — nemis bastakori.
  • 1728 — Ivan Polzunov (1827) — rus ixtirochisi, Rossiyadagi birinchi bug’ dvigatelini va dunyodagi birinchi ikki silindrli bug’ dvigatelini yaratgan.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1794 — Yuzef Bem (1850) — polyak qoʻmonmdoni.
  • 1804 — Iogann Shtraus (1894) — avstriyalik bastakor, skripkachi.
  • 1823 — Teodor de Banvil (1891) — fransuz yozuvchisi, shoir.
  • 1833 — Lyusi Teylor (1910) — amerikalik birinchi ayol-dantist.
  • 1835 — Jovanni Virjinio Skiaparelli (1910) — italyan astronomi.
  • 1847 — Antoniu di Kastru Alvis — braziliyalik yozuvchi.
  • 1854 — Paul Erlix (1915) — nemis vrachi va bakteriologi, Nobel mukofoti sohibi (1908).
  • 1865 — Filoteo Alberini (1937) — italyan rejissyori, ixtirochi.
  • 1879 — Albert Eynshteyn (1955) — nemis fizigi, nisbiylik nazariyasi muallifi, Nobel mukofoti sohibi (1921).
  • 1886 — Vladimir Favorskiy (1964) — rus musavviri.
  • 1891 — Amvrosiy Buchma (1957) — ukrain aktyori, rejissyor.
  • 1912 — Iosif Rappoport (1990) — shoʻro genetigi.
  • 1913 — Georgiy Gulia (1989) — abxaz yozuvchisi.
  • 1925 — Jon Ueyn (1994) — ingliz yozuvchisi.
  • 1928 — Frenk Borman — amerika fazogiri.
  • 1930 — Kvinsi Jons — amerikalik bastakor.
  • 1937 — Barot Boyqobilov (2006) — O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1939 — Bertran Bliye — fransuz kinorejissyori.
  • 1958 — Alber II — Monakoning hozirgi knyazi (2005-yildan).
  • 1979 — Nikolya Anelka — fransuz futbolchisi.
  • 1986 — Jeymi Bell — ingliz aktyori.
  • 1997 — Simone Baylez — amerikalik gimnastikachi, 4 karra Olimpiya chempioni, 19 karra jahon chempioni.
  • 1997 — Xarri Lavreysen — gollandiyalik velosportchi, ikki karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 2008 — Ebbi Rayder Fortson — amerikalik aktrisa.