25 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro qullik va Transatlantik qul savdosi qurbonlari xotirasi kuni.
?? BMT — Xalqaro bedarak yo‘qolgan va qamoqda ushlab turilgan xodimlar bilan birdamlik kuni.
? Yer soati kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yevropa Ittifoqi — Yevropa Ittifoqi iste’dodlari kuni.
?? Sloveniya — Onalar kuni.
?? AQSh — «Shon-sharaf medali» kuni.
?? Shvetsiya — Turnalar kuni.
?? Slovakiya — Inson huquqlari uchun kurash kuni.
?? Latviya — Kommunistik terror qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Yangi Zelandiya — Armiya kuni.
?? Ukraina — Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
?? Belarus — Erkinlik kuni.
?? Rossiya — Madaniyat xodimlari kuni.
?? San-Marino — Arengoning yubileyi.
?? Gretsiya — Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 421 — Venetsiya shahriga asos solingan.
  • 1238 — Kozelskning 50 kunlik qahramonona mudofaasi boshlanishi. Shaharni egallab olgandan so’ng, mo’g’ullar hammani, shu jumladan chaqaloqlarni qirib tashlashdi.
  • 1305 — Paduyada Skrovenya kapellasi yoritilidi.
  • 1306 — Robert Bryus Shotlandiya qiroli bo’ldi.
  • 1420 — Jan Ijizka boshchiligidagi dehqonlar lashkari Sigizmund armiyasini tor-mor qildi.
  • 1436 — Rim papasi Yevgeniy IV Florensiyadagi cherkovni ochib berdi.
  • 1532 — Nikola Makiavelli tomonidan Florensiya tarixi Rimda nashr etildi
  • 1655 — Kristian Hugens Saturnning yoʻldoshi — Titanni kashf qildi.
  • 1815 — 7-antifransuz koalitsiyasi tuzildi (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya va Prussiya).
  • 1821 — Gretsiya Usmonlilar imperiyasidan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1864 — Paduka jangi.
  • 1918 — Minskda Belarus Xalq Respublikasi tuzilganligi eʻlon qilindi.
  • 1919 — Dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy Shahrisabzda qoʻlga olindi va Qarshidagi zindonga tashlandi.
  • 1930 — Mongoliyada Tugsbuyant qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1949 — O‘n minglab Estoniya, Litva, Latviya aholisining Sibirga ommaviy deportatsiyasi boshlandi.
  • 1957 — Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Rim shartnomasi imzolandi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etildi.
  • 1992 — O‘zbekiston Avstriya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1997 — Ekvador qirg’oqlarida afsonaviy dengiz xazinasi topildi.
  • 2002 — Epilepsiya geni aniqlandi.
  • 2018 — Kemerovodagi «Qishki gilos» savdo — ko’ngilochar majmuasida yong’in sodir bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1611 — Avliyo Chalabiy (1642) — turkiyalik mashhur sayyoh va  arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (poetika) ni chuqur egallagan olim. 
  • 1614 — Xuan Karrenyo de Miranda (1685) — barokko davri ispan rassomi.
  • 1835 — Adolf Vagner (1917) — nemis iqtisodchisi.
  • 1867 — Arturo Toskanini (1957) — italiyalik dirijyor.
  • 1871 — Igor Grabar (1960) — rassom va san’atshunos.
  • 1881 — Bela Bartok (1945) — vengr bastakori, pianinochi, etnomusiqashunos va pedagog.
  • 1936 — Ahmad Shoymurodov — haykaltarosh.
  • 1937 — Mariya Paxomenko (2013) — sovet va rus estrada xonandasi, xalq artisti.
  • 1942 — Areta Franklin (2018) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, aktrisa, pianinochi va fuqarolik huquqlari faoli.
  • 1947 — Ser Elton John — ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, pianinochi va bastakor. 
    -1951 — Sa’dulla Hakim — o‘zbek shoiri.
  • 1956 — Yefim Shifrin — sovet va rus aktyori, ko’ngilochar, rejissyor, yozuvchi.
  • 1976 — Baxtiyor Ashurmatov — futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubida to‘p surgan.
  • 1984 — Ketrin Makfi — amerikalik qoʻshiqchi, shoira, aktrisa, model. 
  • 1994 — Jyustin Dyufur-Lapuant — kanadalik fristaylchi (mogul), Olimpiya chempioni (2014), jahon chempioni.
  • 2007 — Kayli Fleming — amerikalik aktrisa.