26 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Epilepsiya haqida xabardorlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ukraina — Milliy gvardiya kuni.
?? Mali — Demokratiya kuni.
?? Bangladesh — Mustaqillik kuni.
?? AQSh, Gavayi orollari — Kuxio kuni.

? VOQEALAR:

  • 1162 — Frederik I Barbarossa qo’shinlari Milanni egallab olishdi.
  • 1328 — Ivan Kalita Kostromada O’zbekxondan yorliq oldi.
  • 1351 — Bretanda “O‘ttizlar jangi” bo‘lib o‘tdi.
  • 1668 — Angliya Bombeyni nazorat qilish huquqini oldi.
  • 1828 — Frans Shubert tomonidan yagona mualliflik kontserti bo’lib o’tdi.
  • 1845 — AQShda tibbiy plastirga patent olindi.
  • 1871 — Parij Kommunasi kengashi saylandi.
  • 1881 — Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1899 — Nemis arxeologi Koldevey Bobil qoldiqlarini aniqladi.
  • 1934 — Britaniyada avtomobil haydash uchun imtihon topshirish joriy qilindi.
  • 1937 — Dunyodagi birinchi animatsion qahramon — dengizchi Papayaga haykal o’rnatildi.
  • 1945 — Sovet Ittifoqi Qahramoni Sobir Rahimov vafot etdi.
  • 1960 — Yangi futbol turniri — Kubok egalarining kubogi ta’sis etildi.
  • 1971 — Bangladesh Respublikasi e’lon qilindi.
  • 1995 — Umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra I. A. Karimovning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 
  • 1995 — Yevropaning besh davlatida Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
  • 1998 — Buxoroda ma‘rifatparvar yozuvchi Abdurauf Fitrat haykalining ochilish marosimi bo‘ldi.
  • 1998 — Vazirlar Mahkamasining «Yoshlar» telekanalini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori chiqqan.
  • 2000 — Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining ikkinchi prezidenti etib saylandi.
  • 2001 — Afg’onistondagi hukmron Tolibon harakati vakillari jurnalistlarga Bomiyon viloyatidagi qoyalarga o’yilgan Buddaning ikkita vayron qilingan ulkan haykalini ko’rsatishdi.
  • 2003 — Marsda muzlagan dengiz topildi.
  • 2004 — O‘zbekistan Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil etildi.
  • 2017 — Aleksey Navalniy tashabbusi bilan Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy aksiyalar Rossiyaning 80 dan ortiq shaharlarida o‘tkazildi.

? TAVALLUDLAR:

-1483 — Rafael (28-mart yoki 6-aprel ham bo‘lishi mumkin 1520) — italyan rassomi va me’mori.

  • 1835 — Aleksandr Litovchenko — rus rassomi, akademik.
  • 1849 — Arman Pejo (1915) — fransuz avtomobilsozi, “Pejo” firmasi asoschisi.
  • 1875 — Robert Frost (1963) — amerikalik shoir, to’rt karra Pulitser mukofoti laureati
  • 1900 — Aleksandr Lizyukov — Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1905 — Kukles Isaak (1981) — matematik olim,  O’zbekiston FA muhbir a’zosi(1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1957).
  • 1913 — Pal Erdyosh (1996) — vengriyalik matematik.
  • 1938 — Aleksey Petrenko — sovet va rus kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti.
  • 1941 — Klinton Dokinz — britan etologi, biologi hamda ilmiy-ommabop asarlar muallifi.
  • 1949 — Patrik Suskind — nemis yozuvchisi va ssenariy muallifi.
  • 1951 — Aleksey Buldakov — sovet va rus kino va teatr aktyori, xalq artisti.
  • 1958 — Voqif Sultonli — Ozarbayjon adibi, adabiyotshunos, tarjimon va publisist.
  • 1962 — Shermuhamedova Niginaxon — oʻzbek faylasufi, metodologi, taʼlim sohasidagi mutaxassis.
  • 1973 — Lourens Peyj — „Google“ qidiruv tizimining asoschisi (Sergey Brin bilan birga), 2011-yildan Google kompaniyasining ijrochi direktori, axborot texnologiyalari, hisoblash texnikasi sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder.
  • 1985 — Metyu Grivers — amerikalik suzuvchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 7 karra jahon chempioni.
  • 1985 — Kira Naytli — ingliz aktrisasi.
  • 1994 — Freya Tingli — avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi.
  • 1998 — Muborak Abdullayeva — o‘zbek aktrisasi.