3 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon bazmlar kuni.
? Butunjahon suv hayvonlari kuni.
? Mobil telefon tug‘ilgan kun.
? Kofe maydalagich (kofemolka) tug‘ilgan kun 

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin — Albay kuni.
?? Gvineya — Ikkinchi Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 1512 — Kolumbning 4-ekspeditsiyasi boshlandi.
  • 1559 — 1494-1559-yillardagi Italiya urushlarini yakunlagan Kato-Kambresia shartnomasi imzolandi.
  • 1829 — Angliyalik Jeyms Karrington kofe maydalovchi mashinaga patent oldi.
  • 1837 — Qo‘shma Shtatlar Texas respublikasining mustaqilligini tan oldi.
  • 1845 — Florida AQShning 27-shtatiga aylandi.
  • 1860 — AQShda doimiy Pony Express qit’alararo pochta xizmati ochildi.
  • 1878 — Rossiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1879 — Sofiya Bolgariya poytaxti deb e’lon qilindi.
  • 1885 — nemis ixtirochisi Gottlib Daymler o’zining birinchi yarim ot kuchiga ega dvigateliga patent oldi.
  • 1892 — Sande muzqaymoqining tug’ilgan kuni.
  • 1920 — Moskva shahrida Matbuot uyi ochildi.
  • 1922 — Iosif Stalin KPSS MK Bosh Kotibi etib saylandi.
  • 1923 — Dunyoda birinchi haftalik yangiliklar “Time» sotuvga chiqarildi.
  • 1933 — Jomolungma ustidan birinchi bor samolyot uchib o‘tdi.
  • 1933 — Rossiyalik jarroh Yuriy Voronoy dunyoda birinchi marta odamlar uchun buyrak transplantatsiyasini o’tkazdi.
  • 1948 — Marshall rejasi ijro etilishi boshlandi.
  • 1955 — Elvis Presli ilk bor televideniyeda paydo bo‘ldi.
    -1966 — „Luna-10“ stansiyasi jahonda ilk bor Oy Orbitasiga chiqdi.
  • 1967 — «Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari» filmining premyerasi.
  • 1973 — Martin Cooper mobil telefondan birinchi qoʻngʻiroqni amalga oshirdi.
  • 1975 — FIDE Robert Fisherni shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvonidan mahrum etdi. Karpov chempion deb e’lon qilindi.
  • 1991 — Latviya aholisining 74 foizi referendumda SSSRdan mustaqillik uchun ovoz bergan.
  • 2005 — Abu G’rayb (Iroq) qamoqxonasiga qurolli hujum uyushtirildi.
    -2007 — V150 elektropoyezdi 574,8 km/s tezlikda yurib jahon rekordini oʻrnatdi.
  • 2016 — Panama dosyesining nashr etilishi.
  • 2017 — Sankt-Peterburg metrosida terakt sodir bo’ldi. 16 kishi halok bo’ldi, 87 kishi jarohat oldi.
  • 2022 — Serbiyada umumiy saylovlar.
  • 2022 — Vengriyada parlament saylovlari.

? TAVALLUDLAR:

  • 1367 — Genrix IV (1413) — Angliya qiroli (1399 dan), Lankasterlar sulolasi asoschisi.
  • 1694 — Jorj Edvards (1773) — ingliz tabiatshunosi va ornitologi.
  • 1783 — Vashington Irving (1859) — amerikalik romantik yozuvchi.
  • 1856 — Dmitriy Konovalov (1929) — rus kimyogari.
  • 1907 — Mark Kreyn (1989) — sovet matematigi.
  • 1911 — Mamarasul Boboev (1969) — o’zbek shoiri.
  • 1924 — Marlon Brando (2004) — amerikalik aktyor, rejissyor va siyosiy faol. 
  • 1930 — Gelmut Kol (2017) — GFR kansleri (1982-1990), birlashgan Germaniya kansleri (1990-1998).
  • 1950 — Malika Ahmedova — raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti (1984).
  • 1958 — Alek Bolduin — amerikalik aktyor.
  • 1961 — Eddi Merfi — amerikalik aktyor, kinorejissyor, prodyusser, qo‘shiqchi.
  • 1970 — Shuhrat Safin (2009) — oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster.
  • 1971 — Anastasiya Zavorotnyuk — rossiyalik kino va teatr aktrisasi, teleboshlovchi.
  • 1971 — Robert da Silva Almeida — braziliyalik futbolchi.
  • 1990 — Doroteya Werer — italiyalik biatlonchi, uch karra jahon chempioni.
  • 1991 — Markus Eyzenbixler — germaniyalik chang’ida sakrashchi, 6 karra jahon chempioni.
  • 1992 — Yuliya Yefumova — rossiyalik suzuvchi, 6 karra jahon, 7 karra Yevropa chempioni.