8 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro tanlovlar kuni.
? Xalqaro lo‘lilar kuni.
? Xalqaro Feng Shui xabardorlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Rossiya — Rossiya animatsiyasi kuni.
?? Tojikiston — Iqtisodchilar kuni.
?? Tailand — Mudofaa vazirligi kuni.
?? Xorvatiya — Milliy Plitvitsa ko’llari kuni.
?? Qirg’iziston — Narkotik moddalarni nazorat qilish organlari xodimlari kuni.
?? Rossiya, ?? Belarus — Harbiy komissarlik xodimlari kuni.
?? Yaponiya — Xana Matsuri — gullar festivali.

? VOQEALAR:

  • 1185 — Vizantiya imperatori Isaak II Angel o’z ukasi Aleksey tomonidan taxtdan ag’darilgan.
  • 1271 — Mamluklar sultoni Beybars Krak de Shevalye qal’asini zabt etdi.
  • 1378 — Urban VI Rim papasi etib saylandi.
  • 1480 — Katolik cherkovi Otrantoni (Janubiy Italiya) musulmonlardan qaytarib olish uchun salib yurishini e’lon qildi.
  • 1525 — Krakovda Polsha va Tevton ordeni Prussiyani dunyoviy davlatga aylangani to‘g‘risidagi tinchlik shartnomasini imzolashdi.
  • 1766 — AQShda ilk bor yong‘in o‘chirishda ishlatiladigan pillapoya patentlandi.
  • 1782 — Yekaterina II Rossiyaning barcha shaharlarida davlat maktablari ochish haqida qaror chiqardi.
  • 1820 — Venera Milos haykali yer ostidan chiqarib olindi.
  • 1853 — Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan birinchi shaxmat klubi ochildi.
  • 1879 — Germaniyalik elektrik-muhandis Ernst fon Simens elektropoyezdni namoyish qildi
  • 1902 — Manchjuri haqida Rossiya-Xitoy shartnomasi tuzildi, unga ko‘ra Rossiya o‘z qo‘shinlarini Manchjuridan bosqichma-bosqich olib chiqib ketishi kerak edi.
  • 1904 — Buyuk Britaniya va Fransiya Antanta shartnomasini imzolashdi.
  • 1911 — Heike Kamerling Onnes simobning o‘ta o‘tkazuvchanlik holatini isbotladi.
  • 1918 — Rossiyaning uch rangli bayrog‘i qizil bayroq bilan almashtirildi.
  • 1921 — Italiya qo‘shinlari Labinsk respublikasiga barham berishdi.
  • 1966 — Leonid Brejnev KPSS Markaziy qo‘mitasining bosh kotibi etib saylandi.
  • 1967 — Gretsiya va Turkiya Limasol (Kipr) yaqinida urush harakatlarini tiklashdi.
  • 1971 — London yaqinida Butunjahon lo‘lilarining 1-kongressi bo‘lib o‘tdi.
  • 1992 — Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bilan Shvetsiya Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlarni o‘rnatish to‘risidagi Bitim imzolandi.
  • 1994 — «Toshkent» Respublika fond birjasi tashkil etildi.
  • 1994 — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
  • 2004 — Latviya poytaxti Riga shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi.
  • 2008 — Bahraynda Xalqaro savdo markazi binosi ishga tushdi.
  • 2010 — Qirg‘iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev hokimiyati ag‘darildi (70 ta qurbon).
  • 2010 — Rossiya va AQSh prezidentlari Pragada strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha yangi shartnomani imzoladilar.
  • 2014 — Windows XP ning texnik ta’minoti to‘xtatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1792 — Vasiliy Davidov (1855) — rus zobiti, shoir, dekabrist.
  • 1859 — Edmund Gusserl — nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi.
  • 1892 — Meri Pikford (1979) — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1896 — To‘xtasin Jalilov (1966) —  bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1904 — Jon Richard Xiks (1988) — ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1972).
  • 1911 — Melvin Kalvin (1997) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1961).
  • 1937 — Shamsiddinxon Boboxonov (2003) — diniy va jamoat arbobi, 1982-89 yillarda — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi.
  • 1838 — Kofi Annan (2018) — BMT ning 7-bosh kotibi (1997–2007).
  • 1944 — Maykl Ashbaxer — amerikalik matematik.
  • 1952 — Darvishbek Rahmonov — «Qaldirgʻoch» namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi.
  • 1966 — Robin Rayt — amerikalik aktrisa va rejissyor.
  • 1968 — Patrisiya Arkett — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1983 — Anastasiya Yermakova — rossiyalik sportchi (sinxron suzish), to’rt karra Olimpiya chempioni.
  • 1996 — Bektemir Meliqoʻziyev — Oʻzbekistonlik professional bokschi, olimpiya o‘yinlari sovrindori.