12 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni.
?? Insoniyatning koinotga parvozi kuni
? Xalqaro ko’cha (uysiz) bolalari kuni.
? Butunjahon ogʻmaxon kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Boliviya — Bolalar kuni.
?? Qozog‘iston – Ilm-fan kuni.
?? Liberiya — Milliy qutqarish kuni.
?? Ukraina — Kosmik va raketa sanoati xodimlari kuni.
?? Kiribati — Milliy salomatlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 240 — Fors shahanshohi Ardashir Papakan o’z o’g’li Shopurni hukmdor deb e’lon qildi.
  • 467 — Prokopiy Antemiy G’arbiy Rim imperiyasining imperatori bo’ldi.
  • 1204 — Salib yurishlari: Konstantinopol qamali.
  • 1633 — Rimda Galileo Galiley ustidan jinoiy ish qo’zg’atildi.
    — 1796 — 27 yoshlik Napaleon Bonapart Montenotte jangida o’zining birinchi jiddiy g’alabasiga erishdi.
  • 1815 — Tambora vulqonining otilishi paytida (5-dan boshlanib, 10-aprelda avjiga chiqadi) 10 000 ga yaqin odam darhol va 80 000 kishi keyinroq (sunami va ocharchilik natijasida) halok bo‘lishdi.
  • 1861 — Aleksandr II Sankt-Peterburgda ishlaydigan aholi uchun kasalxona tashkil etish to’g’risida qaror qabul qildi.
  • 1861 — AQSHda fuqarolar urushi boshlandi.
  • 1903 — Londonda ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtobus qatnay boshladi.
  • 1919 — Rossiyada ilk bor shanbalik o‘tkazildi.
  • 1927 — Nankin va Shanxayda Chan Kayshi hokimiyatni qo‘lga oldi.
  • 1943 — Fransiyaning Nant futbol klubi tashkil etildi.
  • 1945 — Amerikaning 32 — prezidenti Franklin Ruzvelt olamdan o’tdi.
  • 1961 — Yuriy Gagarin “Vostok” kemasida jahonda birinchi bo‘lib kosmosga uchdi.
  • 1980 — Liberiyada polkovnik Semyuel Do harbiy to‘ntarish amalga oshirib, mamlakat prezidenti Uilyam Tolbertni o‘ldirdi.
    -1981 — fazoga «STS-1» fazo kemasi uchirildi.
  • 1985 — “Volga” GAZ-24 mashinasi millioninchi nusxasi zavoddan chiqdi.
  • 1992 — Parij yaqinida “Yevro-Disneylend” ochildi.
  • 1995 — “Yahoo!” katalogi ishga tushirildi va tezda dunyodagi eng mashhurlardan biriga aylandi.
  • 2002 — Alisher Navoiy kutubxonasiga «Milliy» maqomi berildi.
  • 2014 — “UZ” domeni tashkil topdi.
  • 2014 — Slavyanskda Donbassdagi urushning birinchi jangiga aylangan qarama-qarshilik boshlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1801 — Jozef Lanner (1843) — avstriyalik bastakor, dirijyor va skripkachi, Vena valsining asoschilaridan biri.
  • 1812 — Budagov Lazar (1878) — turkiyshunos, Ikki jildli “Turkiy tillar qiyosiy lug’ati”ni (1869-1871) tuzgan.
  • 1823 — Aleksandr Ostrovskiy (1886) — rus dramaturgi.
  • 1848 — Veselovskiy Nikolay (1918) — rus arxeologi va sharqshunosi, Turkiston tarixi va arxeologiyasini o’rgangan.
    1839 — Nikolay Prjevalskiy (1888) — rus geografi, O’rta Osiyoni tadqiq qilgan.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1850 — Nikolay Golitsin (1925) — rossiyalik davlat arbobi.
  • 1884 — Otto Meyergof (1951) — nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1922).
  • 1903 — Jan Tinbergen (1994) — golland iqtisodchisi, hozirgi zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1969).
  • 1941 — Bobbi Mur — mashhur ingliz futbolchisi.
  • 1942 — Jeykob Zuma — Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti (2009-2018).
  • 1947 — Sherali Joʻrayev — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, shoiri, Oʻzbekiston (1987) va Tojikiston (2018) xalq artisti.
  • 1949 —  Murod Muhammad Do’st — taniqli o‘zbek yozuvchisi.
  • 1961 — Lisa Gerrard — avstraliyalik musiqachi.
  • 1979 — Kler Deyns — amerikalik aktrisa.