? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon Chagas kasalligi kuni.
? Butunjahon kvant kuni.
? Xalqaro darvozabonlar kuni.
? Xalqaro qo‘qqisdan kulgu lahzalari kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Angola — Yoshlar kuni.
?? Peru — Bolalar kuni.
?? Iroq ‐ Anfal genotsidini xotirlash kuni.
?? Gvineya, ?? Mali — N’Ko alifbosi kuni.
?? Gruziya — Ona tili kuni.
?? AQSh, ?? Urugvay, ?? Nikaragua, ??Gonduras, ?? Kosta-Rika — Pan Amerika kuni.
?? AQSh — Milliy delfinlar kuni.
?? Rossiya, ?? Belarus — Havo mudofaasi kuchlari kuni.
? VOQEALAR:
- 43 (mil. av.) — Gay Vibiy Pansa Setronian boshchiligidagi Sezar tarafdorlari qo‘shini Mark Antoniy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
- 972 — Rimda Germaniya qiroli va Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Otton II Vizantiya malikasi Feofano bilan nikohdan o‘tdi.
- 1205 — Adrianopoldagi jangda shoh Kaloyan boshchiligidagi bolgar qo‘shini Balduin I yetakchiligidagi salibchilar ustidan zafar quchishdi.
- 1471 — Angliyada “Qizil va oq atirgullar” urushi paytida qirol Edvard IV qo’mondonligi ostidagi Yorklar va Uorvik grafi Richard qo’mondonligi ostida Lankasterlar xonadoni o‘rtasida Barnet jangi.
- 1543 — Bartolomeo Ferrelo ekspeditsiyasi San-Fransisko ko‘rfazini kashf etdi.
- 1611 — Federiko Sezi birinchi bo‘lib «teleskop» so‘zini ishlatdi.
- 1621 — Nemis knyazlarining «Protestant ligasi» ittifoqi o’z-o’zini tarqatib yuborishini e’lon qildi.
- 1687 — Angliya qiroli Yakov II katoliklar va protestantlarning huquqlarini tenglashtirdi.
- 1847 — Mumbaydan Singapurga mahbuslarni olib ketayotgan «Kleopatra» britan kemasi tropik to‘fon tufayli cho‘kib ketdi; 250 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.
- 1849 — venger isyonchilari Vengriyaning Avstriyadan mustaqilligini e’lon qilishdi.
- 1864 — ispan floti Peru sohili yaqinidagi Chincha orollarini egallab oldi. Ispaniya-Janubiy Amerika urushi boshlandi.
- 1865 — AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga suiqasd uyushtirildi; og‘ir yaralangan Linkoln ertasiga vafot etdi.
- 1871 — Germaniyada parlament — reyxstag tashkil etildi.
- 1879 -Rossiya imperatori Aleksandr II ga suiqasd uyushtirildi. Aleksandr II omon qoldi.
- 1894 — Edison kinoproyektorining birinchi namoyishi.
- 1900 — Parijda Yevropadagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma ochildi.
- 1909 — ingliz-fors neft kompaniyasi («British Petroleum»)ga asos solindi.
- 1912 — «Titanik» kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib ketdi.
- 1927 — Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida birinchi «Volvo» konveyerdan chiqdi.
- 1929 — Monte-Karloda avtopoyga bo‘yicha Monako birinchi gran-prisi o‘tkazildi.
- 1931 — Ispaniyada 2-Respublika tashkil topdi.
- 1945 — besh yuzdan ziyod britan samolyoti bomba yog‘dirishi tufayli Potsdam (Germaniya) shahrining tarixiy markazidan asar ham qolmadi.
- 1956 — Birinchi videomagnitofon namoyish qilindi.
- 1967 — Gaiti poytaxt Port-o-Prensda bir nechta joyda bomba portlatildi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1978 — Tbilisida xalq gruzin tilini rasmiy til qilish talabi bilan namoyishga chiqdi.
- 1980 — birinchi tijoriy videokasseta (Harri Nyumenning konserti) Angliyada sotuvga chiqdi.
- 1983 — birinchi radiotelefon Buyuk Britaniyada sotila boshlandi.
- 1988 — Afg‘onistondagi qurolli mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva shartnomasi imzolandi.
- 1991 — Van Gog muzeyidan 500 mln. dollarlik 20 ta surat o‘g‘irlab ketildi.
- 1996 — O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
- 2007 — Turkiyada norozilik namoyishlari.
- 2010 — Islandiyada Eyyafyadlayokudl vulqoni otildi.
- 2010 — Xitoyning Yushu shahrida zilzila bo‘ldi; 300 dan ziyod inson nobud bo‘ldi.
? TAVALLUDLAR:
- 216 — Moniy (asl ismi Surayk; 273 yoki 276) — oʻzini paygʻambar deb eʼlon qilgan bobillik voiz, fors dualistik dini — moniylik asoschisi.
- 1126 — Ibn Rushd (Averroes) (1198) — andalusiyalik arab faylasufi.
- 1527- Abraham Orteliy (1598) — flamand kartografi, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
- 1578 — Filipp III (1621) — Ispaniya qiroli.
- 1629 — Xristion Gyugens (1695) — golland matematigi, fizik, astronom.
- 1744 — Denis Fonvizin (1792) — yozuvchi, dramaturg, rus maishiy komediyalar yaratuvchisi.
- 1862 — Pyotr Stolipin (1911) — Rossiya davlat arbobi, Stolipin islohoti tashabbuskori.
- 1886 — Jakson Sidney (1966) — bokschi, xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1938).
- 1886 — Abdulla To’qay (1913) — tatar shoiri, publisist.
- 1889 — Arnold Jozef Toynbi (1975) — ingliz tarixchisi va sotsiologi, tarixchi faylasuf va madaniyatshunos.
- 1906 — Faysal ibn Abdulaziz as-Saud (1975) — Saudiya Arabistoni Qiroli (1964-1975).
- 1907 — Fransua Dyuvalye (1971) — Gaitining doimiy prezidenti (diktator) (1957-yildan vafotigacha).
- 1908 — Mariya Shamanova (1994) — yengil atletika boʻyicha sovet sportchisi, 14 karra SSSR chempioni.
- 1916 — Sulaymon Yudakov (1990) — bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1976).
- 1916 — Muhammedov Amin (2000) — gidrotexnik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi.
- 1940 — Julie Christie — ingliz kinoaktrisasi.
- 1965 — Yukixiro Matsumoto — yapon dasturchisi, «Ruby» dasturlash tili asoschisi.
- 1973 — Edriyen Broudi — amerikalik aktyor va prodyuser, «Oskar» va «Sezar» mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1976 — Jorjeta Damyan — ruminiyalik sportchi, eshkak eshish bo’yicha 5 karra jahon va Olimpiya chempioni.
- 1984 — Sharl Amlen — kanadalik short-trekchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
- 1987 — Uche Iheruome — nigeriyalik futbolchi, 2008-yilgacha u Paxtakor FKda hujumchi sifatida oʻynagan.
- 1991 — Melissa Asli Pamuk -Turkiyalik aktrisa va model, 2011-yilda Miss Turkey unvonini olgan.