? BAYRAMLAR:
?? BMT — Butunjahon intellektual mulk kuni.
?? Xalqaro Chernobil fojiasini xotirlash kuni.
? Tashxis qo’yilmagan bolalar kuni.
? Xalqaro uchuvchilar kuni.
? Xalqaro kotibalar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh — Milliy bolalar va uy hayvonlari kuni.
?? AQSh — Daraxt ekish kuni.
?? AQSh — Milliy dissertatsiya kuni.
?? Rossiya — Tatar tili kuni.
?? Tanzaniya — Milliy birlashuv kuni.
?? Armaniston — Chegarachilar kuni.
?? Rossiya — Radiatsiyaviy avariyalar va falokatlar qurbonlari xotirasi kuni.
?? Malayziya — Sulton Terengganuning tug’ilgan kuni.
? VOQEALAR:
- Mil. av. 1457 — Megiddo jangi: Fir’avn Tutmos III qo’shinlari Shimoliy Suriya va Falastin shohlarining koalitsiyasini mag’lub etdi.
- 1164 — Vladimirda knyaz Andrey Bogolyubskiy Kiyev darvozasi namunasida Oltin darvozani qurdi va Vladimir qal’a devorlarini qurishni yakunladi.
- 1607 — Amerikaning birinchi ingliz ko’chmanchilari Genri burniga (Virjiniya) kelib tushishdi.
- 1658 — Podsho Aleksey Mixaylovichning farmoni bilan Moskva Kremlining asosiy minorasi Spasskaya deb o’zgartirildi.
- 1755 — Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
- 1792 — «Marselza» inqilobiy madhiyasining tug’ilgan kuni.
- 1795 — Rossiya imperiyasi Kurlyandiyani qo’shib oldi.
- 1798 — Fransiya Jeneva Respublikasini qo’shib oldi.
- 1803 — L’Aigle shahri yaqinida minglab meteorit parchalari yerga tushdi. Bu hodisa Yevropa olimlarini meteoritlar mavjudligiga ishontirdi.
- 1828 — Rossiya imperiyasi Usmonli imperiyasiga qarshi urush e’lon qildi.
- 1912 — Rus animatorlari ilk bor qo‘g‘irchoq film yaratishdi.
- 1920 — Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
- 1921 — London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi.
- 1925 — Paul fon Gindenburg Veymar Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- 1954 — SSSR Oliy Kengashi o’z Prezidiumining Qrim viloyatini RSFSR tarkibidan Ukraina SSR tarkibiga o’tkazish to’g’risidagi farmonini tasdiqladi va SSSR Konstitutsiyasiga tegishli o’zgartirishlar kiritdi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1964 -Tanganika va Zanzibarning Tanzaniya Respublikasiga birlashishi.
- 1966 — Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi.
- 1986 — Insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi.
- 1991 — Riga shahrida Arkadiy Raykinning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Kulgi-91” birinchi xalqaro satira va yumor festivali ochildi.
- 1994 — so‘nggi asosiy zarracha t-kvark kashf qilindi.
- 1994 — Janubiy Afrikada irqiy kamsitishlarsiz dastlabki saylov boʻldi. Unda Nelson Mandela boshchiligidagi Afrika Milliy Kongressi (AMK) g’olib chiqdi va Nelson Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- 1996 — “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
- 1996 — «O’zbekistan Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist» faxriy unvoni ta’sis etildi.
- 1998 — Davlat Dumasi Sergey Kiriyenkoni RF hukumati boshligʻi lavozimiga tasdiqladi.
- 1999 — “Chernobil” kompyuter virusi dunyo bo‘yicha taxminan yarim million kompyuterni zararladi.
- 2002 — Erfurtdagi Gutenberg gimnaziyasidagi qirg’in, 17 kishi halok bo’ldi.
- 2003 — 12 yillik tanaffusdan so’ng, Rossiya ekspeditsiyasi markaziy Arktikada — Shimoliy qutbdan 150 km uzoqlikda aylanib yuruvchi muz qatlamida joylashgan stantsiyada Rossiya bayrog‘i — trikolorni ko’tardi.
- 2015 — Qozog’istonda prezidentlik saylovlari: 1991 yildan beri hokimiyat tepasida turgan Nursulton Nazarboyev 97,75% ovoz olgan.
- 2019 — Tarixdagi eng ko’p daromad keltirgan filmlardan biri bo’lgan «Qasoskorlar: Endgame» AQSHda 2,8 milliard dollar yig’ib keng prokatga chiqdi.
? TAVALLUDLAR:
- 121 — Mark Avreliy — Rim imperatori (161-180), faylasuf
- 1575 — Mariya Medichi — Fransiya qirolichasi (1600-1614), Genrix IV ning rafiqasi, Lyudovik XIII ning onasi.
- 1660 — Defo Daniel (1731) — ingiliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri.
- 1710 — Tomas Rid (1796) — Shotlandiya «sog’lom aql» falsafa maktabining asoschisi.
- 1798 — Viktor Ejen (1863) — fransuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi.
- 1812 — Alfred Krupp (1887) — nemis sanoatchisi va ixtirochi, “Krupp” metallurgiya va muhandislik konserni asoschisi.
- 1886 — Abdulla To‘qay (1913) — tatar shoiri, adabiyotshunos, publitsist va tarjimon.
- 1886 — Ma Reyni (haqiqiy ismi Gertrude Pridjitt; 1939) — amerikalik qoʻshiqchi, “blyuzlar onasi”.
- 1889 — Vitgenshteyn Lyudvig (1951) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi.
— 1896 — Lutfixonim Sarimsoqova (1991) — O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi. - 1898 — Visente Aleysandre (1984) — ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1977).
- 1918 — Fanny Blankers- Kun (2004) — gollandiyalik sportchi, to’rt karra Olimpiya chempioni.
- 1925 — Mikel Ferrero — italiyalik tadbirkor, otasi Pietro Ferrero tomonidan asos solingan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ferrero shirkatining egasi.
- 1925 — Rahim Nurmuhamedov — xirurg va gerontolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975).
- 1932 — Maykl Smit (2000) — kanadalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1993).
- 1933 — Arno Allan Penzias — nemis-amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1978).
- 1936 — Botir Zokirov (1985) — O’zbekistan xalq artisti.
- 1938 — Jamol Kamol — O’zbekiston xalq shoiri (1992).
- 1954 — Muhammad Yusuf — (2001) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi.
- 1963 — Jet Li — Xitoylik kinoaktyor, ushu ustasi.
- 1970 — Melaniya Tramp — amerikalik fotomodel va dizayner, Donald Trampning rafiqasi.
- 1972 — Nikolay Luganskiy — rus pianinochisi, o’qituvchi, Rossiya xalq artisti.
- 1974 — Ilhom Farmonov — xonanda, O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1980 — Bekzod Tojiyev — Oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor.
- 1991 — Yorgen Grobak — norvegiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiya chempioni (2014).
- 2006 — Kamila Valiyeva — rossiyalik figurali uchish ustasi, Olimpiya chempioni (2022).