? BAYRAMLAR:
? Xalqaro dietasiz kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Buyuk Britaniya — Toj kiyish kuni.
?? Portugaliya — Milliy Azulexo kuni.
?? Ukraina — Piyoda qo‘shinlar kuni.
?? AQSh — Hamshiralar kuni.
?? Avstraliya — Mehnat kuni.
?? Livan, ?? Suriya — Shahidlar kuni.
?? Buyuk Britaniya, ?? Dominika, ?? Antigua va Barbuda — Mehnat kuni.
?? Bolgariya — Armiya kuni.
?? Tojikiston — Davlat sirlarini himoya qilish sohasi xodimlari kuni.
? VOQEALAR:
- 1312 — Vena sobori Rim papasining salib yurishini e’lon qilish niyatini ma’qulladi.
- 1527 — Uzoq vaqtdan beri ish haqi olishmaganligi sababli qo’zg’olon ko’targan nemis landsknextlari Rimga bostirib kirishdi va talon-taroj qilishdi. Papa Klement VII qochishga muvaffaq bo’ldi.
- 1626 — Gollandiyalik mustamlakachi Piter Minuit Manxettenni hindlardan 25 dollarlik bir hovuch taqinchoqlar evaziga sotib oldi.
- 1686 — Rossiya va Rech-Pospolita o’rtasida «Abadiy tinchlik» sulhi tuzildi.
- 1715 — Rossiyaning birinchi harbiy-jinoyat va jinoyat-protsessual kodeksi — Harbiy Artikul nashr etildi.
- 1757 — Praga jangi.
- 1840 — Birinchi rasmiy pochta markalari muomalaga chiqarildi.
1833 — AQShda birinchi po’lat omoch (plug) ishlab chiqarildi. - 1835 — Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
- 1861 — Arkanzas Qo’shma Shtatlardan ajralib chiqqan 9-shtat bo’ldi.
- 1872 — Angliya Kubogi ta’sis etildi.
- 1889 — Parijda Butunjahon ko’rgazmasi ochildi. 6-noyabrgacha davom etdi.
- 1908 — Aka-uka Raytlar uch yillik tanaffusdan keyin parvozni davom ettirdilar.
- 1910 — Georg V Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo’ldi.
- 1914 — Britaniya parlamentida Lordlar palatasi ayollarga teng ovoz berish huquqini beruvchi qonun loyihasini rad etdi.
- 1937 — Nyu Yorkda „Gindenburg“ dirijabli halokati.
- 1940 — Norvegiyaning oltin zahiralari Angliyaga yetib keldi. U bilan birga qirol oilasi va mamlakat hukumati a’zolari evakuatsiya qilindi.
- 1953 — Filadelfiyalik jarroh Jon Gibbon birinchi marta ochiq yurak jarrohligi paytida sun’iy qon haydash apparatini («sun’iy yurak-o’pka») muvaffaqiyatli qo’lladi.
- 1955 — Buyuk Britaniya Argentina va Chili bilan Folklend orollariga egalik qilish bo’yicha kelishmovchilikni hal qilish uchun Xalqaro sudga murojaat qildi.
- 1968 — Fransiya hukumati Parijdagi ko’cha janglari sababli Parij universitetini yopdi.
- 1974 — Villi Brandt Germaniya federal kansleri lavozimidan iste’foga chiqdi.
- 1991 — Arxitektura va qurulish instituti tashkil topdi.
- 1992 — O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
- 1993 — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilindi.
- 1994 — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Fransiya prezidenti Fransua Mitteran La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnelni tantanali ravishda ochdilar.
- 1998 — Qozog‘istonning yangi poytaxti Akmola nomi Astanaga o‘zgartirildi.
- 2001 — Rim papasi Ioann Pavel II Umaviylar masjidiga keldi.
- 2002 — Kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi SpaceX amerika kompaniyasiga asos solindi.
- 2012 — Rossiyada «Millionlar marshi» bo’lib o’tdi va bu «Botqoqlik ishi» («Болотное дело») ga olib keldi.
- 2023 — Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimi.
? TAVALLUDLAR:
- 973 — Genrix II Avliyo (1024) — nemis qiroli (1002-1024), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1014-yildan).
- 1758 — Maksimilian Robespier (1794) — Fransuz inqilobi yetakchisi.
- 1856 — Piri Robert Edvin (1920) — Arktikani o’rgangan amerikalik tadqiqotchi, admiral (1911).
- 1856 — Zigmund Freyd (1939) — avstriyalik nevrolog va ruhshunos, psixotahlilga asos solgan.
- 1868 — Gaston Leru (1927) — fransuz yozuvchisi (“Opera xayoloti” romani va boshqalar), jurnalist, detektiv ustasi.
- 1870 — Amadeo Giannini (1949) — amerikalik bankir, “Bank of America” asoschisi.
- 1871 — Viktor Grignard (1935) — fransuz organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1912).
- 1906 — Andre Veyl (1998) — fransiyalik matematik.
- 1904 — Martinson Xarri (1978) — shvetsiya shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1974).
- 1907 — Nikolay Gastello (1941) — Sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (vafotidan keyin).
- 1910 — Rasul Rizo (1981) – Ozarbayjon xalq shoiri (1960).
- 1923 — Vladimir Etush — rus teatr va kino aktyori, “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Soya” kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.
- 1944 — Farhod Jahongirov — Tibbiyot fanlari doktori.
- 1953 — Toni Bler — Buyuk Britaniya Bosh vaziri (1997-2007).
- 1960 — Ann Pariyo — fransuz aktrisasi.
- 1961 — Jorj Kluni — amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
- 1978 — Toni Estange — fransuz slalom kanoechisi, uch karra Olimpiya chempioni (2000, 2004, 2012), 5 karra jahon chempioni, XOQ a’zosi.
- 1983 — Daniel Alves — taniqli braziliyalik futbolchi, “Barselona” klubi a’zosi.
- 1988 — Stanislav Andreyev — “Paxtakor” futbol jamoasi a’zosi.
- 1981 — Botir Qodirov — taniqli o‘zbek estradasi xonandasi.
- 1993 — Naomi Skott — ingliz kino va televideniye aktrisasi, qo’shiqchi va musiqachi.
- 2019 — Archi Xarrison Mountbatten-Vindzor — shahzoda Garrining to’ng’ichi, Britaniya qiroli Charlz III ning nevarasi.