29 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro BMT tinchlikparvar kuchlari kuni.
? Everest kuni.
? Butunjahon otter kuni.
? Butunjahon ovqat hazm qilish tizimi salomatligi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya — Milliy keksalar kuni.
?? Turkiya — Istanbulning fath kuni.
?? AQSh — Shilliq qurt kuni.
?? AQSh — Timsohlar kuni.
?? Argentina — Armiya kuni.
?? AQSh — Viskonsin shtati kuni.
?? Shvetsiya — Faxriylar kuni.
?? Turkmaniston — Ichki ishlar xodimlari kuni.
?? Polsha — Xorijdagi harbiy xizmat faxriylari kuni.
?? Qirg‘iziston — Qurolli kuchlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1176 — Lenyano jangi sodir bo’ldi, Lombard Ligasi lashkari Muqaddas Rim imperatori Frederik Barbarossa qo’shinlarini mag’lub etdi.
  • 1453 — Usmoniy sultoni Fotih Sulton Mehmet Istanbulni  Fath etib  Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasiga yakun yasadi. Istanbulning fathi O’rta asrlarning oxiri bo’ldi.
  • 1660 — Angliyada monarxiya tiklandi.
    -1790 — Rod-Aylend koloniyalar ichida AQSh Konstitutsiyasini  tan oldi.
  • 1802 — fizik va elektrometallurgiya asoschisi akademik V. V. Petrov elektr yoyi hodisasini kashf etdi.
  • 1832 — Kanadada Rido kanali  ochildi.
  • 1873 — Rus qo‘shinlari Xivani egallashdi.
  • 1913 — «Bahor» teatri namoyishi.
  • 1914 — Kanadaning «RMS Empress of Irlandiya» nomidagi  kemasi Saint Lawrence ko’rfazida g’arq bo’ldi, 1024 nafar yo’lovchining o’limiga  sabab bo’ldi.
  • 1936 — Turk bayrog’i haqidagi qonun Turkiya Buyuk millat Majlisi tomonidan qabul qilindi.
  • 1942 — Bing Krosbi «White Christmas» bestsellerini yozdi.
  • 1953 — Yangi Zelandiyalik alpinist Edmund Hillari va nepallik  Sherpa Tenzing Norgay Everestga chiqishni bajargan birinchi odam bo’ldi.
  • 1964 — Falastin milliy kengashi Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOT) tashkil etilganligini e’lon qildi.
  • 1985 — Heysel  fojiasi: Yevropa Chempionlar Kubogi finalida — Belgiyaning «Heysel» stadionida Liverpul — Yuventus  musobaqasida  39 kishi halok bo’lgan va  350 kishi jarohatlangan.
  • 1988 — AQSh Prezidenti Ronald Reyganning SSSRga tashrifi boshlandi.
  • 1988 —  Istanbul bo‘g’ozi  va Fotih Sulton Mehmet ko’prigining  qurilish ishlari yakunlandi.
  • 1990 — Boris Yeltsin Rossiya oliy sovetiraisi etib saylandi.
  • 1997 — Toshkentda jahonning 32 davlati va 8 xalqaro tashkilotining madaniyat va sanoat arboblari ishtirokida «Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot» XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
  • 2003 — SHHTning Moskvadagi sammitida Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilingan;
  • 2008 — Nepal respublika deb e’lon qilindi.
  • 2009 — AQSh prezidenti Oq uyda kiberxavfsizlik bo’limi tashkil etilganligini e’lon qildi

? TAVALLUDLAR:

  • 1630 — Kharl II (1685) — Angliya va Shotlandiya qiroli (1660-1685).
  • 1716 — Lui Jan-Mari Daubanton (1799) — fransuz tabiatshunosi.
  • 1830 — Luiza Mishel (1905) — fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi, Parij Kommunasi qahramoni.
  • 1855 — Devid Bryus (1931) — ingliz mikrobiologi, parazitolog, kasallik qo‘zg‘atuvchi  bakteriyalarni aniqlagan olim.
  • 1874 — Gilbert Keyt Chesterton (1936) — ingliz yozuvchisi, jurnalist, mutafakkir.
  • 1912 — Muxtor Ashrafiy — bastakor, dirijyor, professor, pedagog, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1917 — Jon  Kennedi (1963) — AQShning 35-prezidenti.
  • 1920 — Jon Xarsaniy (2000) — venger iqtisodchisi,
    Nobel mukofoti sohibi (1994).
  • 1922 — Salima Asqarova (1997) — mikrobiolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982).
  • 1953 — Aleksandr Abdulov — Rus teatr va kino aktyori.
  • 1957 — Jan-Kristof Yokkoz (2016) —  fransiyalik matematik, Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 
  • 1959 — Rupert Everett — ingliz aktyori, yozuvchi va qoʻshiqchi.
  • 1979 — Iroda Dilroz — xonanda, «Nihol» mukofoti sovrindori (2001).
  • 1981 — Andrey Arshavin — Rossiyalik taniqli futbolchi.
  • 1985 — Shohruxxon — O‘zbek estada qo‘shiqchisi va aktyor.