YOMONSOY
YOMONSOY — Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi soy ko’rinishidagi ko’l. Yomonsoyning asosiy havzasi Amudaryoning o’ng tarmog’i — Ko’kdaryoning tugash joyidan 10 kilometr Sharqda. Maydoni (suvga to’lgan paytda 168 gektar) va suv hajmi o’zgarib turadi. Ko’p qismini qamish va qo’ga bosgan, sayoz. Yomonsoyga Amudaryodan toshgan suvlar va ekin maydonlarining sizot suvlari quyiladi.