? BAYRAMLAR:
?? BMT — Butunjahon donorlar kuni.
? Xalqaro veb-bloggerlar kuni.
? Xalqaro hammom kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh ‐ AQSh armiyasining tug’ilgan kuni.
?? Polsha — Nemis fashistlari konslagerlari qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Latviya, ?? Estoniya, ?? Litva ‐ Motam kuni.
?? Armeniya ‐ Qatag’on qurbonlarini xotirlash kuni.
?? AQSh — Bayroq kuni.
?? Folklend orollari — Ozodlik kuni.
?? Kuba — Ernesto Che Gevara kuni.
?? Litva — Umidlar kuni.
?? Rossiya — Migratsion xizmat xodimlari kuni.
? VOQEALAR:
- 325 — Nikeya shahrida xristianlik tarixidagi ilk sobor ochildi.
- 1325 — 25 yashar Ibn Battuta haj safariga chiqdi, u 24 yillik safardan soʻng Xitoyga kelib qolgan.
- 1498 — Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘gʻli Badiuzzamon Mirzo oʻrtasida jang bo‘lib o‘tdi.
- 1647 — Buxoro xonligi qo‘shinlari va boburiylar o‘rtasida Temurobod mavzesidagi jang.
- 1775 — AQSh armiyasi tuzildi.
- 1777 — AQSh bayrog’i tasdiqlandi.
- 1797 — Fransiya istilosidan so’ng Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
- 1800 — Qohirada Napoleon generali, Misr gubernatori Jan-Batist Kleber musulmon mutaassib tomonidan o’ldirildi.
- 1807 — Fridland jangi. Rus qo‘shinlari Napoleon tomonidan yakson qilindi.
- 1839 — Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi.
- 1846 — Kaliforniya respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
- 1895 — Chechniya Rossiyaga qo‘shib olindi.
- 1900 — AQSH Gavayi orollarini anneksiya qildi.
- 1905 — “Potyomkin” bronenosetsida qo‘zg‘o‘lo‘n bishlandi.
- 1919 — Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1938 — AQSh da Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi.
- 1940 — Nemislar Parijni bosib oldi.
- 1941 — Sovet hukumati tomonidan Latviya, Litva va Estoniya aholisi ommaviy qatag‘on va qamashga tortildi.
- 1951 — Vashingtonda birinchi kompyuter — “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi.
- 1956 — ingliz qo‘shinlari Suvaysh kanalini tark etdi.
- 1973 — K-56 suvosti kemasi halokatga uchradi.
- 1982 — Folklend urushi tugadi.
- 1985 — Shengen kelishuvi imzolandi.
- 1995 — Shamil Basayev boshchiligidagi to’da Budyonnovsk shahridagi kasalxonada 1600 dan ortiq odamni garovga oldi.
- 1999 — AQSh Oliy sudi kazino telereklamalariga 65 yillik taqiqni bekor qildi.
- 2014 — Luganskda IL-76 halokati.
? TAVALLUDLAR:
- 1736 — Sharl Ogyusten Kulon (1806) — fransuz fizigi, harbiy injener, — 1785-yil elektrostatikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni) ni kashf qilgan.
- 1835 — Nikolay Rubenshteyn (1881) — rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan.
- 1856 — Andrey Markov (1922) — rus matematigi.
- 1864 — Alois Alsgeymer (1915) — nemis psixiatri va nevrologi, presenil psixozi uning nomi bilan atalgan.
- 1868 — Karl Landsheytner (1943) — avstriyalik va amerikalik immuniolog vrach, infeksionist va ximik, inson qon gruppasini birinchi bo‘lib aniqlagan, Nobel mukofoti sohibi (1930).
- 1871 — Fyodor Tokarev (1968) — rus o‘qotar qurol konstruktori, Sotsialistik Mehnat qahramoni.
- 1882 — Yon Antonesku (1946) — rumin harbiy va davlat arbobi, Ruminiya diktatori (1940-1944).
- 1928 — Ernesto Che Gevara (1967) — lotinamerikalik inqilobchi.
- 1946 — Donald Tramp — amerikalik milliarder, AQSh ning 45-prezidenti (2017-2021).
- 1949 — Bertran Lavye — fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi.
- 1968 — Yasmin Blit — amerikalik aktrisa, fotomodel.
- 1969 — Shteffi Graf — mashhur nemis tennischisi.
-1978 — Maxset O’temuratov -qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti. - 1983 — Davron Fayziyev — Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori (2019-yildan).
- 1990 — Regina Todorenko — ukrainalik teleboshlovchi, qo‘shiqchi, kompozitor.
- 1991 — Sardor Rashidov — O’zbekistonlik futbolchi.
- 1999 — Tzuyu — Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi tayvanlik qoʻshiqchi.