23 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlat xizmati kuni.
?? Xalqaro beva ayollar kuni.
? Butunjahon ma’lumot tarqatuvchilar kuni.
? Xalqaro Olimpiya kuni.
? Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
? Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
? Pushti flamingo kuni.
? Yozuv mashinkasi tug‘ilgan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Polsha, ?? Nikaragua — Otalar kuni.
?? Shveysariya ‐ Yura Mustaqillik kuni.
?? Kanada ‐ Terrorizm qurbonlarini xotirlash milliy kuni.
?? Yaponiya ‐ Okinava xotira kuni.
?? Armaniston ‐ Fitnes va sport kuni.
?? Ozarbayjon, ?? Ukraina, ?? Qirg‘iziston, ?? Qozog‘iston ‐ Davlat xizmatchilari kuni.
?? Qozogʻiston — Politsiya kuni.
?? Lyuksemburg ‐ Buyuk Gersogning tug’ilgan kuni.
?? Estoniya — Gʻalaba kuni.
?? Latviya — Ligo kuni.
?? Ispaniya — Muqaddas Xuan bayrami.
?? Moldova — Suverenitet eʼlon qilingan kun.
?? Norvegiya, ?? Daniya — Avliyo Xans kuni.
?? Rossiya —  Balalayka kuni.

? VOQEALAR:

  • 479 — Bir oy oldin qo’mondon Syao Daochen tomonidan taxtdan tushirilgan so’nggi Janubiy Sun imperatori Shun-di o’ldirildi.
  • 1305 — Fransiya va Flandriya Atis shartnomasini tuzdilar.
  • 1314 — Bennokbyornda ingliz armiyasi mag’lubiyatga uchradi.
  • 1710 — Ikki oylik qamaldan so‘ng rus armiyasi Viyborgga kirdi.
  • 1757 — Plessi jangi Boburiylar davlatining yemirilishini boshlab berdi.
  • 1803 — Robert Fulton Sena daryosida birinchi bug‘ kemasini ommaga namoyish qildi.
  • 1846 — Adolf Saks saksofonni patentladi.
  • 1860 — AQSh Maxfiy xizmati tashkil topdi.
  • 1865 — AQSh da fuqarolar urushi tugadi.
  • 1868 — Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi.
    @Kun_tarixi_tv24
  • 1894 — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi.
  • 1919 — Finlandiya Seymi tomonidan respublika konstitutsiyasining qabul qilinishi.
    -1924 — Gannoverda qotil Fritz Haarmann qoʻlga olindi.
  • 1934 — Kremlda birinchi qahramonlarga Lenin ordeni va Sovet Ittifoqi Qahramoni gramotalari topshirildi.
  • 1948 — G’arbiy Berlinda alohida G’arbiy Germaniya markasining joriy etilishi.
  • 1956 — Jamol Abdul Nosir Misr prezidenti etib saylandi.
  • 1989 — Islom Karimov O‘zbekiston SSR kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Birinchi kotibi etib tayinladi. 
  • 1993 — Lozannada Olimpiya muzeyiga asos solindi.
  • 1996 — O‘zbekiston Bruney davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1998 — Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi.
  • 2006 — Avstraliya hayvonot bog‘ida 175 yoshli Garietta  toshbaqasi oʻlib qoldi.
  • 2016 — Buyuk Britaniya aholisi referendumda Yevropa  Ittifoqidan chiqishni yoqlab ovoz berishdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1668- Jambattista Viko (1744) — italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi.
  • 1750 — Deoda de Dolomyo (1801) — fransuz geologi va minerologi, sharafiga dolomit minerali qo‘yilgan.
  • 1763 — Jozefina de Bogarne (1814) — Napoleon Bonapartning birinchi xotini.
  • 1855 — Lidiya Seraskaya (1931) — rossiyalik astronom ayol, 219 ta qo‘zg‘aluvchan yulduzlarni kashf qilgan.
  • 1889 — Anna Axmatova (Gorenko) (1966) — rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos.
  • 1894 — Edvard VIII (1972) — Buyuk Britaniya qiroli (1936), sevgilisi foydasiga taxtdan voz kechgan.
  • 1903 — Anne Revere (1990) — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1907 — Jeyms Mid (1995) — ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1977). 
  • 19010 — Konstantinov Boris (1969) —  rus fizigi.
  • 1911 — Nikolay Kuznetsov (1995) — reaktiv aviatsiya dvigatellari boʻyicha rus konstruktori, ikki marta Mehnat Qahramoni (1957, 1981).
  • 1912 — Alan Matison Tyuring (1954) — ingliz matematigi, birinchi EHM larni ishlab chiqqan.
  • 1952 — Armen Sarkisyan — armanistonlik fizik, texnolog va siyosatchi, 2018-yildan mamlakat prezidenti.
  • 1965 — Valeriy Meladze — qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1972 — Zinedin Zidan — fransiyalik futbolchi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000), jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003), murabbiy.
  • 1976 — Patrik Viyeyra — fransiyalik futbolchi.
  • 1992 — Luiza Galiulina — oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi bosqichlari sovrindori.
  • 1995 — Danna Paola — meksikalik qo‘shiqchi va aktrisa.