4 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro banklar kuni
? Xalqaro gepardlar kuni.
? Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni
? Quchoqlashish kuni ya’ni mehr bilan ko’rishish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qirg‘iziston — “Manas” eposi kuni.
?? Tailand — Atrof-muhit kuni.
?? Rossiya — Kompyuter fanlari kuni kuni.
?? Eron — Sug‘urta kuni.
?? Polsha — Konchilar kuni.
?? Hindiston — Dengiz kuchlari kuni.
?? Tonga — Qirol Tupou I kuni.

? VOQEALAR:

  • 771 — Buyuk Karl Franklar qirolligining yagona hukmdoriga aylandi.
  • 1639 — Jeremy Xorroks Veneraning Quyosh diski atrofida aylanishini kuzatdi.
  • 1674 — Jak Markett Michigan ko’lida (keyinchalik Chikago shahri) missionerlik punkti ochdi.
  • 1676 — Lund jangi.
  • 1791 — «Observer» haftalik gazetasining birinchi soni Londonda nashr etildi.
  • 1856 — Usmoniy davlatiga amaldorlar yetishtirish uchun Podsho Abdulmajid tomonidan Maktab-i Mulkiya ochildi.
  • 1912 — Bolgariya, Gretsiya, Serbiya va Chernogoriya Turkiya bilan sulh imzoladi va shu tariqa 2 oy davom etgan Birinchi Bolqon urushi tugadi.
  • 1917 — Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining qaroriga ko‘ra shu yili saylangan o‘z o‘zini boshqarish organi — Toshkent shahar dumasi tarqatib yuborildi.
  • 1930 — Volfgang Pauli neytrino (neytron) mavjudligi to’g’risidagi gipotezani taqdim etdi.
  • 1946 — Moskvada birinchi «Moskvich-400» avtomobili yig’ildi.
    -1948 — SSSRda kompyuterga patent berildi.
  • 1954 — BMT Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) tuzish haqida qaror qabul qildi.
  • 1976 — Bokassa Markaziy Afrika Respublikasi qiroli boʻldi.
  • 1979 — AQSHda Tereza de Simon oʻldirib ketildi.
  • 1981 — AQSh razvedka hamjamiyati tashkil etildi.
  • 1996 — “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topdi.
    -1998-“Indevor» (Endeavour STS-88) kosmik eltuvchisi bortida Xalqaro kosmik stansiyasianing Unity (Birdamlik) ikkinchi moduli bilan muvaffaqiyatli uchirildi.
  • 2002 — Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.
  • 2005 — Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi.
  • 2005 — Chusovoya shahridagi Delfin basseynining qulashi. 14 kishi halok bo’ldi, ulardan 10 nafari bolalar edi.
  • 2016 — O’zbekiston respulikasi prezidentligiga navbatdan tashqari saylovlar bo’lib o’tdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1795 — Tomas Karleyl (1881) — ingliz yozuvchisi, publitsist, tarixchi va faylasuf.
  • 1861 — Sergiy Vasilkov — Rus pravoslav cherkovi yepiskopi, Novosibirsk arxiyepiskopi (1935-1937).
  • 1878 — Mixail Romanov — Buyuk Gersog, Nikolay II ning ukasi, rus harbiy va davlat arbobi.
  • 1879 — Ramanovskiy Vsevolod (1954) — matematik olim, O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi(1943).
  • 1882 — Yakub Perelman (1942) — sovet olimi, fizika, matematika va astronomiyaning ommabopchisi.
  • 1890 — Mehmet Fuod Koʻpruluzoda (1966) — turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi.
  • 1896 — Nikolay Tixonov (1979) — sovet shoiri, nasriy yozuvchi va publitsist.
  • 1901 — Nikolay Simonov (1973) — sovet kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1908 — Alfred Hershey (1997) — amerikalik genetik va virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1969
  • 1924 — Muhammad Rafi (1981)- Hind xonandasi.
  • 1963 — Sergey Bubka — sovet va ukrain sportchisi, langarcho‘pda balandlikka sakrash bo‘yicha 35 karra rekordchi, olimpiya va 10 karra jahon chempioni.
  • 1973 — Tayra Benks — amerikalik supermodel, aktrisa, qo’shiqchi va televizion shaxs.
  • 1982 — Nik Vuychich — avstraliyalik motivatsion ma’ruzachi, voiz, filantrop va yozuvchi.
  • 1991 — Maks Xollouey — amerikalik aralash yakkakurash ustasi.
  • 2007 — Skarlett Esteves — amerikalik aktrisa.