13 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Rossiya — Ayiqlar kuni.
?? Polsha — Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni.
?? Xitoy — Nankin qirg‘ini qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Indoneziya — Nusantara kuni.
?? AQSh — Skripka kuni.
?? AQSh — Milliy ot kuni.
?? AQSh — AQSh Milliy gvardiyasining tug’ilgan kuni.
?? Braziliya — Dengizchilar kuni.
?? Sent-Lyusiya — Sent-Lyusiya milliy kuni.
?? Malta — Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 1476 — Uilyam Kekston birinchi bo’lib tipografda kitob chop etdi.
  • 1545 — Reformatsiyaga qarshilar Trent ibodatxonasida namoyishlar oʻtkazishdi.
  • 1577 — Frensis Dreyk o’zining birinchi katta ekspeditsiyasiga jo’nadi.
  • 1642 — Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman yevropaliklar orasida birinchi bo’lib Yangi Zelandiyani kashf etdi.
  • 1742 — Yelizaveta Petrovnaning buyrug’i bilan yahudiylarni zudlik bilan chet elga chiqarib yuborish va bundan buyon ularni Rossiyaga qo’ymaslik buyurilgan.
  • 1864 — Paragvay Braziliya imperiyasiga urush e’lon qildi. Paragvay urushining boshlanishi.
  • 1888 — Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi.
  • 1903 — Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi. 
  • 1917 — Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar.
  • 1918 — “Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasi Ishchi-dehqon sovet militsiyasi to‘g‘risidagi Nizomi” ishlab chiqildi hamda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
  • 1920 — Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi. 
  • 1937 — Nankin qirgʻini boshlandi.
  • 1938 — Germaniyaning shimoli-g’arbiy qismidagi eng yirik konslager — Neuengammening ochilishi.
  • 1943 — Kalavritada qirg’in sodir bo’ldi, bir yarim minggacha odam halok bo’ldi.
  • 1967 — AQShda Pioneer-8 kosmik kemasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
  • 1971 — Moskvada «Omadli jentelmenlar» komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
  • 1981 — Polshada harbiy holat joriy qilindi.
  • 1989 — SSSRda Liberal — demokratik partiya tashkil topdi.
  • 1996 — Kofi Annan BMT Bosh kotibi etib saylandi.
  • 2003 — Tikrit (Iroq) shahri yaqinida Saddam Husayn asir olindi.
  • 2006 — Xitoyda daryo delfinlari yoʻq boʻlib ketganligi aytildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1553 — Buyuk Genrix IV (1610) — Fransiya qiroli (1589-1610), Burbonlar sulolasining asoschisi.
  • 1720 — Karlo Gotsi (1806) — italyan dramaturgi va yozuvchisi.
  • 1749 — Norbo‘tabiy (1798) — Qo‘qon xoni (1763-1798).
  • 1797 — Genrix Geyne (1856) — nemis shoiri, publitsist, tanqidchi.
  • 1816 — Verner fon Simens (1892) — nemis muhandisi, olim, ixtirochi, “Siemens” asoschisi.
  • 1873 — Valeriy Bryusov (1924) — rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.
  • 1878 — Adriana Budevskaya (1955) — bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti.
  • 1890 — Bertels Yevgeniy (1957) — sharqshunos olim, O’zbekiston FA a’zosi (1956).
  • 1895 — Toʻxtasin Jalilov (1966) — apdoqli sozanda (gʻijjakchi) va bastakor, oʻzbek musiqali drama janri asoschilaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1937).
  • 1899 — Mariya Kuznetsova (1956) — Oʻzbek professioval teatrining birinchi aktrisalaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1939).
  • 1908 — Rostislav Plyatt (1989) — sovet kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1923 — Filipp Uorren Anderson (2020) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1977).
  • 1930 — Nikolay Ribnikov (1990) — Sovet teatr va kino aktyori, RSFSR xalq artisti.
  • 1947 — Rustambek Abdullayev — musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002).
  • 1961 — Ural Rahimov — Rossiyalik yirik tadbirkor, sobiq deputat, „Bashneft“ kompaniyasining sobiq rahbari, milliarder.
  • 1961 — Mirzabek Xolmedov — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi.
  • 1984 — Santyago Kasorla Gonsales — ispan futbolchisi, Yevropa chempioni (2008, 2012).
  • 1989 — Teylor Elison Svift — amerikalik pop-qoʻshiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa.