15 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro choy kuni.
? Zamenhof kuni (esperantochilar bayrami).

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” kuni.
?? Niderlandiya — Qirollik kuni.
?? Indoneziya — Indoneziya armiyasi kuni.
?? Ukraina — Sud xodimlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 1055 — Xalifa al-Qoimning rasmiy roziligi bilan To‘g‘rul bek boshchiligidagi saljuqiy turklar Bag‘dodga tantanali ravishda kirib keldilar.
  • 1256 — Xulagu qo’shini Alamutga hujum boshladi.
  • 1762 — Yekaterina II Rossiyaga yahudiylardan tashqari chet elliklar va qochib ketganlarning kirishiga ruxsat beruvchi manifestni imzoladi.
  • 1791 — AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi «Huquqlar to’g’risidagi» qonun kuchga kirdi.
  • 1821 — “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi.
  • 1875 — Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
  • 1899 — Kolenso yonidagi jang.
  • 1905 — Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
  • 1917 — Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi.
  • 1923 — «Skoda» avtomobil kompaniyasining emblemasi ro’yxatga olindi.
  • 1930 — Ispaniyada hukumatga qarshi harbiy to’ntarish muvaffaqiyatsiz tugadi.
  • 1937 — NKVDning yunon operatsiyasining boshlanishi — Sovet Ittifoqi yunonlariga qarshi ommaviy qatag’onlar.
  • 1939 — «Shamollarda qolgan hislarim» filmi premyerasi.
  • 1941 — Xolokost: Drobiy Yarda minglab yahudiylar otib tashlandi.
  • 1966 — Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi.
  • 1970 — Sovet ittifoqiga tegishli Venera-7 sayyoralararo stansiyasi Venera sayyorasiga qoʻndi.
  • 1972 — BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.
  • 1976 — Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi.
  • 1989 — Ruminiyada inqilobning boshlanishi.
  • 1990 — Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
  • 2000 — Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 37 — Neron (68) — qadimgi Rim imperatori (54-68).
  • 1793 — Genrix Charlz Keri — amerikalik iqtisodchi.
  • 1802 — Yanosh Boyyai (1860) — vengriyalik matematik, noyevklid geometriyaning kashshoflaridan biri.
  • 1832 — Gyustav Eyfel (1932) — Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
  • 1852 — Antuan Anri Bekkerel (1908) — radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
  • 1859 -Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) — polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
  • 1860 — Nils Ryuberg Finzen (1904) — farera va daniyalik fizioterapevt, Nobel mukofoti sohibi (1903).
  • 1907 — Nikolay Nikitin (1973) — sovet arxitektori, Ostankino minorasi proekti muallifi.
  • 1913 — Sodiqov Obid (1987) — kimyogar olim, jamoat arbobi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
  • 1916 — Uilkins Moris (2004) — ingliz biofizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1959), Nobel mukofoti laureati (1962).
  • 1919 — Oke Seyfart (1998) — shved konkida uchish ustasi, Olimpiya chempioni (1948), jahon rekordchisi.
  • 1921 — Nizomxo’jayev Jamol (1992) — opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti (1964).
  • 1925 — Saodat Qobulova (2007) — opera xonandasi, ashulachi, O’zbekiston xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1959).
  • 1927 — Kommuna Ismailova (2003) — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1964).
  • 1936 — Dadayev Qahramon — sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti (1977).
  • 1949 — Don Jonson — amerikalik aktyor va qo’shiqchi.
  • 1950 — Boris Griyzlov — rus siyosat va davlat arbobi.
  • 1952 — Andrey Razbash (2006) — rus televideniye boshlovchisi, rejissyor, prodyuser.
  • 1971 — Shashmaz Muhammed Nedjati — turk aktyori.