14 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro maymunlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ukraina — Chernobil halokatchilari kuni.
?? Japan — Qirq yetti Roninni xotirlash kuni.
?? AQSh — Alabama shtati kuni.
?? Bangladesh — Qatl qilingan ziyolilar kuni.
?? Rossiya — Boshqird tili kuni.
?? Hindiston — Milliy energiya tejash kuni.
?? Turkmaniston — Neft sanoati va geologiya xodimlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 835 — Tan imperiyasida “Totli shudring fitnasi» muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
  • 1420 — Shohrux Xitoy imperatori Chju-Di saroyiga yuborgan katta elchilar guruhi Xitoy poytaxti Xonbaliq (xozirgi Pekin) shahriga yetib bordilar.
  • 1542 — Mariya Styuart tugilganiga atigi 6 kun bo’lganida Shotlandiyaning qirolichasi deb elon qilindi. 
  • 1799 — AQShning birinchi yetakchisi Jorj Vashington hayotdan ko’z yumdi.
  • 1875 — “Po’latxon” nomi bilan o‘zini xon deb e‘lon qilgan Mulla Is‘hoq Mulla Hasan o‘g‘li Marg’ilon shahridan xonlikning poytaxti Qo’qon shahriga keldi.
  • 1896 — Glazgoda metropoliten ishga tushdi.
  • 1900 — Kvant mexanikasi ta’limoti nashrdan chiqdi..
  • 1911 — Amundsen Janubiy qutbga yetib bordi.
  • 1913 — Gretsiya Krit orolini rasman anneksiya qildi.
  • 1918 — Karl Fridrix Finlyandiya taxtidan voz kechdi.
  • 1939 — SSSR Millatlar Ligasidan chiqarildi.
  • 1942 — Toshkent yaqinida ANT-20 halokatga uchradi. 36 ta qurbon.
  • 1943 — SSSR Davlat («Stalin») madhiyasi Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) MK Siyosiy byurosi qarori bilan tasdiqlandi.
  • 1955 — Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Seylon, Vengriya BMT ga qabul qilindi.
  • 1960 — Istanbul bo’g’ozida yunon va Yugoslav neft tankerlari to’qnashib ketdi. Fojiada 52 kishi halok bo’ldi. Dengizga to’kilgan tonnalarcha neft 52 kun davomida yonib turdi.
  • 1974 — Buxoroda Yak-40 samolyotining halokati. 7 ta qurbon.
  • 1988 — Ispaniyada 24 soatlik ommaviy ish tashlash.
  • 1990 — 1936-yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.
  • 1992 — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 
  • 1995 — Deyton kelishuvi imzolandi.
  • 2004 — Dunyodagi eng baland transport ko‘prigi — Miyo Viadugi ochildi.
  • 2008 — Moskva va Sankt-Peterburgda «Dissidentlar marshi» bo’lib o’tdi.
  • 2012 — Sandi-Xuk maktabidagi ommaviy qotillik.

? TAVALLUDLAR:

  • 1503 — Nostradamus (1566) — fransuz vrachi, olim, shoir, astrolog va bashoratchi.
  • 1546 — Tixo Brage (1601) — daniyalik astronom, munajjim va Uyg’onish davri kimyogari.
  • 1789 — Zinaida Volkonskaya — rus yozuvchi, shoira, adabiy salon bekasi.
  • 1821 — Nikolay Sherbina (1869) — rus shoiri.
  • 1895 — Ejen Emil Pol Grendel (1952) — fransuz shoiri. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
  • 1895 — Georg VI (1952) — Buyuk Britaniyaning qiroli (1936-1952).
  • 1909 — Edvard Tatum (1975) — amerikalik biokimyogar va genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1914 — Zoxidov Voxid (1983) — Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist, O’zbekiston FA akademigi (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964).
  • 1922 — Nikolay Basov (2001) — sovet fizigi, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1924 — Radj Kapur (1988) — mashhur hind aktyori, kinorejissyor.
  • 1925 — Fayzullo Karomotov — san’atshunoslik fanlari doktori, professor, musiqashunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi.
  • 1979 — Maykl Ouen — ingliz futbolchisi.
  • 1984 — Jamila Abdullayeva — o‘zbek aktrisasi va modeli.
  • 1988 — Vanessa Enn Hadjens — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.