24 dekabr kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
?? Hindiston — Milliy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
?? Mikroneziya — Konstitutsiya kuni.
?? Rossiya  — Harbiy shon-shuhrat kuni — Izmail qal’asining egallanishi.
?? Ukraina — Arxivchilar kuni.
?? Liviya — Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1777 — Jeyms Kuk Rojdestvo orolini kashf etdi.
  • 1800 — Fransiyaning birinchi konsuli Napoleonning hayotiga suiqasd qilindi.
  • 1801 — ingliz mexanigi Richard Trevitik bug‘ bilan ishlovchi birinchi avtomobilni namoyish qildi.
  • 1865 — Ku-klus-klan tashkil topdi.
  • 1900 — Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
  • 1914 — Birinchi jahon urushidagi yangi yil kelishuvi.
  • 1924 — Albaniya respublikaga aylandi.
  • 1942 — RSFSR Narkomprosi «Ё» harfini majburiy ishlatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.
  • 1961 — Liviya mustaqil davlat deb e‘lon qilindi.
  • 1968 — Yer koinotdan suratga olindi. 
  • 1979 — “Arian” fransuz tashuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi.
  • 1982 — An-124 “Ruslan” harbiy transport samoliyotining birinchi sinov parvozi.
  • 1991 — Rossiya BMTda  SSSRni almashtirdi.
  • 1993 — Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
  • 1994 — Oliy Majlisga birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • 1994 — Jazoirda bortida 232 kishi bo’lgan Air France samolyoti o’g’irlab ketildi. Ikki kundan so’ng, Marselda samolyot hujum orqali egallandi.
  • 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1167 — Jon Lendless (Yersiz) (1216) — Angliya qiroli (1199-1216).
  • 1761 — Salim III (1808) — Usmonlilar imperiyasi sultoni (1789-1807).
  • 1798 — Miskevich Adam (1855) — Polyak shoiri, polsha milliy harakati arbobi.
  • 1856 — Tomson — Ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1937). 
  • 1867 — Tavfiq Fikrat (1915) — Turk shoiri, ma’rifatparvar, jurnalist.
  • 1868 — Emanuel Lasker (1941) — nemis shaxmatchisi va matematigi, shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni (1894-1921).
  • 1901 — Aleksandr Fadeev (1956) — rus sovet yozuvchisi, tanqidchi, adabiyot nazariyotchisi, jamoat arbobi.
  • 1906 — Jeyms Hedle Cheyz (1985) — angliyalik detektiv yozuvchi.
  • 1918 — Turob To’la (taxallusi, familyasi To’laxo’jayev (1990) — shoir dramaturg va kinodramaturg. O’zbekiston xalq shoiri (1988).
  • 1922- Po’lat Mo’min (2003) — O’zbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1925 — Nazarova Tamara (1998) — O’zbekiston xalq artisti (1969).
  • 1926 — Halima Komilova (1984) — balet artisti, raqqosa, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1928 — Salimov Oqil — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994-1998)
  • 1937 — Rixsi Ibrohimova — Iste’dodli teatr aktrisasi, “O‘zbekiston хalq artisti” (1979).
  • 1942 — Joʻrabek Murodov — taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri, Tojikiston xalq artisti (1974) va SSSR xalq artisti (1979).
  • 1943 — Tarja Halonen —  Finlandiyaning birinchi ayol prezidenti (2000-2012) .
  • 1947 — Nadim Norxojayev — Xalqimizning sevimli bastakori.
  • 1958 — Doni Ilyosov — Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1957 — Xamid Karzay — Afgʻonistonning 4-prezidenti (2004-2014).
  • 1961 — Ilhom Aliyev — Ozarbayjonning 4-prezidenti (2003-yildan).
  • 1961 — Gulxatsha Ayimbetova — xonanda, Qoraqalpogʻiston (1999) va Oʻzbekiston (2000) xalq artisti.
  • 1984 — Burak Oʻzchivit — Turkiyalik aktyor.
  • 1989 — Moʻminjon Abdullaev — oʻzbek yunon-rum kurashchisi.
  • 1998 — Aleksis Mak Allister — argentinalik futbolchi, jahon chempioni (2022).