27 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish kuni.
❄️ Qog’ozdan qor parchasi yasash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qirg‘iziston — Pasport va viza xizmati xodimlari kuni.
?? Rossiya — Favqulodda qutqaruvchilar kuni.
?? Shimoliy Koreya — Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1513 — Burgoss qonunlari kuchga kirdi.
  • 1831 — Charliz Darvin dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.
  • 1842 — Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
  • 1845 — Amerikalik shifokor Krouford Lang dunyoda birinchi marta tug’ruq paytida og’riqsizlantirishni qo’lladi.
  • 1903 — Dublindagi Abbat teatri ochilishi.
  • 1918 — Germaniyada polyaklar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1932 — SSSRda yagona pasport tizimi joriy qilindi.
    1932 — Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta «Radio City Music Hall» kinoteatri (5945 o’rinli) ochildi.
  • 1945 — Xalqaro Valutya fondi tashkil topdi.
  • 1949 — Niderlandiya Indoneziyaning mustaqilligini tan oldi.
  • 1960 — Bitliz guruhining Angliyadagi ilk konserti.
  • 1978 — Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi tugatilganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirdi.
  • 1979 — Afgʻon urushi (1979-1989): Amin saroyi qurshab olindi.
  • 1990 — Rossiya qutqaruvchilar korpusi tashkil qilindi.
  • 1991- Mozambik Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston suverenitetini tan oldi.
  • 1996 — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.
  • 2005 — “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2007 — Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Butto saylov oldi tashviqotlari doirasida Ravalpindi shahriga safari chog’ida suiqast qurboni bo’ldi.
  • 2008 — G’azo sektorida Isroil armiyasining HAMASga qarshi aksilterror harbiy operatsiyasi boshlandi. Operatsiyaning kod nomi — Cast Lead.
  • 2014 — Quyoshdan 50 000 yorug‘lik yili masofada sverxyangi yulduz portlashi qayd qilindi.
  • 2019 — Almati shahri yaqinida samolyot qulab tushdi. 12 ta qurbon va 49 kishi jarohatlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1571 — Kepler Iogann (1630) — nemis astronomi va matematigi. 
  • 1773 — Jorj Keyli (1857)  — ingliz olimi va ixtirochisi, aerodinamika fani asoschilaridan biri.
  • 1822 — Paster (Pasteur) Lui (1895) — fransuz kimyogari, mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri.
  • 1832 — Pavel Tretyakov (1898) — rus tadbirkori, Tretyakov galereyasining asoschisi.
  • 1901 — Marlen Ditrix (1992) — nemis va amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi.
  • 1915 — Tilovbergan Jumamuratov (1990) — Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri. 
  • 1926 — Mahmudjon Ahmedov — jarroh, Oʻzbekistonda xiz-mat koʻrsatgan fan arbobi (1990).
  • 1934 — Larisa Latiynina — sovet gimnastikachisi, 9 karra jahon va olimpiada chempioni, 7 karra Yevropa chempioni.
  • 1937 — Ibrohim Gʻofurov — yozuvchi, tarjimon, tanqidchi «O’zbekiston Qahramoni» (2021)
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1946 — Tohir Malik (2019) — yozuvchi, «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» (2000).
  • 1948 — Jerar Depardye — fransuz teatr va kino aktyori.
  • 1965 — Salmon Xon — hind kinoaktyori, produser, qoʻshiqchi va teleboshlovchi. 
  • 1971 — Sergey Bodrov (2002) — sovet va rus kinoaktyori, kinorejissyor, ssenariynavis.
  • 1974 — Alyena Vinnitskaya — ukrainalik pop-rock uslubidagi qoʻshiqlar ijrochisi.
  • 1978 — Pelin Batu — turk yozuvchisi, aktrisa va tarixchi. 
  • 1989 — Yekaterina Lagno — ukrain va rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.