? BAYRAMLAR:
? Butunjahon energetika mustaqilligi kuni.
? Futbol hushtagi tug‘ilgan kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Mongoliya — Davlat bayrog‘i kuni.
?? Mavritaniya — Qurolli kuchlar kuni.
?? Kiribati ‐ Xushxabar kuni.
?? Bagam orollari ‐ Mustaqillik kuni.
?? Rossiya — Poltava jangi kuni.
?? AQSh ‐ Vayoming shtati kuni.
?? AQSh ‐ Surunkali kasalliklar kuni.
?? Yaponiya — Natto kuni.
? VOQEALAR:
- 138 — Antonin Piy Rim imperatoriga aylandi.
- 1040 — Godiva xonim shahar boʻylab yalongʻoch holda sayr qildi.
- 1460 — Northampton jangi.
- 1547 — Fransiyada qirol tomonidan rasman ruxsat etilgan so’nggi duel bo’lib o’tdi.
- 1609 — Germaniya katolik knyazlari Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun Katoliklar ligasini tuzdilar.
- 1712 — Sankt-Peterburgda Petropavlovsk cherkovi qurib bitkazildi.
- 1847 — AQShga 35 ta birinchi xitoylik muhojirlar keldi.
- 1877 — rus qo’shinlari tomonidan Bayazet q-al’asini qahramonona himoya qilish yakuniga yetdi.
- 1878 — Angliyada birinchi marta futbol hakami o’yin davomida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar baqirishgan).
- 1908 — Gollandiyalik fizik Heike Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliyni oldi.
- 1918 — RSFSR ning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
-1925 — AQShda «maymunlar ishi» boshlandi. - 1925 — SSSRda TASS — Sovet Ittifoqining Telegraf agentligi tashkil topdi.
- 1934 — SSSRda NKVD tashkil etildi.
- 1962 — Birinchi tijorat aloqa yo’ldoshi Telstar uchirildi.
- 1973 — Bagamaning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1985 — Uchquduq yaqinida Tu-154 samolyoti halokati. 200 kishi halok bo’ldi — Sovet aviatsiyasi tarixidagi eng katta aviahalokat.
- 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun.
- 1994 — Buyuk Britaniya Gran-prisi. Mixael Shumaxer o’zining birinchi chempionlik unvoni uchun kurashining boshlanishi.
- 2002 — Ukraina prezidenti Leonid Kuchma Ukrainaning NATOga qo’shilishi to’g’risida farmonni imzoladi.
- 2011 — «Bolgariya» kemasi Volgada cho’kib ketdi. 122 kishi vafot etdi, 79 kishi qutqarildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1451 — Yakov III (1488) — Shotlandiya qiroli (1460-1488), Styuartlar sulolasidan.
- 1509 — Jan Kalvin (1564) — Shveytsariyalik ilohiyotchi, diniy islohotchi, Kalvinizm asoschisi.
- 1557 — Leandro Bassano (1662) — Venetsiyalik rassom.
- 1724 — Eva Ekeblad (1786) — shved olimasi, agronom va ixtirochi, Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasiga saylangan birinchi ayol.
- 1830 — Kamil Jakob Pissarro (1903) — fransuz impressionist rassomi.
- 1856 — Nikola Tesla (1943) — Serbiyalik va amerikalik fizik, elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirochi.
- 1890 — Vera Inber (1972) — Rus sovet shoirasi, nasriy yozuvchi, tarjimon, jurnalist.
- 1895 — Orf Karl (1982) — nemis bastakori, pedagog, dramaturg.
- 1902 — Kurt Alder (1958) — nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1950).
- 1918 — Maxmudali Yo’no’sov (1985) — Adabiyotshunos olim.
- 1920 — Ouen Chemberlen (2006) — amerikalik fizik, atom bombasini yaratuvchilardan biri, Nobel mukofoti sohibi (1959).
- 1923 — Abdurahim Muhamedov (1980) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975).
- 1934 -Javlon Hamroyev (1997) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989).
- 1953 — Leonid Buryak — sovet va ukrainalik futbolchi va murabbiy.
- 1969 — Turdimov Erkinjon — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2008-yildan).
- 1985 — Mario Gomes — nemis futbolchisi.
- 1990 — Veronika Kristiansen — norvegiyalik gandbolchi, jahon chempioni, ko’p karra Yevropa chempioni.
- 1991- Nikita Katsalapov — rossiyalik muz ustida raqs tushuvchi figurali uchish ustasi, jahon chempioni (2021), Yevropa chempioni (2020).