12 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro qum va chang bo’ronlariga qarshi kurash kuni.
? Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortprovodniklari kuni.
? Xalqaro gandbol haftaligi boshlanishi.
? Malala kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Meksika — Advokatlar kuni.
?? Eron — Hijob va iffat kuni.
?? Montserrat — Milliy ibodat va minnatdorchilik kuni.
?? San-Tome va Prinsipi — Mustaqillik kuni.
?? Kiribati — Mustaqillik kuni.
?? Mo‘g‘uliston ‐ Nadam festivali.

? VOQEALAR:

  • 464 — Lyu Szye otasi Syaou-di vafotidan keyin Janubiy Sunning 6-imperatori bo’ldi.
  • 1573 — Alba gertsogi boshchiligidagi Ispaniya armiyasi 7 oylik qamaldan so’ng Xaarlem shahrini egallab oldi.
  • 1580 — Injilning toʻliq shakli nashr qilindi.
  • 1590 — Saratov shahri tashkil etildi.
  • 1679 — Ingliz qiroli Karl II fuqarolarning sud huquqlarini kafolatlovchi hujjat chiqardi.
  • 1776 — Jeyms Kuk Plimutdan so’nggi ekspeditsiyasiga jo’nab ketdi.
  • 1806 — Napoleon Germaniya davlatlarining Reyn ittifoqini tuzdi.
  • 1862 — AQShning eng yuqori harbiy mukofoti — «Shon-sharaf medali» ta’sis etildi.
  • 1901 — Reyxstagda duel mumkinligi belgilandi.
  • 1917 — Birinchi jahon urushi paytida dunyoda birinchi marta kimyoviy qurol-iprit gazi ishlatilgan.
  • 1920 — Litva va RSFSR o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
  • 1943 — Proxorovka jangi.
  • 1962 — Londonda The Rolling Stonesguruhining ilk konserti.
  • 1988 — Tog’li Qorabog’ viloyati Ozarbayjon tarkibidan chiqqanini e’lon qildi.
  • 1993 — Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo’lgan va Rixter shkalasiga ko’ra 7.7 magnitudali yer silkinishi, 230 kishining umriga zomin bo’ldi.
  • 1998 — Fransiya futbol jamoasi finalda Braziliyani mag’lub etib, birinchi marta futbol bo’yicha jahon chempioni bo’ldi.
  • 2006 — Hizbulloh jangarilarining qurolli harakati Isroil-Livan mojarosining boshlanishiga olib keldi.
  • 2009 — Daliya Gribauskayte Litvada birinchi prezident ayol bo‘ldi.
  • 2011 — Neptun 1846-yilda sayyora kashf etilganidan beri Quyosh atrofida birinchi to’liq aylanib chiqishni yakunladi.
  • 2021 — Yevropada suv toshqinlari boshlandi, 190 dan ortiq odam, shu jumladan Germaniyada 150 dan ortiq odam halok bo’ldi.

Bugun 12-iyul 2023-yil, chorshanba.

? TAVALLUDLAR:

Mil. avv. 100 — Gay Yuliy Sezar (mil. av. 44) — Qadimgi Rim davlat arbobi va siyosatchisi, qo’mondon va yozuvchi.

  • 1782 — Etyenn Mark Katrmer — (1857) — fransuz sharqshunosi. 
  • 1812 — Mirzo Fatali Oxundov (1878) — Ozarbayjon yozuvchisi, ma’rifatparvar, faylasuf.
  • 1813 — Klod Bernard (1878) — Fransuz fiziologi, endokrinologiya asoschisi.
  • 1824 — Ejen Buden (1898) — Fransuz dengiz janrida chizuvchi rassomi, impressionizm peshqadami.
  • 1870 — Lui II (1949) — Monako shahzodasi (1922-1949).
  • 1878 — Abdulla Avloniy (1934) — XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.
  • 1886 — Abdurauf Fitrat (1938) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).
  • 1904 — Pablo Neruda 1973) — Chili shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1971).
  • 1913 — Uillis Yudjin Lemb 2008) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1955).
  • 1916 — Lyudmila Pavlichenko (1964) — Dunyo tarixidagi eng muvaffaqiyatli mergan ayol, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1928 — Elayas Kori — amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1990).
  • 1946 — Valentina Tolkunova (201) — qo’shiqchi, RSFSR xalq artisti.
  • 1959 — Tupou VI — Tonga Qiroli (2012-yildan). 
  • 1970 — Li Byon Xon —  janubiy koreyalik aktyor.
  • 1973 — Kristian Vyeri — italiyalik futbolchi, hujumchi.
  • 1978 — Mishel Rodriges — amerikalik aktrisa.
  • 1985 — Emil Xegle Svendsen — norvegiyalik biatlonchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 12 karra jahon chempioni.
  • 1989 — Fibi Tonkin — avstraliyalik aktrisa va model.
  • 1991 — Xames Rodriges —  kolumbiyalik futbolchi.
  • 1997 — Malala Yusufzoy — pokistonlik inson huquqlari faoli, Nobel mukofoti sohibasi (2014)