21 iyul kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Singapur — Irqiy uyg’unlik kuni.
?? Guam — Ozodlik kuni.
?? Belgiya — Milliy kun.

? VOQEALAR:

  • mil. av. 356 — Gerostrat Artemida ibodatxonasini yoqib yubordi.
  • 365 — Zilzila tufayli dunyoning yetti mo‘jizasidan biri — Aleksandr mayog‘i qisman vayron bo‘ldi.
  • 1542 — Rim papasi Pol III protestantlikka qarshi kurashish uchun Rim inkvizitsiyasini tuzdi.
  • 1610 — Choy birinchi marta Yevropaga olib kelindi.
  • 1613 — Mixail Romanov  Rossiya podshosi boʻldi.
  • 1718 — Avstriya-turkiya va Turkiya-venetsiya urushlarini yakunlagan Pojarevsk sulhi.
  • 1773 — Rim papasi Iyezuitlar ordenini ta‘qiqladi.
  • 1774 — Kuchukqaynarji shartnomasi.
  • 1798 — Ehromlar yonidagi jang.
  • 1822 — Birinchi Meksika imperiyasining tashkil topishi.
  • 1831 — Belgiyaning birinchi qiroli Leopold I ning taxtga o’tirishi.
  • 1904 — 13 yil davom etgan Buyuk Sibir temir yo’lining qurilishi yakunlandi. Temir yo‘lning rasmiy ochilishi kelasi yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tdi.
  • 1906 — 44 yoshli Pyotr Stolipin Rossiya hukumati rahbari etib tayinlandi.
  • 1917 — A.F.Kerenskiy Muvaqqat hukumatga boshchilik qildi.
  • 1918 — tatarlar bosib olingan Qrim yarimorolini tatar xonligi deb e’lon qilish iltimosi bilan Germaniyaga murojaat qilishdi.
  • 1925 — SSSR Xalqaro metrik konvensiyaga qo’shildi.
  • 1940 — Fashistlar Germaniyasi qo’mondonligi Sovet Ittifoqiga qarshi harbiy kampaniya — «Barbarossa rejasi» ni ishlab chiqishni boshladi.
  • 1940 — Latviya, Litva seymi va Estoniya Dumsi tomonidan Sovet hokimiyati o‘rnatillgani e’lon qilindi.
  • 1941 — Moskvaga Luftvaffening birinchi reydi.
  • 1954 — Hindixitoydagi mustamlakachilik urushiga yakun yasovchi Jeneva shartnomasi imzolandi.
  • 1969 — Nil Armstrong  va Bazz Oldrin Oyga qadam qo‘yishdi.
  • 1970 — Misrda Asvon to‘g‘onining 11 yillik qurilishi yakunlangan.
  • 1972 — Belfastda qonli juma: Vaqtinchalik IRA jangarilarining terroristik hujumlari natijasida 9 kishi halok bo’ldi, 130 kishi yaralandi.
  • 1983 — Aholi yashaydigan joyda dunyodagi eng past harorat Antarktidadagi Vostok stansiyasida qayd etildi. Bu -89,2 °C.
  • 1994 — Yozuvchi Aleksandr Soljenitsin Rossiyaga  qaytdi.
  • 2007 — Garri Potterning yettinchi kitobi «Garri Potter va ajal tuhfasi» ingliz tilida nashr etildi.
  • 2011 — Atlantic kemasining so’nggi parvozi yakunlandi. «Space Shuttle» dasturi rasman yopildi.
  • 2012 — Turkiyalik sarguzashtchi Erden Eruch tarixda yakkaxon inson kuchi yordamida Yerni aylanib chiqishni yakunlagan birinchi shaxs bo‘ldi.

?  TAVALLUDLAR:

  • Mil. avv. 356 — Aleksandr Makedonskiy (mil. avv. 323) — Makedoniya qiroli (mil. avv. 336 yildan), sarkarda, jahon imperiyasining asoschisi.
  • 1620 — Jan Pikard (1682) — fransuz ruhoniysi va astronami, Yerning hajmini birinchi marta aniqlagan.
  • 1810 — Anri Reno (1878) — fransuz kimyogari va fizigi.- 1816 — Pol Julius Reyter (1899) — jurnalist, biznesmen, Britaniyaning «Reuters» axborot agentligi asoschisi.
  • 1897 — Vasiliy Sokolovskiy (1968) — Sovet Ittifoqi marshali, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1899 — Ernest Xeminguy (1961) — amerikalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sohibi (1954).
  • 1923 — Rudolf Markus — kanadalik va amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (1992).
  • 1928 — Ahmad Odilov — sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). 
  • 1932 — Elena Dobronravova (1999) — teatr va kino aktrisasi, RSFSRda xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1948 — Mixail Zadornov — (2017) — Rossiyalik yozuvchi-satirik,_dramaturg, komik va qiziqchi. 
  • 1969 — Avraam Russo — rus estrada qo’shiqchisi.
  • 1976 — Tatyana Lebedeva — rossiyalik atlet, Olimpiya chempioni (2004), ko’p karra jahon va Evropa chempioni.
  • 2002 — Rika Kihira — yaponiyalik figurali uchish ustasi, to’rt qit’aning ikki karra chempioni (2019 va 2020).