26 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Esperanto kuni.
? Mangrov ekotizimini saqlash xalqaro kuni.
? Butunjahon tofu kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Barbados ‐ Milliy ahamiyatga molik kun.
?? Tojikiston ‐ Jazo tizimi xodimlari kuni.
?? Maldiv orollari — Mustaqillik kuni.
?? Liberiya — Mustaqillik kuni.
?? Kuba — Milliy isyon kuni.
?? Ispaniya, ?? Braziliya, ?? Portugaliya — Ota-bobolar kuni (Dia dos Avos).

? VOQEALAR:

  • 657 — Siffin jangida sunniylar shialarni mag’lub etishdi
  • 811 — Bolgariya xoni Krum Vizantiya imperiyasiga qaqshatqich zarba berdi.
  • 1611 — Shvetsiya armiyasi Yakob Delagardiy qo’mondonligida Novgorodni egallab oldi.
  • 1722 — Bostonda hindularga qarshi urush e’lon qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya e’lon qilindi, hindlarning bosh terisi uchun 15 dan 100 funtgacha va’da qilingan.
  • 1822 — Xose San-Martin  va Simon Bolivar Janubiy Amerika kelajagini muhokama qilishdi.
  • 1847 — Liberiya Respublikasi e’lon qilindi — qora Afrikadagi birinchi mustaqil davlat.
  • 1887 — Varshavada Xalqaro esperanto tilidagi birinchi darslik (rus tilida) nashr etildi.
  • 1918 — Ozarbayjonda eserlar bolsheviklar hukumatini ag’darib tashlashdi.
  • 1918 — Intervensiya: Fransiya qo’shinlari Murmanskka tushirildi.
  • 1922 — Turk armiyasi hujumga o’tib, Yunon qo’shinlarini Afos jangida mag’lub etdi.
  • 1937 — Yaponiya Xitoyda urush harakatlarini boshladi.
  • 1938 — NKVD boshlig’i Yejov Stalinga otish uchun Qizil Armiya va Dengiz kuchlarining 138 qo’mondonlari ro’yxatini yubordi. Stalin va Molotov qaror qabul qildilar: «Barcha 138 kishi qatl etilsin».
  • 1948 — Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan «Marshall rejasi» ni amalga oshirish shartlari imzolandi (Yevropa davlatlariga yordam berish rejasi).
  • 1957 — SSSR birinchi ko’p bosqichli qit’alararo ballistik raketani uchirdi.
  • 1963 — Skopye zilzilasi: mingdan oshiq odam halok boʻldi.
  • 1965 — Maldiv orollari mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1973 — AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Isroilning Yaqin Sharqdagi harakatlarini qoralovchi qaroriga veto qo’ydi.
  • 1982 — AQSh Falastinni ozod qilish tashkilotini tan olmasligini e’lon qildi.
  • 1990 — «Lindvurm» («Ajdaho») operatsiyasi: GFR hududidan Amerika kimyoviy qurollarini olib chiqish boshlandi.
  • 1993 — Ozarbayjon manati respublikadagi yagona milliy valyutaga aylandi.
  • 1994 — Rossiya va Estoniya o’zaro chegaralarni tan olish to’g’risida bitim imzoladilar.
  • 1995 — Yevropa Ittifoqining 15 ta mamlakati vakillari Yevropolni tuzish to‘g‘risidagi konvensiyani imzoladilar.
  • 1999 — Kargil urushi tugadi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1782 — Djon Fild (1837) — Irlandiyalik pianinochi va bastakor.
  • 1791 — Frans Xaver Volfgang Motsart (1844) — Bastakor va pianinochi, Volfgang Amadeus Motsartning o’g’li.
  • 1856 — Jorj Bernard Shou (1950) — Irlandiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1925).
  • 1885 — Andre Maurois (1967) — Fransuz yozuvchisi, Fransiya akademiyasining a’zosi.
  • 1921 —  Rahim Ahmedov — rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi.
  • 1922 — Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva (1998) — diktor, Oʻzbekiston xalq artisti (1953). 
  • 1928 — Franchesko Kossiga (2010) — Italiyalik siyosatchi, Italiya Prezidenti (1985-1992).
  • 1945 — Helen Mirren — Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan britaniyalik aktrisa.
  • 1949 — Ozad Xabibulin — monumental rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004).
  • 1955 — Osif Ali Zardoriy — Pokiston Prezidenti (2008-2013).
  • 1962 — Sergey Kirienko — rus davlat va siyosiy arbobi.
  • 1964 — Sandra Ballok — amerikalik aktrisa, Oskar mukofoti sovrindori.
  • 1967 — Jeyson Stetxem — angliyalik aktiyor, koʻplab jangari filmlarda salbiy rollar bilan tanilgan. 
  • 1968 — Natalya Biystrova — rossiyalik sportchi, 4 karra mutlaq jahon chempioni, fitness bo’yicha 3 karra «Dunyo go‘zali».
  • 1968 — Frederik Difental — fransuz aktyori.
  • 1968 — Oliviya Uilyams — ingliz aktrisasi.
  • 1987 — Jasur Mavlonov — oʻzbek qoʻshiqchisi.
  • 1988 — Diego Perotti, argentinalik futbolchi