28 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Islom olamida Ashuro kuni.
?? Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni.
?? Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni.
? Tizim administratorlari kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ispaniya — Kantabriya institutlari kuni.
?? Kanada ‐ Buyuk qo’zg’olonni xotirlash kuni.
?? Avstraliya ‐ Maktab daraxti kuni.
?? Tailand — Qirol tug’ilgan kun.
?? Peru — Mustaqillik kuni.
?? San-Marino — Fashizm ustidan qozonilgan G’alaba kuni.

? VOQEALAR:

  • 754 — Papa Stefan II Pipin Pakanaga qirollik tojini kiydirdi.
  • 1299 — Mashhur italyan sayyohi Marko Polo Venetsiyaga qaytib keldi
  • 1586 — Ser Tomas Xarriot Buyuk Britaniya va Irlandiyaga kartoshka olib keldi.
  • 1741 — Vitus Bering kemasi Alyaska sohillariga yetib keldi.
  • 1794 — Robespyer,  Sen-Just  va yana 20 kishi qatl qilindi.
  • 1821 — Peru Ispaniyadan mustaqillik e’lon qildi.
  • 1851 — Dunyoda birinchi marta to‘liq quyosh tutilishi suratga olindi.
  • 1858 — Birinchi marta barmoq izlari tanib olish uchun ishlatilgan.
  • 1878 — Varna rus qo’shinlari tomonidan Usmonli imperiyasi boshqaruvidan ozod qilindi.
  • 1914 — Avstriya-Vengriya Serbiyaga qarshi urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushining boshlanishi.
  • 1919 — Xalqaro Astronomiya Ittifoqiga asos solindi.
  • 1928 — Amsterdamda yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1929 — Urush asirlariga doir Jeneva Konventsiyasi 48 davlat tomonidan imzolandi.
  • 1976 — Xitoyning Tangshan shahrida 8.2 bal yer qimirlashi oqibatida 242 ming 769 kishi halok bo’ldi, 164 ming 851 kishi yaralandi
  • 1980 — Vladimir Visotskiy Moskvada dafn qilindi.
  • 1984 — Los-Anjelesda sotsialistik mamlakatlar boykot qilgan XXIII yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1989 — Latviya SSR Oliy Kengashi Latviya suverenitetini e’lon qildi.
  • 1994 — Moldova Konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1995 — Bombey Mumbay deb nomlandi.
  • 1997 — SSSR qulaganidan keyin Kubada birinchi xalqaro yoshlar va talabalar festivali ochildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1165 — Ibn Arabiy (1240) — Islom ilohiyotchisi, so’fiylik nazariyotchisi.
  • 1635 — Robert Guk (1703) — ingliz fizigi, kimyogar, matematik, astronom, biolog, ixtirochi va me’mor.
  • 1804 — Lyudvig Feerbax (1872) — nemis faylasufi.
  • 1904 — Pavel Cherenkov (1990) — sovet fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1909 — Enne Burda (2005) — nemis nashriyotchisi, Burda moden jurnalining asoschisi.
  • 1915 — Charlz Xard Tauns (2015) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1925 — Barux Blamberg (2011) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1976).
  • 1929 — Jaklin Kennedi (1994) — 1961-yildan 1963-yilgacha AQShning birinchi xonimi.
  • 1930 —  Klara Yusupova — raqqosa, balerina, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1934 — Ilya Averbax (1986)  — sovet rejissyori, ssenariy muallifi.
  • 1952 — Maha Vajiralongkorn Bodindradebayavarangkun — Tailand qiroli (2016-yildan).
  • 1954 — Ugo Chaves (2013) — Venesuela Prezidenti (1999-2002, 2002-2013).
  • 1972 — Elizabet Berkli — amerikalik aktrisa va model.
  • 1979 — Shahzoda — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, «Shuhrat» medali sohibasi.
  • 1983 — Dilmurod Musayev — xonanda, YUNESKOning san’at yo’nalishi bo’yicha eng yosh  a’zosi.
  • 1993 — Sher Lloyd — britaniyalik qo’shiqchi, aktrisa va model.