29 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro yo‘lbarslar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya ‐ Indoneziya havo kuchlarida xizmat kuni.
?? Moldova — Konstitutsiya kuni.
?? Ruminiya ‐ Davlat madhiyasi kuni.
?? Hindiston ‐ Mohun Bagan kuni.
?? Tailand — Milliy Tailand tili kuni.
?? AQSh ‐ Milliy raqs kuni.
?? Ukraina — Maxsus operatsiyalar kuchlari kuni.
?? AQSh — NASA tug’ilgan kun.
Uollis va Futuna — Hudud kuni.

? VOQEALAR:

  • 1030 — Norvegiyadagi Stiklastadir jangida, taxtni egallashga harakat qilar ekan, ikki yil oldin taxtdan ag’darilgan qirol Olaf Avliyo o’ldirildi.
    -1586 — Tyumen shahriga asos solindi.
  • 1702 — Buyuk Shimoliy Urush: Gummelshof jangi.
  • 1836 — Parijdagi Yulduzlar maydonida G‘alaba arkasi tantanali ravishda ochildi.
  • 1858 — Amerika Qo’shma Shtatlarining bosimi ostida Yaponiya chet elliklarga Tokio va Osakani ochdi.
  • 1907 — Rober Pouel Buyuk Britaniyada Skaut harakatini tashkil qildi.
  • 1921 — Adolf Gitler natsistlar partiyasi rahbari bo’ldi.
  • 1936 — Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonining maqomi to’g’risida MIK ning Farmoni.
  • 1937 — O’zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun.
  • 1938 — Hasan ko’lidagi jang.
  • 1941 — Smolensk jangida 300 ming jangchilar asir olindi.
  • 1942 — SSSR da Nevskiy, Suvorov va Kutuzov ordenlari chiqarildi.
  • 1948 — Londonda XIV yozgi Olimpiya o’yinlarining ochilishi.
  • 1958 — AQSh Prezidenti Duayt Eysenxouer NASAni tashkil etdi.
  • 1973 — Gretsiyada plebissit monarxiyadan respublikani afzal ko’rdi.
  • 1974 — SSSR KGB raisi Yuriy Vladimirovich Andropovning buyrug’i bilan terrorizmga qarshi kurash uchun «Alfa» guruhi tuzildi.
  • 1979 — Argentina va Buyuk Britaniya o’rtasida elchilik darajasidagi diplomatik munosabatlar tiklandi.
  • 1988 — Kanada Janubiy Afrikadan kelgan barcha sportchilar va murabbiylar uchun mamlakatga kirish uchun taqiq e’lon qildi.
  • 1996 — Microsoft kompaniyasi Windows NT 4.0 operatsion tizimini taqdim etdi.
  • 2015 — Microsoft o’zining yangi Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1605 — Simon Dax (1659) — nemis shoiri.
  • 1793 — Jan Kollar (1852) — Slovak shoiri, slavyanlarni birlashtirish uchun kurashchi («Shon-sharaf qizi»).
  • 1798 — Karl Blexen (1840) — nemis peyzajchi rassomi.
  • 1817 — Ivan Ayvazovskiy (1900) — dengiz janrida chizgan rus rassomi.
  • 1877 — Uilyam Bib (1962) — amerikalik zoolog, yozuvchi, batisferani ixtiro qilgan.
  • 1883 — Benito Mussolini (1945) — italiyalik siyosatchi, fashizm asoschisi.
  • 1888 — Vladimir Zavorkin (1982) — rus muhandisi, zamonaviy televideniye ixtirochisi.
  • 1898 — Isidor Rabi (1988) — Amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1944).
  • 1900 — Eyvind Yunson (1976) — shved yozuvchisi va publitsisti, Nobel mukofoti sohibi (1974).
  • 1905 — Dag Yalmar Agne Karl Xammarsheld — (1961) — Shvetsiyalik diplomat, davlat arbobi, jurnalist va shoir, BMT bosh kotibi (1953-1961), Nobel mukofoti sohibi (1961).
  • 1914 — Marsel Bich (1994) — Fransuz ixtirochisi, “Bic” kompaniyasi asoschisi.
  • 1922 — Mixail Minin (2008) — II jahon urushi qatnashchisi, Reyxstag ustiga G‘alaba bayrog‘ini qadaganlardan biri.
  • 1937 — Daniel Makfadden — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
  • 1957 — Nelly Kim — sovet gimnastikachisi, 5 karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni.
  • 1975 — Akobir Qurbonov — Milliy kurash bo’yicha jahon chempioni (1999), “O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni hamda «O’zbekiston belgisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
  • 1982 — Ibrohim Hamroqulov — Xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni.
  • 1984 — Anna Bessonova — ukrainalik sportchi (badiiy gimnastika), mutloq jahon chempioni (2007).
  • 1988 — Taryey Byo — norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), sakkiz karra jahon chempioni.