? BAYRAMLAR:
? Geliy kashf qilingan kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Indoneziya ‐ Konstitutsiya kuni.
?? Avstraliya — Vyetnam faxriylari kuni.
?? Tailand — Ilm-fan kuni.
?? Pokiston — Daraxt ekish kuni.
?? AQSh ‐ Milliy mustaqil ishchilar kuni.
?? Tojikiston — Sog’liqni saqlash xodimlari kuni.
?? Rossiya — Geograflar kuni.
?? Qozog’iston, ?? Ozarbayjon — Chegarachilar kuni.
?? Shimoliy Makedoniya — Armiya kuni.
? VOQEALAR:
- mil. av. 293 — Rimda ma’buda Venera sharafiga eng qadimgi (ma’lum bo’lgan) ibodatxona qurilgan.
- 1227 — Chingizxon vafot etdi.
- 1304 — Filipp Chiroyli armiyasi va Flamandiya isyonchilari o’rtasida Mons-an-Pevel jangi bo’lib o’tdi.
- 1743 — Rossiya va Shvetsiya o’rtasida Abo tinchlik shartnomasi tuzildi.
- 1782 — Sankt -Peterburgda Pyotr I ga atab “Mis chavandoz” haykali ochildi.
- 1791 — Usmoniy-Rus urushiga barham bergan Kalas sulh bitimi imzolandi.
- 1826 — Aleksandr Gordon Leing Tombuktuga yetib bordi.
- 1845 — Rossiya Geografiya Jamiyati tashkil etildi.
- 1868 — fransuz astronomi Pyer Yanssen quyosh spektrida yangi element — geliyni kashf qildi.
- 1877 — Asaf Xoll Marsning yoʻldoshi — Fobosni kashf etdi.
- 1877 — Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi.
- 1917 — Saloniki shahrida yirik yongʻin sodir boʻldi.
- 1920 — AQSh Konstitutsiyasiga ayollarga ovoz berish huquqini beruvchi 19 -tuzatish tasdiqlandi.
- 1924 — Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi.
- 1945 — Samarqandda T. Jalilov nomidagi musiqa bilim yurti ochildi.
- 1968 — Varshava shartnomasi davlatlari rahbariyati Chexoslovakiyaga qo’shin kiritishni ma’qulladi.
- 1980 — Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi.
- 1984 — Moskvada «Drujba -84» musobaqalari ochildi.
- 1991 — Mixail Gorbachyov Foros (Qrim) da uy qamogʻiga olindi.
- 2009 — iyul oyi oxirida Boltiq dengizida qaroqchilar tomonidan qo’lga olingan «Arktik Si» quruq yuk kemasi Rossiya dengiz floti tomonidan ozod qilindi.
- 2018 — Kipr tinchlik rejasi bilan tanilgan “Nobel” tinchlik mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibi Kofi Annan Shveysariyada vafot etdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1685 — Bruk Teylor (1731) — Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan.
- 1750 — Antonio Salyeri (1825) — Avstriyalik italiyan bastakori, dirijyor, pedagog.
- 1824 — Pyer Marten (1915) — fransuz metallurgi, ochiq o’choq (Marten) jarayonini ixtiro qilgan.
- 1830 — Frans Iosif I (1916) — Avstriya Imperatori (1848-1916) va Vengriya Qiroli (1867-1916), I Jahon urushini boshlab bergan.
- 1869 — Vasiliy Vyatkin — arxeolog, Samarqand o’lkani o’rganish muzeyining tashkilotchisi.
- 1912 — Chingiz Ahmarov — Monomentalist, rassom.
- 1912 — Ertugʻrul Usmon (2009) — Usmonli imperiyasining shahzodasi va Usmonli imperatorlik uyining 43-imperatori edi.
- 1917 — Jo‘raxon Rahmonov (1977) — sovet teatr va kino aktyori, O’zSSRda xizmat ko’rsatgan artist.
- 1933 — Shavkat Akmalxonov — zootexnik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
- 1938 — Marks Jumaniyozov (2012) — oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi (1992-96).
- 1957 — Karol Buke — fransuz aktrisasi («Nemo», «Bingo Bongo»), “Chanel” parfyumi reklamasi modeli.
- 1971 — Avstraliya va Yangi Zelandiya Vyetnam urushidan qo’shinini chiqarishga qaror qildi.
- 1980 — Esteban Matias Kambiasso Delo — argentinalik futbolchi, Argentina yarim himoyachisi.
- 1983 — Magomed Ibragimov — rus va oʻzbek erkin kurashchisi, Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori (2004), Osiyo chempionati chempioni va sovrindori.
- 1997 — Jozefin Lengford — avstraliyalik aktrisa.