26 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro aktyorlar kuni
? Itlarga minnatdorchilik kuni
? Xalqaro ko‘rshapalaklar kechasi
? Omadni jalb qilish kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Argentina — Birdamlik kuni (Ona Tereza tug’ilgan kun sharafiga).
?? Ukraina — Aviatsiya kuni.
?? Argentina — Argentina aktyorlari kuni.
?? Eron — Mehnatkashlar kuni.
?? AQSh — Ayollar tengligi kuni.
?? Finlandiya — Fin tabiati kuni.
?? Malayziya — Mustaqillik kuni.
?? Papua-Yangi Gvineya — Tavba kuni.
?? Turkiya — Turkiya qurolli kuchlari kuni.
?? Namibiya — Qahramonlar kuni.

? VOQEALAR:

  • Mil. av. 55 — Yuliy Sezarning Britaniyaga birinchi bosqini.
  • 1071 — Mansikert jangi: imperator Roman IV turklarga asir tushdi.
  • 1346 — Kresi jangi.
  • 1382 — To’xtamishxon Moskvani bosib oldi.
  • 1542 — Lotaringiya Nyurnberg shartnomasi asosida Germaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1728 — Vitus Bering Bering boʻgʻozini kashf etdi.
  • 1789 — Buyuk fransuz inqilobi davrida inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi.
  • 1791 — AQShda Jon Fitch paroxod uchun patent olindi.
  • 1801 — Filipp Lebon ikki bosqichli ichki yonuv dvigateliga patent oldi.
  • 1858 — Telegraf orqali birinchi yangilik uatildi.
  • 1877 — Shipkadagi g‘alaba.
  • 1883 — Krakatau vulqoni minglab aholini halok qildi.
  • 1903 — Paleontolog Otto Xauzer mukammal saqlanib qolgan Kromanyon skeletini topdi.
  • 1936 — Toshkent shahrida Yunusobod tumani tashkil topdi.
  • 1963 — Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish tadbirlari rasman boshlandi.
  • 1991 — O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosati O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.
    -1991 — SSSRda butun mamlakat bo’ylab KPSS faoliyati to’xtatildi.
  • 1995 — Toshkentda O‘zbekiston hukumati bilan YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
  • 1997 — Samarqandda birinchi xalqaro “Sharq taronalari” festivali boshlandi.
  • 1999 — Maykl Jonson 400 metrga yugurib jahon rekordini oʻrnatdi.
  • 2002 —  Yoxannesburgda (Janubiy Afrika) Yer sammiti ochildi.
    -2008 — Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi.
  • 2011 — «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdining ilk qatnovi amalga oshirilgan kun.
  • 2019 — Shavkat Mirziyoyev bloger va jurnalistlar bilan Samarqandda uchrashdi.
  • 2021 — Qozog’istonning Jambil viloyatining Bayzak tumanida harbiy o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo’ldi. 13 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 865 — Razes (925) — fors alkimyogari, tabib va faylasuf.
  • 1728 — Iogann Genrix Lambert (1777) — nemis astronomi, matematik, fizik, faylasuf.
  • 1743 — Antuan Lavuazye (1794) — fransuz olimi, zamonaviy kimyo asoschisi.
  • 1850 — Sharl Rishe (1935) — Fransuz fiziologi, immunolog, Nobel mukofoti sohibi (1913).
  • 1873 — Li De Forest (1961) —  «radioning otasi» laqabini olgan amerikalik ixtirochi, triod (audion) yaratuvchisi.
  • 1882 — Jeyms Frank (1964) — nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1925).
  • 1906 — Vera Gubskaya (1953) — pedagog, baletmeyster,   O’zbekiston xalq artisti,
  • 1910 — Tereza ona (Agnes Gonje Boyajiu (1997) — Albaniyalik katolik ruhoniysi, «Mehribonlik» ordeni asoschisi, Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohibasi (1979).
  • 1919 — Stepan Badalov (2014) — mineralog va geokimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
  • 1947 — Manzura Madaliyeva — ilgʻor oʻqituvchi,Oʻzbekiston Qahramoni (1997).
  • 1948 — Tatyana Karimova — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush oʻrtoʻgi, 1991-yildan 2016-yilgacha Oʻzbekiston birinchi xonimi lavozimini egallagan.
  • 1976 — Zemfira (Zemfira Ramazanova) — rus qo’shiqchisi, o’z qo’shiqlarining muallifi va ijrochisi.
  • 1987 — Kseniya Suxinova — rus modeli, «Miss Rossiya-2007», «Miss World 2008» tanlovlari g‘olibasi.
  • 1989 — Jeyms Xarden — amerikalik basketbolchi, Olimpiya chempioni (2012), jahon chempioni (2014).
  • 1998 — Chon Soyon — Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi.