27 sentabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Islom dunyosida «Mavlid un-Nabiy».
?? Butunjahon Turizm kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Turkmaniston — Mustaqillik kuni.
?? Ozarbayjon — Xotira kuni.
?? Meksika — Mustaqillik uchun urush tugagan kun.
?? AQSh ‐ Milliy ayollar salomatligi va fitnes kuni.
?? Belgiya — Fransiya hamjamiyati kuni.
?? Polsha — Polsha yer osti davlati kuni.
?? Kanada ‐ Daraxtlar kuni.
?? Indoneziya ‐ Pochta va telekommunikatsiya xizmatlari kuni.
?? Ukraina — Turizm kuni.
?? Rossiya — Maktabgacha ta’lim xodimlari kuni.
?? Mo’g’uliston — Televideniye kuni.

27-sentabrda sodir bo‘lgan voqealar:

  • 1130 — Janubiy Italiya va Sitsiliya yagona Sitsiliya qirolligiga birlashdi.
  • 1400 — Amir Temur o‘zining “yetti yillik” yurishlari paytida Suriyadagi Bihishti va Ayntob qal‘alarini egalladi.
  • 1529 — Sulaymon I Venani qamal qildi.
  • 1605 — Kirxgolm jangi.
  • 1821 — Meksika Ispaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1822 — Shampolyon Rozett toshining jumbogʻini topdi.
  • 1829 — Ivan Parrot Ararat togʻiga chiqdi.
    -1940 — Germaniya, Italiya va Yaponiya Uchlar ittifoqini tuzish haqida kelshib olishdi.
  • 1941 — Suriya mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
  • 1943 — Toshkentda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi  tashkil qilindi. 1943-yil 4-noyabrda tantanali ochilgan.
  • 1961- Suriyada harbiy to’ntarish yuz berdi.
  • 1961 — Syerra-Leone BMTga a’zo 100-davlatga aylandi.
    -1977 — Ukrainada Chernobil AES ishga tushdi.
    -1996 — toliblar Qobulni egallab, prezident Burhoniddin Rabboniy va Gulbiddin Hikmatyor hukumatini ag’darib tashladi. Afg’onistonning sobiq pre­zidenti Muhammad Najibullo sud qilinmay qatl etildi.
  • 1998 — Gerxard Shryoder Germaniya kansleri etib saylandi.
  • 1998 — “Google” qidiruv tizimi foydalanishga ochildi.
  • 2020 — Tog’li Qorabog’da qurolli to’qnashuvlar boshlandi.

27-Sentyabrda TAVALLUD topgan Mashhurlar:

  • 1389 — Kozimo Medichi (1464) — florensiyalik siyosatchi, davlat arbobi, savdogar va bankir.
  • 1601 — Lyudovik XIII Adolatli (1643) — Fransiya qiroli (1610-1643).
  • 1630 — Mixael Vilmann (1706) — nemis barokko rassomi.
  • 1871 — Gratsiya Deledda (1936) — italiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibasi (1926).
  • 1897 — Mauer Fedor (1963) — seleksioner olim, biologiya fanlari doktori (1955), professor (1957).
  • 1918 — Martin Rayl (1984) — ingliz radio astronomi, Nobel mukofoti sovrindori (1974).
  • 1943 — Rauf Parfi — O’zbekiston xalq shoiri.
  • 1947 — Dik Advokat — gollandiyalik futbolchi, futbol bo’yicha murabbiy.
  • 1972 — Gvinet Peltrou — amerikalik kinoaktrisa, «Oskar», «Oltin globus» va «Emmi» mukofotlari sohibasi.
  • 1973 — Yoqutjon Rajabov — xonanda.
  • 1976  — Franchesko Totti — italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
  • 1978 — Ani Lorak (haqiqiy ismi Karolina Kuyek) — ukrain va rus qo’shiqchi, modelyer, Ukraina xalq artisti.
  • 1984 — Avril Lavigne — kanadalik qoʻshiqchi va aktrisa.
  • 1987 — Vanessa Jeyms — amerikalik, britaniyalik va fransiyalik juftlikda figurali uchish ustasi, Yevropa chempioni (2019).
  • 1989 — Normatova Feruza — oʻzbek kinoaktrisasi.
  • 1991 — Simona Halep — ruminiyalik professional tennischi.
  • 1995 — Kvon Eun-bi ‐ Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi.