24 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT kuni.
? Butunjahon poliomiyelitga qarshi kurash kuni.
?? Butunjahon taraqqiyot axboroti kuni.
? Xalqaro diplomatlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Oziq-ovqat kuni.
?? Tojikiston — Kasaba uyushmalari kuni.
?? Xitoy — Dasturchilar kuni.
?? Indoneziya — Milliy shifokorlar kuni.
?? Rossiya, ?? Qozog‘iston — Halok bo‘lgan raketachilarni xotirlash kuni (1960, 1963).
?? Pokiston — Ozod Kashmir kuni.
?? Qirg‘iziston — Standartlashtirish va metrologiya xodimlari kuni.
?? Qirg‘iziston — Diplomatik xodimlar kuni.
?? Rossiya — Maxsus kuchlar kuni.
?? Zambiya — Mustaqillik bayrami.
?? Germaniya — Kutubxonalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1147 — Rekonkista: Lissabon xiristian ritsarlari tomonidan egallandi.
  • 1648 — Vestfaliya sulhi: Oʻttiz yillik urush yakunlandi.
  • 1658 — Molyer Lyudovik XIV bilan uchrashdi.
  • 1929 — Qora payshanba — 1929-yilgi fond bozori inqirozining boshlanishi.
  • 1935 — Moskvadagi Kreml minorasiga yulduz o’rnatildi.
  • 1939 — Neylon paypoqlar birinchi marta bozorga chiqarilib, xaridor ayollarning e’tiborini tortdi.
  • 1945 — BMT ning Ustavini 51 ta davlat imzoladi.
  • 1947 — Uolt Disney hibsga olindi.
  • 1947 — musulmon ayirmachilari Hindistonning Kashmir viloyatini mustaqil davlat deb e’lon qilishdi.
  • 1960 — Baykonur halokati (1960): Qitʻalararo ballistik raketa portlab ketdi.
  • 1962 — SSSR AQShning Kubani qamal qilishiga qarshi norozilik bildirdi.
  • 1963 — Baykonur kosmodromida R-9 raketa siloslaridan birida yong’in. 7 kishi halok bo’ldi.
  • 1964 — Shimoliy Rodeziya mustaqilligini e’lon qildi va nomini Zambiya deb o’zgartirdi.
  • 1969 — Aktyor Richard Berton aktrisa Elizabet Teylorga 1 million dollarlik olmosli uzuk sovg’a qildi.
  • 1977 — Birinchi sovet keng flyuzajli Il-86 samolyoti sinov parvozini yakunladi.
  • 1991 — Toshkent Agrosanoat birjasi tashkil etildi.
  • 1995 — O’zbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
  • 1998 — Farg’ona viloyatida Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlar bo’lib o’tdi.
  • 2000 — Misrda Kleopatraning dastxati topildi.
  • 2021 — O‘zbekistonda prezident saylovi kuni.

? TAVALLUDLAR:

  • 1546 — Tixo Brage (1601) — daniyalik astronom, munajjim va Uyg’onish davri alkimyogari.
  • 1632 — Levenguk Antoni van (1723) — golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi.
  • 1775 — Bahodir Shoh II (18620 — Hindistondagi Boburiylar sulolasining oxirgi hukmdori.
    1784 — Bove Osip (1834) — rus me’mori, Ampir namoyandasi.
  • 1819 — Nikolay Xanikov (1878) — maxsus topshiriq bilan 1841-42-yillarda Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. 
  • 1862 — Daniel Svarovski (1956) — avstriyalik tadbirkor “Swarovski” billur imperiyasining asoschisi.
  • 1880 — Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1953) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932-53), u tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.
  • 1895 — Aleksandr Frumkin (1976) — sovet fizik-kimyogari, akademik, elektrokimyoviy kinetika asoschisi.
  • 1908 — Aleksey Isayev (1971) — rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi.
  • 1911 — Raykin Arkadiy Isaakovich (1987) — aktyor, estrada artisti, SSSR Xalq artisti (1968).
  • 1914 — Sergey Starodubsev (1967) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964).
  • 1932 — Pyer Jill de Jenn (2007) — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1991).
  • 1941 — Mo’minov Ramizulla — fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (2000).
  • 1960 — Nikolay Petrov (2002) — sovet va rus gitarachisi, «Nautilus Pompilius» rok guruhining a’zosi.
  • 1966 — Roman Abramovich — rus va isroillik tadbirkor, “Chelsea” futbol klubi egasi.
  • 1973 — Vensan Kandela — fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998) va Yevropa chempioni (2000).
  • 1985 — Ueyn Runi — ingliz futbolchisi, sardor va Angliya to’purari.
  • 1987 — Charli Uayt — amerikalik figurali uchish (muz ustida raqs) ustasi, Olimpiya chempioni (2014), ikki karra jahon chempioni.