31 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon shaharlar kuni.
? Xalqaro Qora dengiz kuni.
? Butunjahon jamg’armalar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ekvador — Milliy gerb kuni.
?? Filippin — Filippin skautlari tashkil topganligining yubileyi.
?? Kambodja — Ota qirol tug’ilgan kun.
?? Hindiston — Milliy birlik kuni.
?? Peru — Kreol musiqasi kuni.
?? Burkina-Faso — Shahidlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 475 — Flavius ​​Romul Avgust imperator deb e’lon qilindi. U G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi imperatoriga aylandi.
  • 1517 — Martin Lyuter «95 tezis»ni Vittenbergdagi cherkov eshigiga osib qo’ydi, bu bilan Reformatsiya boshlanishiga turtki berdi.
  • 1812 — Chashniki jangi.
  • 1885 — Amir Muzaffar vafot etdi.
  • 1888 — Shotlandiya ixtirochisi Jon Boyd Danlop velosipedlar uchun pnevmatik shinalarga patent oldi.
  • 1892 — Artur Konan Doyl „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ asarini yozib tugatdi.
  • 1922 — Benito Mussolini askarlari Rimda tantanali marsh o’tkazishdi.
  • 1951 — Londonda birinchi «zebra» ko‘rinishidagi piyod o’tish joyi paydo bo’ldi.
  • 1956 — Suvaysh inqirozi: Buyuk Britaniya va Fransiya Suvaysh kanalini ochish maqsadida Misrni bombardimon qilishni boshladi.
  • 1961 — Iosifa Stalinning jasadi Lenin-Stalin majmuasidan olib chiqildi.
  • 1984 — Hindiston Bosh vaziri Indira Gandi o‘zining sikx tansoqchilari tomonidan o’ldirildi.
  • 1995 — O‘zbekiston Respublikasi Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga qo‘shildi.
  • 1996 — O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tuzildi.
  • 1996 — Braziliyaning San-Paulu shahrida aviahalokat sabab 95 kishi halok bo’ldi.
  • 1998 — O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
  • 2010 — Braziliya davlatida oʻtgan prezident saylovlarida ilk marta ayol kishi — Dilma Russef xonim g’olib chiqdi.
  • 2011 — Yerning aholisi 7 milliarddan oshdi.
  • 2015 — Sinay yarim orolida Metrojet kompaniyasining A321 samolyoti halokatga uchradi.
  • 2018 — Hindistonda sayyoradagi eng baland haykal — Birlik haykali ochildi.

    ? TAVALLUDLAR:
  • 1853 — Bayer Adol’f (1917) — nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1905).
  • 1892 — Aleksandr Alyoxin (1946) — Dunyoga mashhur shaxmatchi, 4-jahon chempioni.
  • 1922 — Anatoliy Papanov (1987) — rus sovet aktyori, SSSR Xalq artisti.
  • 1925 — Jon Popl (2004) — ingliz kimyogari va matematigi, Nobel mukofoti sohibi (1998).
  • 1923 — Rahimova Bekajon (1997) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1991).
  • 1944 — Yulduz Ismatova — Taniqli raqs ustasi.
  • 1946 — Rahimov Habibulla — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2001).
  • 1947 — Herman Van Rompuy — belgiyalik siyosatchi, Yevropa Kengashining birinchi kotibi. Kun_tarixi_TV24 kanalidan olindi.
  • 1948 — Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) — O’zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor
    -1964 — Marko Van Basten — gollandiyalik futbolchi, 1988, 1989 va 1992-yillarda «Oltin to’p» sohibi.
  • 1983 — Aleksandr Grischuk — rus shaxmatchisi, grossmeyster.
    1993 — Baxtiniso Mahmudova (2019) — shoira.
  • 1988 — Lizzi Yarnold — britaniyalik skeletonchi, ikki karra Olimpiya chempioni (2014, 2018).
  • 1997 — Markus Rashford — ingliz futbolchisi va ijtimoiy faol.
  • 2002 — Ansu Fati — ispaniyalik futbolchi.
  • 2005 — Leonor (Asturiya malikasi) — Ispaniya qiroli Filipp VI ning to’ng’ich qizi.