19 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro erkaklar kuni.
?? Butunjahon hojatxonalar kuni.
? Ayollar tadbirkorligi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Hindiston — Milliy integratsiya kuni.
?? Braziliya — Bayroq kuni.
?? Rossiya — Oliy ta’lim xodimlari kuni.
?? Rossiya, ?? Ukraina — Shisha sanoati xodimlari kuni.
?? Belarus, ?? Rossiya — Raketa qo’shinlari va artilleriya kuni.
?? Ukraina — Gidrometeorologiya xizmati xodimlari kuni.
?? Qozogʻiston, ?? Belarus, ?? Ukraina — Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni.
?? Puerto-Riko — Puerto-Riko kashfiyoti kuni.
?? Beliz — Garifuna turar-joy kuni.
?? Monako — Milliy kun.

? VOQEALAR:

  • 636 — Iroqdagi Qodisiya jangida musulmonlar qo‘shini Sosoniylar imperiyasini mag‘lub etdi.
  • 1190 — Tevton ordeni ta’sis etildi.
  • 1493 — Xristofor Kolumb Puerto Riko oroliga yetib bordi.
  • 1819 — Madridda Prado muzeyi ochildi.
  • 1824 — Sankt-Peterburg tarixidagi eng katta toshqin sodir bo’ldi.
  • 1881 — Ukrainaning Odessa viloyatiga meteorit tushdi.
  • 1912 — Birinchi Bolqon urushida Usmonli davlati Makedoniyani qo‘ldan boy berdi.
  • 1919 — AQSh Senati Versal tinchlik shartnomasini ratifikatsiya qilishga qarshi ovoz berdi, natijada AQSh Millatlar Ligasidan chiqishga majbur bo’ldi.
  • 1920 — Nikaragua, Gonduras va Kosta-Rika oʻrtasida shartnoma imzolandi.
  • 1942 — Sovet qo’shinlarining Stalingrad yaqinida qarshi hujumi boshlandi (Stalingrad operatsiyasining boshlanishi).
  • 1946 — BMT Bosh Assambleyasining Diniy va irqiy ta’qiblarga qarshi rezolyutsiyasi.
  • 1946 — Afg‘oniston, Islandiya va Shvetsiya BMTga a’zo bo‘ldi.
  • 1965 — SSSR tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
  • 1969 — amerikalik astronavtlar Pit Konrad va Alan Bin oy sathiga qadam qo‘yishdi.
  • 1969 — Pele o‘zining 1000 — golini urdi.
  • 1977 — Madeyra orolida Portugaliyaga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 131 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1985 — Jenevada AQSH prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyov ilk bor uchrashdi.
  • 1991 — O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
  • 1999 — Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan YXHT yig‘ilishida Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.
  • 2002 — Prestij grek neft tashuvchisi Galitsiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida 76 ming kubometr neft dengizga oqib ketdi.
  • 2009 — Peshovarda (Pokiston) terakt. Sud binosi yaqinidagi portlashda 18 kishi halok bo’ldi, 44 kishi yaralandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1711 — Mixail Lomonosov (1765) — rus olimi, Moskva davlat universitetining asoschisi.
  • 1770 — Ivan Kruzenshtern (1846) — rus dengizchisi, admiral.
  • 1831 — Jeyms Abram Garfild (1881) — AQShning 20-prezidenti (1881-yil 4-martdan 19-sentyabrgacha).
  • 1875 — Mixail Kalinin (1946) — Sovet siyosatchisi, «Butunittifoq oqsoqoli».
  • 1887 — Sumner Jeyms Betcheller (1955) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1946).
  • 1888 — Xose Raul Kapablanka (1942) — kubalik shaxmatchi, diplomat, 3-jahon chempioni (1921-27).
  • 1896 — Georgiy Jukov (1974) — harbiy arbob, sarkarda, Sovet Ittifoqi marshali (1943), toʻrt marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956).
  • 1900 — Aleksandr Novikov (1976) — Sovet harbiy qo’mondoni, havo marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1912 — Jorj Emil Palade (2008) — amerikalik biokimyogar (millati rumin), Nobel mukofoti sohibi (1974).
    -1913 — Krishan Chandar (1977 ) — Hind yozuvchisi va jamoat arbobi. 
  • 1917 — Indira Gandi (1984) — Hindistonning uchinchi bosh vaziri.
  • 1917 — Nuriddin Muhitdinov — o‘zbek davlat va siyosat arbobi.
  • 1937 — Tamara Yunusova — raqqosa, O’zbekiston xalq artisti (1973).
  • 1949 — Muhsinjon Ashurov — Fizik olim.
  • 1954 — Abdulfattoh Sisiy — Misr prezidenti.
  • 1981 — Baxit Sarsekboyev — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
  • 1999 — Yevgeniya Medvedeva — rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (2016, 2017), ikki karra Olimpiya o’yinlarining kumush medal sohibi (2018).
  • 2002 — Zaynab Dayibekova — qilichboz, O’zbekiston terma jamoasi aʼzosi.