21 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR

?? Butunjahon televideniye kuni.
? Butunjahon baliqchilik kuni.
? Butunjahon salomlashish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Kanada — Milliy qizil qo’lqoplar kuni.
?? Indoneziya — Milliy baliq kuni.
?? Ukraina — Qadr va erkinlik kuni.
?? Rossiya — Buxgalter kuni.
?? Polsha — Ijtimoiy ishchilar kuni.
?? Ukraina — Havo hujum kuchlari kuni.
?? Gretsiya — Qurolli kuchlar kuni.
?? Bangladesh — Qurolli Kuchlar kuni.
?? Rossiya — Soliq organlari xodimlari kuni.
?? AQSh — Milliy tadbirkorlar kuni.
?? Venesuela — Talabalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1009 — Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi.
  • 1386 — Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi.
  • 1404 — Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
  • 1620 — Plimut koloniyasiga asos solindi.
  • 1783 — Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
  • 1806 — Napoleon Angliyaga «qit‘a qamali» e’lon qildi.
  • 1875 — Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi.
  • 1877 — Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
  • 1879 — Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
  • 1916 — Egeya dengizida «Britanik» kemasi cho’kib ketgan.
  • 1917 — Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21-noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi.
  • 1918 — Estoniya bayrog‘i qabul qilindi.
  • 1920 — Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi;
  • 1942 — Nemislarning Paulus qo‘modonligidagi 6-armiyasi Stalingrad yaqinida qurshab olindi.
  • 1945 — Gvatemala BMTga aʼzo boʻldi.
  • 1969 — Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
  • 1995 Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topdi.
  • 2002 — Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi.
    -2007 — Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi.
  • 2013 — Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
  • 2014  — Shveytsariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
  • 2017 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
  • 2017 — Zimbabve prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1694 — Volter (Mariya Fransua ARUE) (1778) — fransuz yozuvchisi va faylasufi.
  • 1835 — Genrietta Grin (1916) — amerikalik milliarder moliyachi, o’z davrining eng boy ayoli.
  • 1910 — Izzat Sulton — o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
  • 1929 — Muxtor Musaboyev  — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). 
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1945 — Goldi Xoun  — amerikalik  kinoaktrisa, film produseri va qoʻshiqchi. 
  • 1948 — Asrol Muxtorov  — ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). 
  • 1948 — Mishal Sulaymon — Livanning 16-prezidenti.
  • 1965 — Byork — Islandiyalik qo’shiqchi.
  • 1972 — Devid Tua — Yangi Zelandiyalik og’ir vazn toifasidagi bokschi.
  • 1979 — Vinchenso Yakvinta — italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
  • 1985 — Xesus Navas — ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni (2010).