23 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon akvarel kuni.
? Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
? Fibonachchi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Milliy oila salomatligi tarixi kuni.
?? Sloveniya — Rudolf Maister kuni.
?? Litva — Qurolli Kuchlar kuni.
?? Qozogʻiston — Yo’l harakati politsiyasi kuni.
?? Mikroneziya — Prezident kuni.
?? Yaponiya — Mehnatga minnatdorchilik kuni.
?? Gruziya — Avliyo Jorj kuni.
?? AQSh, ?? Puerto-Riko, ?? Palau, ?? Guam — Shukrona kuni.

? VOQEALAR:

  • 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
  • 1248 — Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
  • 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
  • 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
    -1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
  • 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
  • 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
    -1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
  • 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
  • 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
  • 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
  • 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
  • 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
  • 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan​ Avstraliya nazoratiga o’tdi.
  • 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
  • 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
  • 1981 — Oltinsoy tumani tashkil etilgan.
  • 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
  • 1991 — «Vatanparvar» tashkiloti tuzilgan.
  • 1992 — Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
  • 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
    -1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
  • 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
  • 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasida ilk ayol rahbarga aylandi.
  • 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
    -2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
  • 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 870 — Aleksandr —  Vizantiya imperatori.
  • 912 — Buyuk Otton I (973) — Germaniya qiroli (936 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (962 yildan).
  • 1527 — Li Chji (1602) — xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
  • 1705 — Tomas Birx — ingliz tarixchisi.
  • 1804 — Franklin Pirs (1869) — AQShning 14-prezidenti (1853-1857).
  • 1837 — Yan Diderik Van der Vaals (1923) — golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
  • 1899 — Vladimir Yaxontov (1970) — entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). 
  • 1908 — Nikolay Nosov (1976) — Sovet bolalar nasr yozuvchisi, dramaturg, ssenariy muallifi.
  • 1914 — Krishan Chandar (1977) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
  • 1925 — Xose Napoleon Duarte — Salvador prezidenti.
  • 1933 — Mahmud Salohiddinov (2018) — matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984),
  • 1960 — Bobomurod Fayziyev — sambochi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g’olibi (1982), 3 karra jahon chempioni (1982, 1986,1987). 
  • 1962 — Nikolas Maduro — Venesuela prezidenti.
  • 1975 — Nihat Qahvachi — Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi.
  • 1976 — Junayd Chaqir — turkiyalik futbol hakami.
  • 1992 — Mayli Rey Sayrus — amerikalik aktrisa va musiqachi.