1991-yil 31 -avgust – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilingan va 1-sentabr bundan buyon Mustaqillik bayrami kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
1991-yil 1-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami.
1991-yil 1-sentabr – Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
1991-yil 1-sentabr – “Sovet O’zbekistoni” gazetasi “O’zbekiston ovozi” nomi bilan chop etila boshladi.
1991-yil 6-sentabr – O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki tashkil etildi.
1991-yil 14-sentabr – Toshkentda O’zbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-s’yezdi bo’lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot – O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O’zbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.
1991-yil 20-sentabr – O’zbekiston FAning Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi.
1991-yil 26-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.
1991-yil 26-sentabr – Toshkentda jahon o’zbeklari (turkistonliklar) ning xalqaro anjumani o’tkazildi.
1991-yil 28-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Milliy bog’ida Alisher Navoiy haykalining va uning nomi bilan ataladigan katta bog’ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1991-yil 30-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga imzo chekdi.
1991-yil sentabr – Toshkent shahrid “O’zbek savdo uyi” tashkil topdi.
1991-yil 24-oktabr – Porto shahrida o’tkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida O’zbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. O’zbekistonlik yosh musiqachi Ulug’bek Polvonov ushbu ko’rik sovrindori bo’ldi.
1991-yil 1-noyabr – Toshkentda O’zbekiston xalq demokratik partiyasinign 1-ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi (15-noyabrda ro’yxatga olingan).
1991-yil 18-noyabr – “O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qilingan.
1991-yil 18-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
1991-yil noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati tashkil etildi (1998-yil 4-iyuldan O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya-sport jamiyati deb qayta nomlandi).
1991-yil 25-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Jahon intellectual mulk tashkilotiga a’zo bo’ldi.
1991-yil 29-dekabr – O’zbekistonda mustaqillikka bag’ishlangan umumxalq referendum, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Toshkent shahar hokimi lavozimiga saylov o’tkazildi. O’zbekiston xalqi Respublika Oliy Kengashi e’lon qilgan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qulladi. Birinchi yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilgan to’g’ridan-to’g’ri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov 86,0% ovoz olib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1991-yil dekabr – Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mexanika zavodi “NT-200” elektron boshqaruvli universal tokarlik dastgohlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi.
1991-yil – Toshkent Kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi.
1991-yil – Toshkent Yuridik instituti tashkil etildi.
1991-yil – Sudoche davlat omitologiya buyutma qo’riqxonasi tashkil etildi.
1991-yil – Imom Buxoriyning 4 jildli hadislari to’plami “Sahihi Buxoriy” (“Ishonchli to’plam”) o’zbek tiliga tarjima qilinib, hozirgi “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 1-jildli ilk bor nashr etildi (2-jildi – 1996, 3-jildi – 1994, 4-jildi – 1992-yilda chiqdi; 2-nashri 1997-yilda chop etildi).
1991-yil – “So’g’diyona” o’zbek xalq cholg’ulari kamer orkestri tashkil etildi.
1991-yil – Qur’oni Karim ilk bor o’zbek tilida (Alouddin Mansur tarjimasi) nashr etildi (Abdulaziz Mansur tarjimasi – 2001-yil, ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi-2004-yil).
1991-yil – Sayg’oqlarlarni va ular ko’payadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida Sayg’oqli davlat buyurtma qo’riqconasi tashkil etildi.
1991-yil – Toshkent shahrida “Navro’z” restoran majmui ishga tushdi.
1991-yil – “Yosh gvardiya” teatri Abror Hidoyatov nomidagi o’zbek davlat drama teatri nomi bilan ataldi.
1991-yil – Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qoratov tog’ida Sarmish davlat buyurtma qo’riqxonasi tashkil etildi.
1992-yil 1-yanvar – “Turkiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1992-yil 2-yanvar – O’zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 4-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov qasamyod qildi.
1992-yil 8-yanvar – O’zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirishlar davlat komiteti. O’zbekiston Davlat teleradioeshittishlar kompaniyasiga aylantirildi.
1992-yil 8-yanvar – O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzildi. (“Prokuratura to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri asosida (2001-yil 29-avgust) O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga aylantirildi).
1992-yil 13-yanvar – Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi.
1992-yil 14-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekistonning o’z Qurolli kuchlari tashkil etildi. Harbiy qo’shilmalar, birlashmalar, harbiy o’quv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar, Respublika hududida joylashgan boshqa harbiy qismlar O’zbekiston Respublikasi nazoratiga olindi. 1994-yildan shu sana Vatan himoyachilari kuni sifatida bayram qilinadi (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-dekabr qaroriga ko’ra).
1992-yil 16-yanvar – “Narxlarni liberallashtirish choralari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.
1992-yil 21-yanvar – Toshkentda O’zbekiston Milliy olimpiada qo’mitasi tashkil topdi.
1992-yil 26-yanvar – Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi.
1992-yil 26-yanvar – O’zbekiston Yaponiya bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 27-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “O’zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini tiklash to’g’risida” qaror qabul qildi.
1992-yil 28-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko’ra “O’zbekiston havo yo’llari – O’zbekiston Milliy aviakompaniya” tashkil etildi.
1992-yil 30-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil qilindi.
1992-yil 30-yanvar – O’zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT)ga qabul qilindi.
1992-yil 6-fevral – O’zbekiston Respublikasi don mahsuloti davlat konserni (“O’zdonmahsulot”) tashkil etildi.
1992-yil 6-fevral – O’zbekiston yetakchi information agentlik O’zbekiston Milliy axborot agentligi (O’zA)ga aylantirildi.
1992-yil 10-fevral – O’zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi (Davlat mulki qo’mitasi) tashkil etildi. (2005-yil 4-maydan O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasi deb ataldi).
1992-yil 12-fevral – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy qo’mitasining ta’sis konferensiyasi bo’lib o’tdi.
1992-yil 14-fevral – O’zbekiston Qurolli kuchlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo’shinlari tuzildi.
1992-yil 19-fevral – O’zbekiston AQSh bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 21-fevral – O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi.
1992-yil 28-fevral – Andijon viloyatining Kuyganyor shaharchasida Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xo’jaligi instituti tashkil etildi.
1992-yil fevral – “Zarafshon-Nyumont” O’zbekiston-AQSh qo’shma korxonasini tashkil qilish to’g’risida shartnoma imzolandi.
1992-yil 2-mart – O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlart Tashkiloti (BMT)ga qabul qilindi.
1992-yil 6-mart – O’zbekiston GFR bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 15-mart – Viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi.
1992-yil 16-mart – Toshkentda AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ochildi.
1992-yil 18-mart – O’zbekiston Hindiston bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 20-mart – O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
1992-yil 22-mart – O’zbekiston Xalqaro Olimpiada qo’mitasiga a’zo bo’ldi.
1992-yil 24-mart – O’zbekiston Respublikasi Chegara qo’shinlari tuzildi.
1992-yil 27-mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Ro’za hayiti va Qurbon hayiti kunlarini dam olish kuni deb e’lon qilish to’g’risidagi Farmoni e’lon qilindi.
1992-yil 31-mart – O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tuzildi.
1992-yil mart – O’zbekiston Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga a’zo bo’ldi.
1992-yil 27-aprel – O’zbekiston Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo’ldi.
1992-yil 28-aprel – Toshkentda Turkiya Respublikasi elchixonasi ochildi.
1992-yil 30-aprel – O’zbekiston Respublikas Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo’ldi.
1992-yil aprel – Smarqandda “Interosiyo-92” Xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda qariyb 30 davlat vakillarining qo’shma hamda xususiy korxona va firmalari o’z mahsulotlarini namoyish etdilar.
1992-yil 5-may – Toshkentda O’zbekiston birinchi pochta markasining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
1992-yil 15-may – Toshkent chet tillar pedagogika instituti va Respublikas rus tili va adabiyot instituti negizida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil etildi.
1992-yil 23-may – Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi bo’ldi.
1992-yil 23-may – “Navro’z” hayriya jamg’armasi tashkil etildi.
1992-yil may – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adliya” nashriyoti tashkil etildi.
1992-yil 9-10-iyun – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi mineral resurslarini o’zlashtirish masalalari bo’yicha Xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
1992-yil 22-iyun – “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
1992-yil 28-iyun – Toshkentda Pokiston Islom Respublikasi elchixonasi ochildi.
1992-yil 2-3-iyul – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi to’g’risida”, “Bayram kunlari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
1992-yil 3-iyul – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
1992-yil 13-iyul – O’zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ga qabul qilindi.
1992-yil 5-avgust – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat istiqbolini belgilash va statistika qo’mitasi (O’zistiqbolstat) tashkil etildi (1997-yildan qo’mita Makroiqtisodiyot vazirligiga aylantirildi).
1992-yil 7-avgust – Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida IL-114 samolyotining birinchi sinov parvozi bo’ldi.
1992-yil 10-avgust – O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tashkil etildi.
1992-yil 19-avgust – Toshkentda “Savdogar” haftalik gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1992-yil avgust – Shahrisabzda Amir Temur xotirasiga bag’ishlangan o’zbek milliy kurashi bo’yicha birinchi xalqaro musobaqalar bo’lib o’tdi.
1992-yil 1-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’ldi.
1992-yil 4-sentabr – O’zbekiston xalqaro Geologiya ittifoqiga qabul qilindi.
1992-yil 23-sentabr – Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti tashkil etildi.
1992-yil 8-15-oktabr – Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining 9-Xalqaro kinofestivali bo’lib o’tdi.
1992-yil 15-oktabr – Toshkentda Xitoy elchixonasi ochildi.
1992-yil oktabr – O’zbekiston Respublikasi parlamentlararo ittifoqining a’zosi bo’ldi.
1992-yil oktabr – Toshkentda kosmik aloqa xalqaro telefon stansiyasi ishga tushdi, u “Intelsat” aloqa yo’ldoshi orqali Yer yuzining istalgan unqtasi bilan bog’lanish imkonini beradi.
1992-yil 5-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Selxozmash” konserni va “DEUkorpoyeshn” korporatsiyasi bilan hamkorlikda avomobillar ishlab chiqaruvchi “O’zDEUavto” qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qildi.
1992-yil 16-noyabr – Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida O’zbekistonda BMT vakolatxonasini ochish to’g’risida Bitim imzolandi (1993-yil 24-avgustda rasman ochildi).
1992-yil noyabr – O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar tashkilotiga qabul qilindi.
1992-yil noyabr – Buxoroda temirchilik mahorati muzeyi ochildi.
1992-yil 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi (2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendum natijalariga ko’ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24-apreldagi O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritildi).
1992-yil – Qomuslar Bosh tahririyati tomonidan “Toshkent” ensiklopediyasi (o’zbek tilida) nashr etildi.
1992-yil – Xalq banki tashkil topdi (1995-yil 28-aprelda hukumatining maxsus qarori bilan O’zbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki deb nomlandi).
1993-yil 8-yanvar – O’zbekiston avtomobil transporti (“O’zavtotrans”) Davla aksionerlik korporatsiyasi tashkil etildi.
1993-yil 5-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1993-yil 10-fevral – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
1993-yil 11-fevral – Kitob balandtog’ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
1993-yil 4-aprel – Jizzax viloyatida O’zbekistonda birinchi yirik temir rudasi koni ochildi.
1993-yil 9-aprel – Nukusda Qoraqalpog’iston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
1993-yil 20-aprel – Toshkentda 30 mamlakaning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani bo’lib o’tdi.
1993-yil 23-aprel – “1994-yilda buyuk olim Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning 600 yillik yubileyini o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1993-yil 28-aprel – “O’zdehqonsanoatbank” negizida “Tadbirkorbank” yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.
1993-yil 30-aprel – Toshkentda Germaniya elchixonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1993-yil aprel – Farg’ona shahrida O’zbekiston talabalarining birinchi festifali bo’lib o’tdi. Unda 54 oliy o’quv yurti vakillari ishtirok etdi.
1993-yil 6-may – “Sug’urta to’g’risida”, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” qonunlari qabul qilindi.
1993-yil 7-may – I va II darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
1993-yil 13-14-may – Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuida birinchi Xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
1993-yil 18-may – “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy kompaniyasi navbatdagi Toshkent-Bangkok yangi xalqaro mashrutini ochdi.
1993-yil 27-may – Toshkentda birinchi professional jaz orkestrining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil may – Toshkentda O’zbekistonda birinchi sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi “Tedogan” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi, Nukusda Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan “Kateks” to’qimachilik kompleksi ishga tushdi.
1993-yil may – Toshkentda Orol va Orolbo’yi muammolari bo’yicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
1993-yil 11-iyun – G’arbiy Tyanshan tizmalaridagi tabiatning noyob burchasi – Chatqol davlat biosfera qo’riqxonasi YuNESKO muhofazasiga olindi.
1993-yil 25-iyun – Samarqand-Karochi mashruti bo’yicha birinchi xalqao yo’lovchi aviareysi amalga oshirildi.
1993-yil 27-iyun – “Taraqqiy gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
1993-yil iyun – Samarqandda O’zbekiston FAning filiali ochildi.
1993-yil 1-iyul – O’zbekiston Respublikasi “Kompas” jahon iqtisodiy axborot tizimiga qo’shilganligi haqida xabar e’lon qilindi.
1993-yil iyul – Toshkentda O’zbekiston Geologiya milliy qo’mitasi tashkil etildi.
1993-yil 30-iyul – O’zbekiston Respublikasi Prezideni “To’rtko’l shahrining 120 yilligini nishonlash to’g’risida” Farmon chiqardi.
1993-yil 13-avgust – “Abdulla Qodiriy” jamg’armasi tuzildi.
1993-yil 17-avgust – O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamg’armasi tuzildi.
1993-yil 31-avgust – Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.
1993-yil avgust – Uch yuz kilometrli Damxo’ja-Navoiy-Buxoro suv yo’li qurib bitkazildi.
1993-yil avgust – Toshkentda “Ta’lim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish” Shiori ostida YuNESKOning Xalqaro seminari bo’lib o’tdi.
1993-yil 1-sentabr – Toshkentda Ulug’bek haykali ochidi.
1993-yil 2-3-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” qonun qabul qilindi (1995-yil may oyidagi Oliy Majlisining 2-sessiyasida mazkur qonunga o’zgartirishlar kiritildi).
1993-yil 4-sentabr – Toshkentda “Turkiston” saroyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil 3-5-sentabr – Toshkentda Osiyo va Tinch okean mintaqasi mamlakatlarining taekvondo bo’yicha birinchi chempionati bo’lib o’tdi. O’zbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish bo’yicha musobaqalarda birinchi o’rinni egalladi.
1993-yil 9-sentabr – Alisher Navoiy jamg’armasi ro’yxatdan o’tdi.
1993-yil 10-sentabr – Toshkentda “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochildi.
1993-yil 16-sentabr – Buxoroda buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.
1993-yil 20-sentabr – “Ekosan” xalqaro O’zbekiston ekologiya va salomatlik jamg’armasi ro’yxatdan o’tdi.
1993-yil 26-28-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq so’zladi.
1993-yil sentabr – Toshkentda O’zbekiston tarixida birinchi bor Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
1993-yil sentabr – O’zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) a’zoligiga qabul qilindi.
1993-yil sentabr – O’zbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qo’mitasi Xalqaro olimpiada qo’mitasi tomonidan tan olindi (1995-yil apreldan teng huquqli a’zosi).
1993-yil 26-oktabr – YuNESKOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YuNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil oktabr – O’zbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining to’la huquqli a’zosi bo’ldi.
1993-yil 4-noyabr – Toshkentda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag’ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1993-yil 22-noyabr – “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrog’i to’g’risida”gi Farmon imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrog’ining yagona namunasi belgilandi.
1993-yil 23-noyabr – Toshkentda Respublika O’qituvchilar uyi qoshida O’zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
1993-yil 23-noyabr – Qoraqalpog’istonning birinchi poytaxti – To’rtko’lda shaharning 120 yilligiga bag’ishlangan tantanalar bo’lib o’tdi.
1993-yil 4-dekabr – Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
1993-yil 18-dekabr – Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga Haykal o’rnatildi.
1993-yil 18-dekabr – Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida bo’lib o’tgan konferensiyasida O’zbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
1993-yil 23-dekabr – Bobur nomidagi xalqaro jamg’arma ro’yxadan o’tdi.
1993-yil – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sporti klubi tashkil etildi.
1993-yil 28-dekabr – “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
1993-yil – O’zbekistonda Mehnat birjasi yuzaga kela boshladi.
1993-yil – Farg’ona viloyat davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etildi.
1993-yil – “Farmindustriya” konserni tashkil etildi.
1993-yil – O’zbekiston jahon turistik tashkiloti (WTO) ga a’zo bo’ldi.
1994-yil 4-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 9-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
1994-yil 6-yanvar – “Toshkent-Jizzax” elektr poyezdi qatnovi yo’lga qo’yildi.
1994-yil 25-yanvar – Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yig’ilishi ish boshladi.
1994-yil 4-fevral – O’zbekiston Avtomobil muammosiga bag’ishlangan xalqaro Anjuman bo’lib o’tdi.
1994-yil 25-fevral – Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo’yicha Olimpiada chempioni bo’ldi.
1994-yil 15-mart – Qashqadaryo viloyat davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etildi.
1994-yil 19-mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1994-yil – “Mirzo Ulug’bek yili” deb e’lon qilindi.
1994-yil mart – Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
1994-yil 8-aprel – “Toshkent” Respublika fon birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan “Yevrosiyo” fondi birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga a’zo).
1994-yil 8-aprel – O’zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
1994-yil 13-aprel – “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi tashkil etildi.
1994-yil 23-aprel – Respublika “Ma’naviya va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi.
1994-yil aprel – O’zbekiston Respublikasi Jahon pochta ittifoqiga a’zo bo’ldi.
1994-yil aprel – Uzunligi 94 km bo’lgan Gazli – Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
1994-yil 5-may – O’zbekistonning oliy darajadagi unvoni – “O’zbekiston Qahramoni” ta’sis etildi. “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon – “Oltin Yulduz” medali va unvoni berilganligi to’g’risidagi hujjat topshiriladi.
1994-yil 5-may – “Mustaqillik”, “Do’stlik” ordenlari, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etildi.
1994-yil 12-may – “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
1994-yil 24-may – Toshkentda Qozog’iston Respublikasi elchixonasi ochildi.
1994-yil 30-may – Toshkentda birinchi marta “Prezident kubogi” uchun xalqaro tennis musobaqasi bo’lib o’tdi.
1994-yil may – “Andijonirmash” zavodi negizida tashkil etilgan “O’zEKS” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi dastlabki besh ekskovatorni tayyorladi.
1994-yil may – Nukusda O’zbekiston FAning Qoraqalpog’iston bo’limi tarkibida Bioekologiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi.
1994-yil 8-iyun – O’zbekistonda birinchi “Vatan” milliy depozitariysi-ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
1994-yil 21-iyun – “Trasbank” aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
1994-yil 1-iyul – O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-so’m muomalaga kiritildi.
1994-yil 18-iyul – Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti bo’lib o’tdi.
1994-yil 2-avgust – Toshkentda “Yunusobod” sport majmua ochildi (1-navbati-1994-yil, 2-si 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir “O’zbekiston” sport majmui nomi bilan ataladi.
1994-yil avgust – Qo’ng’irot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi.
1994-yil avgust – Toshkentda “Tafakkur” jurnalining birinchi soni nashrdan chiqdi.
1994-yil – “G’allabank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
1994-yil 2-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
1994-yil 8-sentabr – Qatar davlatining poytaxti Dohada bo’lib o’tgan o’smirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qo’lga kiritdi.
1994-yil 22-23-sentabr – Toshkentda 12-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 16-sessiyasida “Yer osti boyliklari to’g’risida” qonun qabul qilindi.
1994-yil 22-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
1994-yil 22-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
1994-yil 24-25-sentabr – Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
1994-yil sentabr – Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
1994-yil sentabr – Jizzax shahrida “O’zbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi (2001-yildan viloyat hokimligi tasarrufida).
1994-yil 3-oktabr – Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo’li” Xalqaro konferensiyasi ochildi. Shu yerda “Ipak yo’li bo’ylab sayyohlik bo’yicha Samarqand Deklaratsiyasi” qabul qilindi.
1994-yil 12-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat banki galereyasini tashkil qilish to’g’risida”gi qarori binoan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
1994-yil 13-15-oktabr – Toshkent va Samarqand Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo’lib o’tdi. Toshkentda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlangan “Mirzo Ulug’bek va uning jahon taraqqiyotiga qo’shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi.
1994-yil 14-oktabr – Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assamleyasining 63-sessiyasida O’zbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
1994-yil 16-oktabr – Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo o’yinlari chempioni bo’ldi.
1994-yil 7-oktabr – O’zbekiston temir yo’llari davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
1994-yil 8-noyabr – Samarqand davlat chet tillari instituti tashkil etildi.
1994-yil noyabr – Ellikqal’ada “Elteks” to’qimachilik kombinati ishga tushirildi.
1994-yil 6-dekabr – Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan tantanali kecha bo’lib o’tdi.
1994-yil 19-dekabr – Toshkentda YuNISEF bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida O’zbekistonning Xalqaro bolalar jamg’armasi (YuNISEF)ga a’zo bo’lib kirishini nazarda tutadigan Bitim imzolandi.
1994-yil 20-dekabr – Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
1994-yil 23-dekabr – Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
1994-yil 25-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi bo’lib o’tdi.
1994-yil 29-dekabr – O’zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
1994-yil dekabr – “Nukus-Moskva” yo’nalishi bo’yicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
1994-yil – Buyk Britaniya bilan hamkorlikda tamaki-maxorka ishlab chiqaradigan “O’zBAT” qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1994-yil – Samarqand shahrida 4 yulduzli “Afrosiyob” mehmonxonasi qurib bitkazildi.
1994-yil – “Yog’du” kinostudiyasi tashkil etildi.
1995-yil yanvar – Toshkentda xalqaro Qizil xoch qo’mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
1995-yil 8-22-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 2-,3-turi bo’lib o’tdi.
1995-yil 16-yanvar – Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamg’arma ro’yxatdan o’tkazildi.
1995-yil 18-fevral – Toshkentda “Adolat” O’zbekiston sotsial-demokratik partiyasining birinchi ta’sis s’yezdi bo’lib o’tdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
1995-yil 22-fevral – O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
1995-yil 28-fevral – O’zbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki – “O’zprivatbank” o’z faoliyatini boshladi.
1995-yil 26-mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga bag’ishlangan referendum bo’lib o’tdi.
1995-yil mart – “Tashqishloqmash” zavodi xashak yig’uvchi kombaynlar seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlandi.
1995-yil mart – Toshkentda “Atrof-muhitni saqlab qolish-Markaziy Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi” mavzuida Xalqaro konferensiya bo’ldi.
1995-yil 19-aprel – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi tashkil etildi.
1995-yil aprel – Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar bo’yicha O’zbekiston xalqaro banki (“O’zxususiybank”) ochildi.
1995-yil 19-may – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Islomni tadqiq qilish bo’yicha Xalqaro markaz tashkil etish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1995-yil 31-may – Toshkentda aviatsiya instituti tashkil etildi.
1995-yil 25-may – Muruntovda O’zbekiston-AQSh hamkorligida oltin qazib olish bo’yicha “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi.
1995-yil 3-iyun – O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
1995-yil 5-iyun – Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.
1995-yil 10-iyun – “Milliy tiklanish” gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1995-yil 14-20-iyun – Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi bo’lib o’tdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksionerlik, xususiy va qo’shma korxonalar ishtirok etdi.
1995-yil iyun – “Xalq birligi” harakati faoliyat boshladi.
1995-yil 7-iyul – “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni qoshida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.
1995-yil 26-iyul – O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash fondi-“Biznes-fond” nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.
1995-yil 27-iyul – Ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat banki – “Paxtabank” tashkil etildi.
1995-yil 28-iyul – O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1995-yil iyul – Bog’ot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda tibbiyot momig’i ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirildi.
1995-yil iyul – Marg’ilondagi “Ipakchilik” aksionerlik jamiyatida pilla chiqindilaridan qimmatbaho ip ishlab chiqaradigan “Spinning-Silk” O’zbekiston-Italiya qo’shma korxonasi ish boshladi.
1995-yil 17-avgust – Qo’qonda spirt zavodi ishga tushirildi.
1995-yil 24-avgust – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari to’g’risida”gi qarori chiqdi.
1995-yil 26-avgust – Toshkentda O’zbekiston hukumati bilan YuNESKO o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida Memorandum imzolandi.
1995-yil 30-avgust – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
1995-yil 30-avgust – “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari ta’sis etildi.
1995-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo’ldi.
1995-yil avgust – O’zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.
1995-yil 2-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi (Akademiyani tashkil etish haqidagi qaror 1994-yil 15-avgustda qabul qilingan).
1995-yil 2-sentabr – Toshkentda 1-Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1995-yil 7-sentabr – O’zbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta Respublika Davlat sport qo’mitasi alpinistlari guruh ikkita baland cho’qqi – Xontangri (6995 m) va G’alaba (7439 m) cho’qqilarni zabt etishdi.
1995-yil 14-sentabr – Toshkentda Davlat universitetiga Mirzo Ulug’bek nomi berildi.
1995-yil 15-16-sentabr – Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo’yicha Xalqaro seminar-kengash bo’lib o’tdi. Unda BMT, EXHK, Islom konferensiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi mamlakatlar, MDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar delegatsiyalari, Markaziy Osiyo davlatlari va ularga qo’shni bo’lgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.
1995-yil 18-sentabr – Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.
1995-yil 21-sentabr – Qoraqalpog’istondagi Urg’in gaz koni foydalanishga topshirildi.
1995-yil 23-sentabr – Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan O’zbekiston-Italiya “Farital” qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1995-yil 10-oktabr – Toshkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi.
1995-yil 20-oktabr – “O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmon chiqdi.
1995-yil 24-oktabr – O’zbekiston tijorat banklar uyushmasi tashkil etildi.
1995-yil 24-25-oktabr – Toshkentda BMTning O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O’zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o’tkazildi.
1995-yil 7-noyabr – “Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat aksionerlik tijorat banki tashkil etildi.
1995-yil 8-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Jahon” axborot agentligi tuzildi.
1995-yil noyabr – Toshkentda O’zbekiston Fada Xorazmda tug’ilib o’sgan tilshunos, adib va hadis olimi Abulqosim Zamaxshariyning 920 yilligiga bag’ishlangan ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1995-yil 1-dekabr – Toshkentdagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
1995-yil 5-dekabr – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston-Vatanim manim” qo’shiqlar ko’rik tanlovini o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1995-yil 12-dekabr – O’zbekiston Respublikasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” qonuni e’lon qilindi.
1995-yil 21-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq quyidagi kunlar bayram kunlari deb belgilandi:
1-yanvar-Yangi yil;
8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart-Navro’z bayrami;
9-may-Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr-Mustaqillik kuni;
8-dekabr-Konstitutsiya kuni;
Ro’za hayiti;
Qurbon hayiti;
1-oktabr-O’qituvchilar va murabbiylar kuni.
1995-yil 21-22-dekabr – Toshkentda 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”, “Davlat mukofotlari to’g’risida”gi qonunlari qabul qilindi.
1995-yil – Ulug’ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi.
1995-yil – Amir Temur xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi.
1995-yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941-1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida”gi Farmoni asosida (1994 yil 16-martdagi) O’zbekiston nashriyotlari 33 jildli “Xotira” kitobi (keyinchalik unga qo’shimcha tarzda 2 jild chiqdi) va O’zbekiston xalqining urush yillaridagi, urush ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild (Ruscha, o’zbekcha) nashr etildi.
1996-yil 3-yanvar – “Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida” va “Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida” qarorlar qabul qilindi.
1996-yil 9-yanvar – O’zbekistonda ma’lumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmog’i “O’zpak” foydalanishga topshirildi.
1996-yil 11-yanvar – “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va tamoyillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1996-yil yanvar – Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo’ldi.
1996-yil yanvar – Navoiy elektkimyo zavodi natriy sulfidning dastlabki turkumini ishlab chiqardi.
1996-yil yanvar – Respublika Prezidenti devonida Axborot markazi tashkil etildi.
1996-yil yanvar – Toshkentda O’zbekiston bokschilarining birinchi Respublika spartakiadasi bo’lib o’tdi.
1996-yil yanvar – “Inson va qonun” – O’zbekiston Respublikasining huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi).
1996-yil yanvar – O’zbekiston Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” jamg’armasining “Mahalla” ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi.
1996-yil 6-fevral – Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qo’mitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi.
1996-yil 4-mart – O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
1996-yil 15-mart – Parijda “Amir Temur va temuriylar to’g’risida ilmiy asarlar bibliografiyasi” kitobi chop etildi.
1996-yil 25-mart- Andijonda viloyatining Asaka shahrida “Damas” mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
1996-yil mart – “Andijonirmash” irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun o’rindiqlar ishlab chiqaradigan “O’zTong Xong kompani” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996-yil 3-aprel – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksionerlik uy-joy jamg’armasi banki-“O’zuyjoyjamg’armabank” ro’yxatga olindi.
1996-yil 5-aprel – Toshkentda respublikada birinchi “O’zinvestloyiha” injiniring kompaniyasi faoliyat ko’rsata boshladi.
1996-yil 5-aprel – “O’zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1996-yil 16-aprel – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
1996-yil 16-aprel – Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor O’zbekiston vakili-toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni bo’ldi.
1996-yil 17-aprel – “Kamolot” jamg’armasi ta’sis etildi.
1996-yil 20-26-aprel – YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida Fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy konferensiya va ko’rgazma bo’lib o’tdi.
1996-yil 23-aprel – Toshkentda EXHTning “Markaziy Osiyo: EXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar” mavzuidagi simpoziumi bo’lib o’tdi.
1996-yil 25-26-aprel – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi to’g’risida”gi qonunlari qabul qilindi.
1996-yil 26-aprel – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
1996-yil 26-aprel – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari ta’sis etildi.
1996-yil 26-aprel – O’zbekiston “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” tashkil etildi.
1996-yil 29-aprel – “O’zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi.
1996-yil aprel – Buxoroda suv sifatini boshqarish bo’yicha xalqaro kengash bo’lib o’tdi.
1996-yil aprel – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Qonun himoyasida” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1996-yil 2-may – O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.
1996-yil 13-may – “Tajan-Saraxs” Transosiyo temir yo’l magistrali ochildi.
1996-yil 15-may – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan O’zbekiston Respublikas Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi nomi bilan ataladi).
1996-yil 22-may – Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi-IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.
1996-yil may – Andijonda Asaka “O’zDEUavto” avtozavodi mashinalariga ichki jilo berish uchun komplekt ishlab chiqarish bo’yicha “O’zDong-Yang” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996-yil may – Samarqandda “Sunam” o’zbek-turk qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1996-yil may – “Shahrixon-Xonobod” yo’nalishi bo’yicha poyezdlar qatnay boshladi.
1996-yil may – Toshkentda O’zbekiston gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi.
1996-yil 25-iyun – “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma korxonasida “Tiko” va “Neksiya” avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.
1996-yil iyun – Angren “Sanoatkartonsavdo” aksionerlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.
1996-yil 19-iyul – Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Asakadagi zavodda “Damas”, “Tiko”, “Neksiya”, keyinchalik “Matis”, “Lasetti” rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
1996-yil 15-21-iyun – O’zbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi o’tkazildi.
1996-yil 15-iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg’armasi tuzildi.
1996-yil 19-iyul-4-avgust – AQSHning Atlanta shahrida bo’lib o’tgan 24 yozgi Olimpiada o’yinlarida hamyurtimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
1996-yil 14-avgust – Nukusda marmar ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona ishga tushirildi.
1996-yil 27-avgust – Yangiyo’l shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi.
1996-yil 28-avgust – Samarqand va Shahrisabz shaharlarini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash to’g’risida Farmon chiqdi.
1996-yil 28-avgust – “Miskin-To’rtko’l” temir yo’li qurilish tugallandi.
1996-yil 29-avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etildi.
1996-yil 29-avgust – O’zbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
1996-yil 29-30-avgust – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida “Noshirlik faoliyati to’g’risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
1996-yil 30-avgust – Oliy Majlis tomonidan “Noshirlik faoliyati to’g’risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida” Qonunlar qabul qilindi.
1996-yil 30-avgust – O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi tuzildi.
1996-yil 1-sentabr – Toshkentda shahrida xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qo’mitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.
1996-yil 4-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi qomusini nashr etish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1996-yil 9-sentabr – O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashining “Ma’naviyat” nashriyoti tashkil etildi.
1996-yil 20-sentabr – Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arzeologlari topilmalari ko’rgazmasi ochildi.
1996-yil 27-sentabr – O’zbekiston Bolalar jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1996-yil sentabr – Buxoroda Hindistonning “Larsen TurboLTD” firmasi qurgan 430 o’ringa mo’ljallangan to’rt yulduzli mehmonxona ochildi.
1996-yil sentabr – “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.
1996-yil sentabr – Asaka shahrida “Federechi-Asaka-Makaroni” O’zbekiston-Italiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1996-yil sentabr – Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab o’tgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga Haykal o’rnatildi.
1996-yil 2-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo’ldi.
1996-yil 18-oktabr – Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.
1996-yil 18-oktabr – Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga “Amir Temur” ordeni topshirildi.
1996-yil 18-oktabr – Toshkenda “Birja va ulgurji savdo” yangi haftalik gazetasi taqdimoti bo’lib o’tdi.
1996-yil 21-oktabr – Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Turkiya hamda O’zbekiston rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi va unda Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
1996-yil 24-oktabr – Shirin ichimliklar va ma’danli suv ishlab chiqaruvchi “Samarqand-Praga” qo’shma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.
1996-yil 24-oktabr – Toshkent shahrida “Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
1996-yil 31-oktabr – Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil qilindi.
1996-yil 31-oktabr – Toshkentda “Yozuvchi” gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1996-yil 31-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha milliy markazi tuzildi.
1996-yil oktabr – Toshkentda besh yulduzli “Interkontinental” mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.
1996-yil oktabr – O’zbekiston-Italiya “Sovplastital” qo’shma korxonasi Parijda “Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti”ga sazovor bo’ldi. Bu qo’shma korxona sazovor bo’lgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.
1996-yil oktabr – Toshkentda “Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish bo’yicha “Vestnik Arala” (“Orol axborotnomasi”) ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.
1996-yil 28-noyabr – Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.
1996-yil 30-noyabr – Toshkent viloyatining To’ytepa shahrida “Kobul-To’ytepa tekstil” o’zbek-koreys qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1996-yil noyabr – Toshkentda “Tenoinvest” O’zbekiston-Shveysariya qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996-yil 3-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoring instituti tashkil etildi.
1996-yil 8-dekabr – Gulistonda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi chiqargan “Neksiya” avtomobillarini sotish bo’yicha O’zbekistonda birinchi kimoshdi savdosi bo’lib o’tdi.
1996-yil – “O’zbekistonning yangi tarixi” markazi tashkil etildi.
1996-yil 13-dekabr – “O’zbekistonning yangi tarixi”ni nashrga tayyorlash va nashr etish to’g’risida” qaror qabul qilindi. Bu kitoblar 2000-yilda nashr etildi.
1996-yil 20-dekabr – O’zbekiston Fada Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish va ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1996-yil 26-27-dekabr – Toshkentda 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Notariat to’g’risida”, “Davlat uy-joy siyosatinign asoslari to’g’risidagi”, “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
1996-yil 29-dekabr – Toshkent shahrini yangi gerbi tasdiqlandi.
1996-yil dekabr – O’zbekiston Faxriylar kengashi “Nuroniy” jamg’armasiga aylantirildi.
1996-yil dekabr – Nukusda Qoraqalpog’istonda birinchi biznes markazi ochildi.
1996-yil dekabr – Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.
1996-yil dekabr – Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yo’nalishdagi “Hurriyat” gazetasi chiqa boshladi.
1996-yil dekabr – Toshkent Davlat Yuridik instituti qoshida inson huquqlari va gumanitar huquqni o’rganish markazi ochildi.
1996-yil – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1996-yil – “BUZTEL GSM” (Bakri O’zbekiston telekom) kompaniyasi ta’sis etildi.
1997-yil – “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi.
1997-yil 3-yanvar – 1-oktabr “O’qituvchilar va murabbiylar bayrami” kuni deb belgilandi.
1997-yil 4-yanvar – “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fuqaro aviatsiya xodimi” faxriy unvoni ta’sis etildi.
1997-yil 7-yanvar – Iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishini qo’llab-quvvatlash “Umid” jamg’armasi tashkil etildi.
1997-yil 10-yanvar – Toshkent shahrida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi.
1997-yil 17-yanvar – “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi” xalqaro jamoat harakatini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi.
1997-yil 23-yanvar – “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmon e’lon qilindi. Ushbu Farmona ko’ra xalq hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
1997-yil 10-fevral – Hamshiralar va tibbiyot xodimlari uchun mo’ljallangan “Hamshira” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1997-yil 21-fevral – “Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning 100 yilligini nishonlash to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1992-yil – Xalq banki tashkil topdi (1995-yil 28-aprelda hukumatining maxsus qarori bilan O’zbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki deb nomlandi).
1993-yil 8-yanvar – O’zbekiston avtomobil transporti (“O’zavtortans”) Davlat aksionerlik korporatsiyasi tashkil etildi.
1993-yil 5-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1993-yil 10-fevral – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
1993-yil 11-fevral – Kitob balandtog’ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
1993-yil 4-aprel – Jizzax viloyatida O’zbekistonda birinchi yirik temir rudasi koni ochildi.
1993-yil 9-aprel – Nukusda Qoraqalpog’iston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
1993-yil 20-aprel – Toshkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani bo’lib o’tdi.
1993-yil 23-aprel – “1994-yilda olim Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning 600 yillik yubileyini o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1993-yil 28-aprel – “O’zdehqonsanoatbank” negizida “Tadbirkorbank” yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.
1993-yil 30-aprel – Toshkentda Germaniya elchixonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1993-yil aprel – Farg’ona shahrida O’zbekiston talabalarining birinchi festivali bo’lib o’tdi. Unda 54 oliy o’quv yurti vakillari ishtirok etdi.
1993-yil aprel – “YevroO’z” O’zbekiston-Germaniya qo’shma mebel korxonasi tashkil etildi.
1993-yil 6-may – “Sug’urta to’g’risida”, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” qonunlari qabul qilindi.
1993-yil 7-may – I va II darajali “Sog’lom avlod uchun ordeni” ta’sis etildi.
1993-yil 13-14-may – Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuida birinchi Xalqaro simozium bo’lib o’tdi.
1993-yil 18-may – “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy komppaniyasi navbatdagi Toshkent-Bangkok yangi xalqaro mashrutini ochdi.
1993-yil 27-may – Toshkentda birinchi professional jaz orkestrining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil may – Toshkentda O’zbekistonda birinchi sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi “Tedogan” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi, Nukusda Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan “Kateks” to’qimachilik kompleksi ishga tushdi.
1993-yil may – Toshkentda Orol va Orolbo’yi muammolari bo’yicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
1993-yil 11-iyun – G’arbiy Tyanshan tizmalaridagi tabiatning noyob burchasi – Chatqol davlat tabiiy biosfera qo’riqxonasi YuNESKO muhofazasiga olindi.
1993-yil 25-iyun – Samarqnad-Karochi marshruti bo’yicha birinchi xalqaro yo’lovchi aviareysi amalga oshirildi.
1993-yil 27-iyun – “Taraqqiy” gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
1993-yil iyun – Samarqandda O’zbekiston FAning filiali ochildi.
1993-yil 1-iyul – O’zbekiston Respublikasi “Kompas” jahon iqtisodiy axborot tizimiga qo’shilganligi haqida xabar e’lon qilindi.
1993-yil iyul – Toshkentda O’zbekiston Geologiya milliy qo’mitasi tashkil etildi.
1993-yil 30-iyul – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “To’rtko’l shahrining 120 yilligini nishonlash to’g’risida” Farmon chiqardi.
1993-yil 13-avgust – “Abdulla Qodiriy” jamg’armasi tuzildi.
1993-yil 17-avgust – O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamg’armasi tuzildi.
1993-yil 31-avgust – Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.
1993-yil avgust – Uch yuz kilometrli Damxo’ja-Navoiy-Buxoro suv yo’li qurib bitkazildi.
1993-yil avgust – Toshkentda “Ta’lim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish” shiori ostida YuNESKOning Xalqaro seminari bo’lib o’tdi.
1993-yil 1-sentabr – Toshkentda Ulug’bek haykali ochildi.
1993-yil 2-3-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” qonun qabul qilindi (1995-yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga o’zgartirishlar kiritildi).
1993-yil 4-sentabr – Toshkentda “Turkiston” saroyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil 3-5-sentabr – Toshkentda Osiyo va Tinch ocean mintaqasi mamlakatlarining taekvondo bo’yicha birinchi chempionati bo’lib o’tdi. O’zbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish bo’yicha musobaqalarda birinchi o’rinni egalladi.
1993-yil 9-sentabr – Alisher Navoiy jamg’armasi ro’yxatdan o’tdi.
1993-yil 10-sentabr – Toshkentdagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochildi.
1993-yil 16-sentabr – Buxoroda buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.
1993-yil 20-sentabr – “Ekosan” xalqaro O’zbekiston ekologiya va salomatlik jamg’armasi ro’yxatdan o’tdi.
1993-yil 26-28-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq so’zladi.
1993-yil sentabr – Toshkentda O’zbekiston tarixida birinchi bor Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
1993-yil sentabr – O’zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) a’zoligiga qabul qilindi.
1993-yil sentabr – O’zbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qo’mitasi Xalqaro olimpiada qo’mitasi tomonidan tan olindi (1995-yil apreldan teng huquqli a’zosi).
1993-yil 26-oktabr – YuNESKO Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YuNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi.
1993-yil oktabr – O’zbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining to’la huquqli a’zosi bo’ldi.
1993-yil 4-noyabr – Toshkentda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag’ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1993-yil 22-noyabr – “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrog’i to’g’risida”gi Farmon imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrog’ining yagona namunasi belgilandi.
1993-yil 23-noyabr – Toshkentdagi respublika O’qituvchilar uyi qoshida O’zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
1993-yil 23-noyabr – Qoraqalpog’istonning birinchi poytaxti – To’rtko’lda shaharning 120 yilligiga bag’ishlangan tantanalar bo’lib o’tdi.
1993-yil 4-dekabr – Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
1993-yil 18-dekabr – Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga haykal o’rnatildi.
1993-yil 18-dekabr – Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida bo’lib o’tgan konferensiyasida O’zbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
1993-yil 23-dekabr – Bobur nomidagi xalqaro jamg’arma ro’yxatdan o’tdi.
1993-yil – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi tashkil etildi.
1993-yil 28-dekabr – “Xalqaro deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
1993-yil – O’zbekistonda Mehnat birjalari yuzaga kela boshladi.
1993-yil – Farg’ona viloyat davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etildi.
1993-yil – Xorazn viloyat davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etildi.
1993-yil – “Farmindustriya” konserni tashkil etildi.
1993-yil – O’zbekiston jahon turistik tashkiloti (WTO)ga a’zo bo’ldi.
1994-yil 4-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 9-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
1994-yil 6-yanvar – “Toshkent-Jizzax” elektr poyezdi qatnovi yo’lga qo’yildi.
1994-yil 25-yanvar – Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yig’ilishi ish boshladi.
1994-yil 4-fevral – O’zbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga a’zo bo’ldi.
1994-yil 11-fevral – Nukusda Orol muammosiga bag’ishlangan xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.
1994-yil 25-fevral – Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo’yicha Olimpiada chempioni bo’ldi.
1994-yil 15-mart – Qashqadaryo viloyat davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etildi.
1994-yil 19-mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1994-yil – “Mirzo Ulug’bek yili” deb e’lon qilindi.
1994-yil mart – Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
1994-yil 8-aprel – “Toshkent” Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan “Yevrosiyo” fond birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiyasiga a’zo).
1994-yil 8-aprel – O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
1994-yil 13-aprel – “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi tashkil etildi.
1994-yil 23-aprel – Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi.
1994-yil aprel – O’zbekiston Respublikasi Jahon pochta ittifoqiga a’zo bo’ldi.
1994-yil aprel – Uzunligi 94 km bo’lgan Gazli – Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
1994-yil 5-may – O’zbekistonning oliy darajadagi unvoni – “O’zbekiston Qahramoni” ta’sis etildi. “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon – “Oltin Yulduz” medali va unvoni berilganligi to’g’risidagi hujjat topshiriladi.
1994-yil 5-may – “Mustaqillik”, “Do’stlik” ordenlari, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etildi.
1994-yil 12-may – “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
1994-yil 24-may – Toshkentda Qozog’iston Respublikasi elchixonasi ochildi.
1994-yil 30-may – Toshkentda birinchi marta “Prezident kubogi” xalqaro tennis musobaqasi bo’lib o’tdi.
1994-yil may – Nukusda O’zbekiston FAning Qoraqalpog’iston bo’limi tarkibida Bioeklogiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi.
1994-yil 8-iyun – O’zbekistonda birinchi “Vaqt” milliy depozitariysi – ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
1994-yil 21-iyun – “Trastbank” aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
1994-yil 1-iyul – O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’m muomalaga kiritildi.
1994-yil 18-iyul – Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti bo’lib o’tdi.
1994-yil 2-avgust – Toshkentda “Yunusobod” sport majmuasi ochildi (1-navbati – 1994-yil, 2-si 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir “O’zbekiston” sport majmui nomi bilan ataladi.
1994-yil avgust – Qo’ng’irot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asphalt zavodi ishga tushirildi.
1994-yil avgust – Toshkentda “Tafakkur” jurnalining birinchi soni nashrdan chiqdi.
1994-yil avgust – “G’allabank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
1994-yil 2-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
1994-yil 8-sentabr – Qatar davlatining poytaxti Dohada bo’lib o’tgan o’smirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qo’lga kiritdi.
1994-yil 22-23-sentabr – Toshkentda 12-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 16-sessiyasida “Yer osti boyliklari to’g’risida” qonun qabul qilindi.
1994-yil 22-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
1994-yil 22-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
1994-yil 24-25-sentabr – Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
1994-yil sentabr – Toshkentda Yevroa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
1994-yil sentabr – Jizzax shahrida “O’zbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi (2001-yildan viloyat hokimligi tasarrufida).
1994-yil 3-oktabr – Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo’li” Xalqaro konferensiyasi ochildi. Shu yerda “Ipak yo’li bo’ylab sayyohlik bo’yicha Samarqand Deklaratsiyasi” qabul qilindi.
1994-yil 12-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat banki galereyasini tashkil qilish to’g’risida”gi qaroriga binoan O’zbekiston tasviriy san’at galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
1994-yil 13-15-oktabr – Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo’lib o’tdi. 600 yilligiga bag’ishlangan “Mirzo Ulug’bek va uning jahon taraqqiyotiga qo’shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi.
1994-yil 14-oktabr – Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida O’zbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
1994-yil 16-oktabr – Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo o’yinlari chempioni bo’ldi.
1994-yil 7-noyabr – O’zbekiston temir yo’llari davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
1994-yil 8-noyabr – Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etildi.
1994-yil noyabr – Ellikqal’ada “Elteks” to’qimachilik kombinati ishga tushirildi.
1994-yil 6-dekabr – Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan tantanali kecha bo’lib o’tdi.
1994-yil 19-dekabr – Toshkentda YuNISEF bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida O’zbekistonning Xalqaro bolalar jamg’armasi (YuNISEF)ga a’zo bo’lib kirishni nazarda tutadigan Bitim imzolandi.
1994-yil 20-dekabr – Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
1994-yil 23-dekabr – Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
1994-yil 25-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi bo’lib o’tdi.
1994-yil 29-dekabr – O’zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo’yicha milliy komissiyasi tashkil etildi.
1994-yil dekabr – “Nukus-Moskva” yo’nalishi bo’yicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
1994-yil – Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda tamaki-maxorka ishlab chiqaradigan “O’zBAT” qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1994-yil – Samarqand shahrida 4 yulduzli “Afrosiyob” mehmonxonasi qurib bitkazildi.
1994-yil – “Yog’du” kinostudiyasi tashkil etildi.
1995-yil yanvar – Toshkentda xalqaro Qizil xoch qo’mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
1995-yil 8-22-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 2, 3-turi bo’lib o’tdi.
1995-yil 16-yanvar – Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamg’arma ro’yxatdan o’tkazildi.
1995-yil 18-fevral – Toshkentda “Adolat” O’zbekiston sotsial-demokratik partiyasining birinchi ta’sis s’yezdi bo’lib o’tdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
1995-yil 22-fevral – O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
1995-yil 28-fevral – O’zbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki – “O’zprivatbank” o’z faoliyatini boshladi.
1995-yil 26-mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga bag’ishlangan referendum bo’lib o’tdi.
1995-yil mart – “Tashqishloqmash” zavodida xashak yig’uvchi kombaynlar seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlandi.
1995-yil mart – Toshkentda “Atrof-muhitni saqlab qolish – Markaziy Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi” mavzuida Xalqaro konferensiya bo’ldi.
1995-yil 19-aprel – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi tashkil etildi.
1995-yil aprel – Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar bo’yicha O’zbekiston xalqaro banki (“O’zxususiybank”) ochildi.
1995-yil 19-may – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Islomni tadqiq qilish bo’yicha Xalqaro markaz tashkil etish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1995-yil 31-may – Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi.
1995-yil 25-may – Muruntovda O’zbekiston-AQSh hamkorligida oltin qazib olish bo’yicha “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi.
1995-yil 3-iyun – O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
1995-yil 5-iyun – Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.
1995-yil 10-iyun – “Milliy tiklanish” gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1995-yil 14-20-iyun – Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi bo’lib o’tdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksionerlik, xususiy va qo’shma korxonalar ishtirok etdi.
1995-yil iyun – “Xalq birligi” harakati faoliyat boshladi.
1995-yil 7-iyul – “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni qoshida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.
1995-yil 26-iyul – O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash fondi – “Biznes-fond” nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.
1995-yil 27-iyul – Ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat banki – “Paxtabank” tashkil etildi.
1995-yil 28-iyul – O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1995-yil iyul – Bog’ot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda tibbiyot momig’i ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirildi.
1995-yil iyul – Marg’ilonda “Ipakchilik” aksionerlik jamiyatida pilla chiqindilaridan qimmatbaho ip ishlab chiqaradigan “Spinning-Silk” O’zbekiston-Italiya qo’shma korxonasi ish boshladi.
1995-yil 17-avgust – Qo’qonda spirt zavodi ishga tushirildi.
1995-yil 24-avgust – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari to’g’risida”gi qarori chiqdi.
1995-yil 26-avgust – Toshkentda O’zbekiston hukumati bilan YuNESKO o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida Memorandum imzolandi.
1995-yil 30-avgust – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
1995-yil 30-avgust – “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari ta’sis etildi.
1995-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo’ldi.
1995-yil avgust – O’zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.
1995-yil 2-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi (Akademiyani tashkil etish haqidagi qaror 1994-yil 15-avgustda qabul qilingan).
1995-yil 2-sentabr – Toshkentda 1-Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1995-yil 7-sentabr – O’zbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta respublika Davlat sport qo’mitasi alpinistlari guruhi ikkita baland cho’qqi – Xontangri (6995 m) va G’alaba (7439 m) cho’qqilarni zabt etishdi.
1995-yil 7-sentabr – Toshkent shahrida “Zamin” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etildi.
1995-yil 14-sentabr – Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulug’bek nomi berildi.
1995-yil 15-16-sentabr – Toshkentda Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo’yicha Xalqaro seminar-kengash bo’lib o’tdi. Unda BMT, EXHK, Islom konferensiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi mamlakatlar, MDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar delegatsiyalari, Markaziy Osiyo davlatlari va ularga qo’shni davlat vakillari ishtirok etdi.
1995-yil 18-sentabr – Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.
1995-yil 21-sentabr – Qoraqalpog’istondagi Urg’in gaz koni foydalanishga topshirildi.
1995-yil 23-sentabr – Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan O’zbekiston-Italiya “Farital” qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1995-yil 10-oktabr – Toshkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi.
1995-yil 20-oktabr – “O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmon chiqdi.
1995-yil 24-oktabr – O’zbekiston tijorat banki uyushmasi tashkil etildi.
1995-yil 24-25-oktabr – Toshkentda BMTning O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O’zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o’tkazildi.
1995-yil 7-noyabr – Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat banki tashkil etildi.
1995-yil 8-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Jahon” axborot agentligi tuzildi.
1995-yil noyabr – Toshkentda O’zbekiston FAda Xorazmda tug’ilib o’sgan tilshunos, adib va hadis olimi Abulqosim Zamaxshariyning 920 yilligiga bag’ishlangan ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1995-yil 1-dekabr – Toshkentdagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
1995-yil 5-dekabr – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston-Vatanim manim” qo’shiqlar ko’rik tanlovini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
1995-yil 12-dekabr – O’zbekiston Respublikasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” qonuni e’lon qilindi.
1995-yil 21-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq quyidagi kunlar bayram kunlari deb belgilandi:
1-yanvar-Yangi yil;
8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart-Navro’z bayrami;
9-may-Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr-Mustaqillik kuni;
8-dekabr-Konstitutsiya kuni;
Ro’za hayiti;
Qurbon hayiti;
1-oktabr-O’qituvchilar va murabbiylar kuni.
1995-yil 21-22-dekabr – Toshkentda 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”, “Davlat mukofotlari to’g’risida”gi qonunlari qabul qilindi.
1995-yil – Ulug’ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi.
1995-yil – Amir Temur xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi.
1995-yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941-1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida”gi Farmoni asosida (1994-yil 16-martdagi( O’zbekiston nashriyotlari 33 jildli “Xotira” kiboti (keyinchalik unga qo’shimcha tarzda 2 jild chiqdi) va O’zbekiston xalqining urush yillaridagi, urush ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild (ruscha, o’zbekcha) nashr etildi.
1996-yil 3-yanvar – “Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida” va “Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risida” qarorlar qabul qilindi.
1996-yil 9-yanvar – O’zbekistonda ma’lumotlarni uzatish respublika kompyuter tarmog’i “O’zpak” foydalanishga topshirildi.
1996-yil 11-yanvar – “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va tamoyillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1996-yil yanvar – Toshkentda Alisher Navoiy tavalludinig 555 yilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo’ldi.
1996-yil yanvar – Navoiy elektrkimyo zavodi natriy sulfidning dastlabki turkumini ishlab chiqardi.
1996-yil yanvar – Respublika Prezidenti devonida Axborot markazi tashkil etildi.
1996-yil yanvar – Toshkentda O’zbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi bo’lib o’tdi.
1996-yil yanvar – “Inson va qonun” – O’zbekiston Respublikasinign huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi).
1996-yil yanvar – O’zbekiston Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” jamg’armasining “Mahalla” ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi.
1996-yil 6-fevral – Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qo’mitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Olimpiada oltin ordeni topshirildi.
1996-yil 4-mart – O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
1996-yil 15-mart – Parijda “Amir Temur va temuriylar to’g’risida ilmiy asarlar bibliografiyasi” kitobi chop etildi.
1996-yil 25-mart – Andijon viloyatining Asaka shahrida “Damas” mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
1996-yil mart – “Andijonmash” irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun o’rindiqlar ishlab chiqarilgan “O’zTong Xon kompani” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996-yil 3-aprel – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksionerlik uy-joy jamg’armasi banki – “O’zuyjoyjamg’armabank” ro’yxatga olindi.
1996-yil 5-aprel – Toshkentda respublika birinchi “O’zinvestloyiha” injiniring kompaniyasi faoliyat ko’rsata boshladi.
1996-yil 5-aprel – “O’zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1996-yil 16-aprel – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
1996-yil 16-aprel – Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor O’zbekiston vakili – toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni bo’ldi.
1996-yil 17-aprel – “Kamolot” jamg’armasi ta’sis etildi.
1996-yil 20-26-aprel – YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida Fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy konferensiya va ko’rgazma bo’lib o’tdi.
1996-yil 23-aprel – Toshkentda EXHTning “Markaziy Osiyo: EXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar” mavzuidagi simpoziumi bo’lib o’tdi.
1996 yil 25-26-aprel – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi to’g’risida”gi qonunlari qabul qilindi.
1996 yil 26-aprel – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
1996 yil 26-aprel – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari ta’sis etildi.
1996 yil 26-aprel – O’zbekiston “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” tashkil etildi.
1996 yil 29-aprel – “O’zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi.
1996 yil aprel – Buxoroda suv sifatini boshqarish bo’yicha xalqaro kengash bo’lib o’tdi.
1996 yil aprel – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Qonun himoyasida” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1996 yil 2-may – O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.
1996 yil 13-may – “Tajan-Saraxs” Transosiyo temir yo’l magistrali ochildi.
1996 yil 15-may – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi nomi bilan ataladi).
1996 yil 22-may – Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi – IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.
1996 yil may – Andijonda Asaka “O’zDEUavto” avtozavodi mashinalariga ichki jilo berish uchun komplekt ishlab chiqarish bo’yicha “O’zDong-Yang” o’zbek-koreys qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996 yil may – Samarqandda “Sunam” o’zbek-turk qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1996 yil may – “Shahrixon-Xonobod” yo’nalishi bo’yicha poyezdlar qatnay boshladi.
1996 yil – Toshkentda O’zbekiston gidrometeoroligiya xizmati muzeyi ochildi.
1996 yil 25-iyun – “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma korxonasida “Tiko” va “Neksiya” avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.
1996 yil iyun – Angren “Sanoatkartonsavdo” aksionerlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.
1996 yil 19-iyul – Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Asakadagi zavodda “Damas”, “Tiko”, “Neksiya”, keyinchalik “Matis”, “Lasetti” rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
1996 yil 15-21-iyul – O’zbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi o’tkazildi.
1996 yil 15-iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg’armasi tuzildi.
1996 yil 19-iyul-4-avgust – AQShning Atlanta shahrida bo’lib o’tgan 24 yozgi Olimpiada o’yinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
1996 yil 14-avgust – Nukusda marmar ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona ishga tushirildi.
1996 yil 27-avgust – Yangiyo’l shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi.
1996 yil 28-avgust – Samarqand va Shahrisabz shaharlarini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash to’g’risida Farmon chiqdi.
1996 yil 28-avgust – “Miskin-To’rtko’l” temir yo’li qurilish tugallandi.
1996 yil 29-avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etildi.
1996 yil 29-avgust – O’zbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
1996 yil 29-30-avgust – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida “Noshirlik faoliyati to’g’risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
1996 yil 30-avgust – Oliy Majlis tomonidan “Noshirlik faoliyati to’g’risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida” Qonunlar qabul qilindi.
1996 yil 30-avgust – O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi tuzildi.
1996 yil 1-sentabr – Toshkent shahrida xalqaro Olimpiya shoh-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qo’mitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.
1996 yil 4-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi qomusini nashr etish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1996 yil 9-sentabr – O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviya va ma’rifat” kengashining “Ma’naviyat” nashriyoti tashkil etildi.
1996 yil 20-sentabr – Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari ko’rgazmasi ochildi.
1996 yil 27-sentabr – O’zbekiston Bolalar jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1996 yil sentabr – Buxoroda Hindistonning “Larsen TurboLTD” firmasi qurgan 430 o’ringa mo’ljallangan to’rt yulduzli mehmonxona ochildi.
1996 yil sentabr – “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.
1996 yil sentabr – Asaka shahrida “Federechi-Asaka-Makaroni” O’zbekiston-Italiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1996 yil sentabr – Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab o’tgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga Haykal o’rnatildi.
1996 yil 2-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo’ldi.
1996 yil 18-oktabr – Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.
1996 yil 18-oktabr – Samarqnad va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga “Amir Temur” ordeni topshirildi.
1996 yil 18-oktabr – Toshkentda “Birja va ulgurji savdo” yangi haftalik gazetasi taqdimoti bo’lib o’tdi.
1996 yil 21-oktabr – Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Turkiya hamda O’zbekiston rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi va unda Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
1996 yil 24-oktabr – Shirin ichimliklar va ma’danli suv ishlab chiqaruvchi “Samarqand-Praga” qo’shma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.
1996 yil 24-oktabr – Toshkent shahrida “Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
1996 yil 31-oktabr – Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil qilindi.
1996 yil 31-oktabr – Toshkentda “Yozuvchi” gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1996 yil 31-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha milliy markazi tuzildi.
1996 yil oktabr – Toshkentda besh yulduzli “Interkontinental” mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.
1996 yil oktabr – O’zbekiston-Italiya “Sovplastital” qo’shma korxonasi Parijda “Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti”ga sazovor bo’ldi. Bu qo’shma korxona sazovor bo’lgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.
1996 yil oktabr – Toshkentda “Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish bo’yicha “Vestnik Arala” (“Orol axborotnomasi”) ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.
1996 yil 28-noyabr – Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.
1996 yil 30-noyabr – Toshkent viloyatining To’ytepa shahrida “Kobul-To’ytepa tekstil” o’zbek-koreys qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1996 yil noyabr – Toshkentda “Texnoinvest” O’zbekiston-Shveysariya qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1996 yil 3-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoring instituti tashkil etildi.
1996 yil 8-dekabr – Gulistonda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi chiqargan “Neksiya” avtomobillarini sotish bo’yicha O’zbekistonda birinchi kimoshdi savdosi bo’lib o’tdi.
1996 yil – “O’zbekistonning yangi tarixi” markazi tashkil etildi.
1996 yil 13-dekabr – “O’zbekistonning yangi tarixi”ni nashrga tayyorlash va nash etish to’g’risida” qaror qabul qilindi. Bu kitoblar 2000-yilda nashr etildi.
1996 yil 20-dekabr – O’zbekiston Fada Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish va ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1996 yil 26-27-dekabr – Toshkentda 1-chaqirish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Notariat to’g’risida”, “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to’g’risidagi”, “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
1996 yil 29-dekabr – Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi.
1996 yil dekabr – O’zbekiston Faxriylar kengashi “Nuroniy” jamg’armasiga aylantirildi.
1996 yil dekabr – Nukusda Qoraqalpog’istonda birinchi biznes markazi ochildi.
1996 yil dekabr – Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.
1996 yil dekabr – Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yo’nalishdagi “Hurriyat” gazetasi chiqa boshladi.
1996 yil dekabr – Toshkent Davlat Yuridik instituti qoshida inson huquqlari va gumanitar huquqni o’rganish markazi ochildi.
1996 yil – Buxoro nefni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1996 yil – “BUZTEL GSM” (Bakri O’zbekiston telekom) kompaniyasi ta’sis etildi.
1997 yil – “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi.
1997 yil 3-yanvar – 1-oktabr “O’qituvchilar va murabbiylar bayrami” kuni deb belgilandi.
1997 yil 4-yanvar – “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni ta’sis etildi.
1997 yil 7-yanvar – Iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishini qo’llab-quvvatlash “Umid” jamg’armasi tashkil etildi.
1997 yil 10-yanvar – Toshkent shahrida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi.
1997 yil 17-yanvar – “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi” xalqaro jamoat harakatini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi.
1997 yil 23-yanvar – “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmon e’lon qilindi. Ushbu Farmonga ko’ra xalq hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
1997 yil 10-fevral – Hamshiralar va tibbiyot xodimlari uchun mo’ljallangan “Hamshira” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1997 yil 21-fevral – “Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning 100 yilligini nishonlash to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1997 yil 25-fevral – “O’zagrosug’urta” Davlat sug’urta kompaniyasi tashkil etildi.
1997 yil 27-fevral – “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etildi.
1997 yil 28-fevral – “O’zbekinvest” hukumatning eksport-import sug’urtasi bo’yicha maxsus agenti maqomidagi milliy sug’urta kompaniyasiga aylantirildi.
1997 yil 12-mart – O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
1997 yil 14-mart – “Kafolat” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyasi tashkil topdi.
1997 yil 20-mart – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to’g’risida qaror chiqardi.
1997 yil 20-mart – Toshkent zarbxonasi ishga tushirildi.
1997 yil mart – Farg’ona viloyatining Toshloq tumanida tashkil etilgan “O’zDEU to’qimachilik” qo’shma korxonasi dastlabki mahsulotini berdi.
1997 yil 3-aprel – Toshkentda “Paxtakor” futbol jamoasi tashkil etilgani va shu nom bilan atalgan stadion ishga tushganligining 40 yilligiga bag’ishlangan sport bayrami bo’lib o’tdi.
1997 yil 24-25-aprel – Toshkentda 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 8-sessiyasida “Oliy Majlisning inson huquqlari vakili (ombudsman) to’g’risida”, “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”, “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”, “Axborot olish kavolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunlar; Soliq kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilindi.
1997 yil 8-may – Toshkentda “Davlat, oil ava tarbiya muammolari” mavzuida Respublika konferensiyasi bo’lib o’tdi.
1997 yil 15-may – Toshkentda xalqaro aksionerlik tijorat “O’zDEUbank” ochildi.
1997 yil 15-may – O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi ta’sis etildi.
1997 yil 21-23-may – Toshkentda “Neft va gaz-97” birinchi O’zbekiston xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda 30 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi.
1997 yil 10-iyun – Toshkentda Respublika reabilitatsiya markazi ochildi.
1997 yil 13-iyun – Chirchiqda “Kibo-bolalar poyabzali” O’zbekiston-Germaniya korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1997 yil 18-iyun – Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi tuzildi.
1997 yil 19-iyun – Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi ochildi.
1997 yil 26-iyun – Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Tashfarm Amerikan Interneyshnl” o’zbek-amerika qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1997 yil 27-iyun – “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tuzildi.
1997 yil iyun – Toshkentda xalq ustalarining “Hunarmand” assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1997 yil iyun – Qarshi shahrida “Qashqadaryotelekom” O’zbekiton-Indoneziya qo’shma korxonasi faoliyat boshladi.
1997 yil 14-iyul – Qashqadaryo “Ko’kdumaloq” compressor stansiyasi foydalanishga topshirildi.
1997 yil 22-iyul – “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni ta’sis etildi (2003-yil 4-avgustda uning Nizomiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi).
1997 yil 23-iyul – O’zbekistonda futbolni rivojlantirish jamg’armasi tuzildi.
1997 yil iyul – Jizzaxda akril tolasi ishlab chiqaradigan fabrika ishga tushirildi.
1997 yil 1-avgust – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1, 5, 10 so’m qiymatiga ega bo’lgan yangi tangalarni muomilaga chiqardi.
1997 yil 22-avgust – Qorovulbozorda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 1-navbati ishga tushirildi.
1997 yil 26-avgust-1-sentabr – Samarqandda xalqaro “Sharq taronalari” festivali bo’lib o’tdi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi.
1997 yil 27-avgust – “Huquq” gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
1997 yil 29-30-avgust – Toshkentda 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida “Ta’lim to’g’risida”gi (yangi tahrirda) qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
1997 yil avgust – Yangiyo’l paxta tozalash zavodi ishga tushirildi.
1997 yil 8-sentabr – Samarqandda muzqaymoq, pishloq, sariyog’, qaymoq ishlab chiqaradigan “Bravo-sut” yangi qo’shma korxona ishga tushdi.
1997 yil 9-sentabr – O’zbekistonda tennisni rivojlantirish jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1997 yil 10-sentabr – Toshkentda “Tasviriy oyna” Respublika ijodiy uyushmasining ta’sis yig’ilishi bo’lib o’tdi.
1997 yil 12-sentabr – O’zbekiston Sud’yalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1997 yil 15-16-sentabr – Toshkentda “Markaziy Osiyo-yadro qurollaridan holi zona” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi.
1997 yil sentabr – Toshkentdagi “Foton” aksionerlik birlashmasi “SONY” rangli televizorlarini ishlab chiqarishga kirishildi.
1997 yil 15-oktabr – O’zbek BA maxsus jamg’armasi tuzildi.
1997 yil 19-20-oktabr – Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi keng nishonlandi. “Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi-uchinchi mingyilikka” mavzuida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
1997 yil oktabr – Andijonda “TOJMETALL” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
1997 yil oktabr – Toshkentda Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining sho’ba banki ochildi.
1997 yil 4-noyabr – “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” e’lon qilindi.
1997 yil 4-noyabr – O’zbekiston YuNESKO Ijroiya kengashi a’zosi etib saylandi.
1997 yil 11-noyabr – “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida”gi Farmon e’lon qilindi.
1997 yil 27-noyabr – “Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1997 yil 28-noyabr – Atoqli shoir, ozodlik kuychisi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon tavalludining 100 yilligi nishonlandi.
1997 yil 23-dekabr – “Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilliginii nishonlash to’g’risida” qaror chiqdi.
1997 yil 25-26-dekabr – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 10-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi.
1997 yil dekabr – Angrendagi “O’zbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasi Madridda joylashgan Sifat va mukammallik bo’yicha xalqaro jamg’armaning “Oltin yulduzi”ga sazovor bo’ldi.
1997 yil dekabr – Toshkentda O’zbekiston FAning birinchi prezidenti T.N.Qori-Niyoziy tug’ilgan kunining 100 yilligiga bag’ishlangan ilmiy sessiya bo’ldi.
1997 yil dekabr – Toshkentda akademik Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tdi.
1997 yil – Andijon avtomobil o’rindiqlari zavodi, O’zTongXong – O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
1997 yil – Yuqori sifatli Surkov moylari ishlab chiqaradigan O’zbekiston-AQSh “O’z-Teksako” qo’shma korxonasi tashkil etildi.
1997 yil – O’zbekiston advokatlar uyushmasi (assotsiatsiyasi) ta’sis etildi.
1997 yil – O’zbekiston FA Genetika va o’simlika eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
1997 yil – “COSCOM” O’zbekiston-Amerika qo’shma korxonasi, Koreyaning “Daewoo Unitel” qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1997 yil – Xorazm viloyatidagi Gurlan shahrida yengil sanoat korxonasi – “Gurlanteks” aksiyadorlik jamiyati ishga tushdi.
1997 yil – Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etildi.
1997 yil – “O’zbekiston” ashula va raqs ansambli tuzildi.
1997 yil – O’zbekiston amaliy san’at asarlari doimiy ko’rgazmasi (1960-1997) O’zbekiston Respublikasi amaliy san’at muzeyi deb ataldi (muzey sifatida dastlab 1937-yil tashkil etilgan).
1997 yil – “Fayz” xolding kompaniyasi tashkil etildi.
1998 yil – “Oila yili” deb e’lon qilindi.
1998 yil 13-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash to’g’risida qaror qabul qildi.
1998 yil 26-yanvar – Tolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1998 yil 27-yanvar – Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yida amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi e’lon qilindi.
1998 yil yanvar – Gulistonda “Lechiva farmsanoat” O’zbekiston-Chexiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1998 yil yanvar – Samarqnad tumanida tashkil etilgan “Piruz-Lorch” O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi konveyeridan dastlabki mahsulot chiqarildi.
1998 yil 2-fevral – Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
1998 yil 4-fevral – Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabr qaroriga muvofiq “Ustoz” Respublika jamg’armasi tuzildi.
1998 yil 19-fevral – O’zbekiston, Qirg’iziston, Xitoy hukumatlari o’rtasida Toshkent-Andijon-O’sh-Qashqar avtomobil yo’lida xalqaro avtomobil transporti qatnovi to’g’risida bitim imzolanib, yo’l qurilishi boshlandi.
1998 yil 24-fevral – “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
1998 yil 24-fevral – Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
1998 yil 4-mart – Respublika Shoshilinch tibbiyot yordam o’quv markazi tashkil etildi.
1998 yil 26-mart – “O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida” Farmonga muvofiq “O’zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
1998 yil mart – Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
1998 yil 4-mart – Respublika Shoshilinch tibbiy yordam o’quv markazi tashkil etildi.
1998 yil 26-mart – “O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida” Farmonga muvofiq “O’zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
1998 yil mart – Toshkentda o’zbek va rus tillarida “Huquq” – “Pravo” ilmiy-nazariy yuridik jurnalining 1-soni chiqdi.
1998 yil mart – Toshkent va Farg’ona shaharlarida Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligiga bag’ishlangan ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
1998 yil mart – O’zbekiston “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyiga Xalqaro Olimpiada Qo’mitasining “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyi filiali maqomi berildi.
1998 yil 20-mart – “Tennis” gazetasi nashr qilina boshladi.
1998 yil 3-aprel – Urganchda al-Xorazmiy va al-Beruniy nomli bog’larga asos solishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.
1998 yil 9-aprel – “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmon chiqdi.
1998 yil 21-aprel – O’zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktab va boshqa o’quv muassalarining “Yoshlik” ko’ngilli sport jamiyati tuzildi.
1998 yil 23-aprel – Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash haqida Farmon chiqdi.
1998 yil aprel – “Pilla-xolding” kompaniyasi tashkil etildi.
1998 yil 30-aprel-1-may – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jaligi kooperativi” (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (2004-yil 26-avgust, yangi tahrirda), “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi (yangi tahrirdagi) qonunlar qabul qilindi; O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi tasdiqlandi.
1998 yil aprel – O’zbekiston Respublikasi dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi tashkil etildi.
1998 yil 4-may – Muzeylarni qo’llab-quvvatlash Respublika “O’zbek muzeyi” jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1998 yil 12-may – “O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni ta’sis etildi.
1998 yil 22-may – O’zbek alpinistlaridan birinchi bo’lib Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) cho’qqisini zabt etib, u yerda O’zbekiston bayrog’ini o’rnatdi.
1998 yil may – Navoiy viloyatida Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbati ishga tushdi.
1998 yil may – Toshkentda Xalqaro xususiy sug’urta kompaniyasi ochildi.
1998 yil may – O’zbekiston yoshlar teatri tashkil etildi.
1998 yil 24-iyun – O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo’mitasi tashkil etildi.
1998 yil 31-iyul – Dehqon va fermer xo’jaligi jamg’armasi tuzildi.
1998 yil iyul – Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaradigan “Sanlayt” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
1998 yil iyul — “O’zbekiston tarixi” jurnaliga asos solindi (1999-yil yanvarda 1-soni nashrdan chiqdi).
1998 yil 28-29-avgust – “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etildi.
1998 yil 25-avgust – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi, “Madaniyat boyliklarni chetga olib chiqish va olib kelish to’g’risida” qonunlar qabul qilindi.
1998 yil 28-avgust – “El-yurt hurmati” ordeni ta’sis etildi.
1998 yil 29-avgust – Toshkentda “Kuch-adolatda” O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi gazetasining 1-soni chiqdi.
1998 yil avgust – O’zbekiston uchuvchi-astronavti S.Sharipov amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida “Endever” kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.
1998 yil 6-sentabr – Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi.
1998 yil 16-sentabr – Toshkentda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug’bek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi.
1998 yil 24-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nishonlash to’g’risida” qaror qabul qildi.
1998 yil 25-sentabr – “Turkiston-Press” nodavlat axborot agentligi tashkil etildi.
1998 yil 28-sentabr – Toshkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi ochildi.
1998 yil 30-sentabr – Hazoraspdagi O’zbekiston-Turkiya qo’shma korxonasida dastlabki tonna qand mahsuloti ishlab chiqarildi.
1998 yil 8-oktabr – O’zbekiston “Artmadad” maxsus jamg’armasi tuzildi.
1998 yil 23-oktabr – Samarqandda ulug’ vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Unda dunyoning 40 mamlakatidan mehmonlar ishtirok etdi. Shu kuni Xartang qishlog’ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo’ldi.
1998 yil 24-oktabr – Farg’ona viloyatida Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlar bo’lib o’tdi. Farg’ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy nomi bilan ataladigan istirohat bog’i ochildi. Quva shahrida Ahmad al-Farg’oniyga Haykal o’rnatildi.
1998 yil 6-noyabr – Toshkentda YuNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi Majlisi bo’lib o’tdi. YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayor boshchiligidagi guruh Toshkent davlat universitetida Mirzo Ulug’bek nomidagi YuNESKO kafedrasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.
1998 yil 13-14-noyabr – Termiz shahrida birinchi “Alpomish o’yinlari” festivali o’tkazildi.
1998 yil 17-noyabr – Toshkentda “Inson huquqlarini himoya qilish nohukumat tashkilotlarining roli” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
1998 yil noyabr – O’zbekistonning “Farmed” xususiy firmasiga xalqaro mukofot – “Sifat oltin yulduzi” topshirildi.
1998 yil noyabr – Toshkentda “Suv parisi” sinxron suzish bo’yicha 1-xalqaro turnir bo’lib o’tdi.
1998 yil 11-dekabr – “O’zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
1998 yil 22-dekabr – Bangkokda o’tkazilgan 13-Osiyo o’yinlari nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilar sportning 23 turi bo’yicha 42 mamlakat sportchilari bilan bellashib, o’nta eng kuchli jamoa safiga kirdi va 40 ta medal – 6 ta oltin, 22 ta kumush va 12 ta bronza medalni qo’lga kiritdi.
1998 yil 24-25-dekabr – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13-sessiyasida “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi.
1998 yil – Namangan sanoat-texnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika instituti deb qayta nomlandi.
1998 yil – “Paxtasanoatilm” ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
1998 yil – Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi tashkil etildi.
1998 yil – Toshkentda “Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi” tashkil etildi.
1999 yil – “Ayollar yili” deb e’lon qilindi.
1999 yil 13-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi Qo’mita tashkil etildi.
1999 yil 21-yanvar – O’zbekiston milliy raqs jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1999 yil yanvar – Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida “Kosonsoy-tekmen” O’zbekiston-Turkiya to’qimachilik qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi.
1999 yil yanvar – Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
1999 yil 4-fevral – “Fidokor” gazetasi chop etila boshladi.
1999 yil 6-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida” qaror qabul qildi.
1999 yil 16-fevral – Toshkent shahrida terroristic qo’poruvchilik ishlari sodir etildi.
1999 yil 18-fevral – “Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” davlat dasturi ishlab chiqildi.
1999 yil 26-fevral – Prezident Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasida passport tizimi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.
1999 yil fevral – Toshkentda O’zbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
1999 yil 2-mart – 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilindi.
1999 yil 15-mart – Ibn Sino xalqaro jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1999 yil 17-mart – “Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmon chiqdi.
1999 yil 30-mart – “Interkontinental-Toshkent” mehmonxonasi har yili o’tkaziladigan Yevropa “Interkontinental” otellari ko’rik tanlovida birinchilikni oldi.
1999 yil mart – Samarqand shahrida rus va o’zbek tillaridagi haftalik “Darakchi” gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi.
1999 yil mart – “SamKochavto” qo’shma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga mo’ljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
1999 yil mart – “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1999 yil 7-aprel – Toshkentda Islom universiteti tashkil etildi.
1999 yil 14-15-aprel – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida” (yangi tahrirda), “O’rmon to’g’risida”, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatinign kafolatlari to’g’risida”, “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar berish to’g’risida” qonunlar qabul qilindi.
1999 yil 23-aprel – Toshkenda Ma’rifatchilar jamiyatining ta’sis Majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda jamiyat nizomi tasdiqlandi.
1999 yil aprel – Avstraliya (Brishen)da o’tkazilgan Xalqaro “Gran pri” turnirida o’zbek karatechilari 25 ta medalni qo’lga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
1999 yil 1-2-may – Toshkentda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
1999 yil 9-may – O’zbekiston Respublikasida birinchi bor 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira va qadrlash maydoni” barpo etildi.
1999 yil 17-may – Samarqand vokzaliga Toshkent-Samarqand yo’nalishida qatnovchi birinchi elektropoyezd kirib keldi.
1999 yil 27-may- Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karkama tumani tashkil etildi.
1999 yil may – Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
1999 yil may – O’zbekiton bank-moliya-akademiyasi qoshida “Moliya” nashriyoti tashkil etildi.
1999 yil 10-iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
1999 yil 29-iyun – Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1999 yil iyun – Navoiy shahrida o’t o’chiruvchi mashinalarni yig’ish bo’yicha O’zbekiston-Ukraina qo’shma korxonasi ishga tushdi.
1999 yil 1-iyul – O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
1999 yil 19-20-iyun – Toshkentda Afg’oniston muammosini hal etish bo’yicha “6+2” guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
1999 yil 20-iyul – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini rivojlantirish jamg’armasi ro’yxatdan o’tkazildi.
1999 yil iyul – Andijon viloyatining Marhamat tumanida O’zbekiston-Rossiya “Ekomevalar” qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsata boshladi.
1999 yil iyul – Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan “Il-114” samolyot Toshkent-Nukus, Toshkent-Farg’ona yo’nalishlari bo’yicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
1999 yil 7-avgust – Toshkentda Ma’naviyat va ma’rifat Respublika kengashining ta’sis konferensiyasi bo’lib o’tdi.
1999 yil 18-avgust – Vazirlar Mahkamasining Yevropa-Osiyo transcontinental avtomagistralini loyihalash ishlari bo’yicha qarori chiqdi.
1999 yil 19-20-avgust – 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to’g’risida”, “Turizm to’g’risida”, “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida” qonunlar qabul qilindi.
1999 yil 26-avgust – Samarqandda “Sharq taronalari” ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
1999 yil avgust – Farg’ona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
1999 yil 20-21-sentabr – Toshkentda “Buyuk ipak yo’li”ni tiklash bo’yicha xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda O’rta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
1999 yil 21-sentabr – Shahidlar xotirasi xayriya jamg’armasi tuzildi.
1999 yil 27-sentabr – Toshkentda Amerikaning “Motorola” kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan “O’zbekiston-Motorola-telekomradio” qo’shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1999 yil 12-oktabr – “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi.
1999 yil 23-30-oktabr – Toshkentda boks bo’yicha 20-Osiyo chempionati o’tkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
1999 yil 26-oktabr – “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamg’armasi tuzildi.
1999 yil oktabr – Samarqanddagi “SamKochAvto” o’zbek-turk qo’shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkimu eksportga jo’natildi.
1999 yil oktabr – Toshkentda Respublika “Toshkent” fond birjasi bilan o’rankfurt fond birjasi o’rtasida o’zaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi bo’lib o’tdi.
1999 yil oktabr – Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
1999 yil oktabr – Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Anteks” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi ishga tushirildi.
1999 yil oktabr – “Kurash” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
1999 yil 5-noyabr- Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
1999 yil 6-noyabr – Termiz shahrida “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanalari bo’lib o’tdi.
1999 yil 1-dekabr – Toshkentda “Kabul-O’zbek K” O’zbekiston-Koreya to’qimachilik qo’shma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1999 yil 5-19-dekabr – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo’lib o’tdi.
1999 yil 17-dekabr – Qoraqalpog’istonda 115 km uzunlikdagi Miskin – Sultonuvays magistralida temir yo’l izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
1999 yil 17-dekabr – Xorazmda o’zbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
1999 yil 18-dekabr – Nukusda Aijiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
1999 yil 29-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori chiqdi.
1999 yil – Davlat investitsiya kompaniyasi tashkil etildi.
1999 yil – Andijon viloyati Shahrixon tumanida “ANTEKS” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati yengil sanoat korxonasi ishga tushdi.
1999 yil – Toshkentda “Toshkent-plaza” xalqaro savdo ko’rgazma majmuasi bunyod etildi.
1999 yil – O’zbekiston iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.
2000-yil – “Sog’lom avlod yili” deb e’lon qilindi.
2000-yil 9-yanvar – O’zbekistonda bo’lgan prezidentlik saylovida I.A.Karimov yana 5 yil muddatga 2-marta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2000-yil 13-yanvar – Toshkent shahrida “Ijod dunyosi” nashriyoti uyi tashkil etildi.
2000-yil 28-yanvar – Toshkent Davlat universitetiga O’zbekiston Milliy universiteti maqomi berildi.
2000-yil yanvar – “O’zDEUavto” kompaniyasi ISO 9001 sertifikatini oldi va MDH mamlakatlaridagi yengi avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro sifat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo’lib qoldi.
2000-yil 3-fevral – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
2000-yil 9-fevral – Toshkentda Germaniya mashinasozlik korxonalari ittifoqi /VDMA/ning Markaziy Osiyodagi byurosi rasmiy ochilish marosimi bo’ldi.
2000-yil 15-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sog’lom avlod” davlat dasturi to’g’risida qaor qabul qildi.
2000-yil 21-fevral – “Minnatdor xotira” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi.
2000-yil 24-fevral – Afg’on urushi nogironlari Respublika xayriya jamg’armasi rasmiy ro’yxatdan o’tkazildi.
2000-yil 20-mart – Banklar assotsiatsiyasining yangi Banklararo moliyaviy xizmat markazi binosi, “Xobas-TAPO” O’zbekiston-Shveysariya-Germaniya qo’shma korxonasi, Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
2000-yil 24-mart – Orolning janubiy sohilbo’yida ishlayotgan Qoraqalpog’iston-Avstraliya arxeologiya ekspeditsiyasi qum ostida qolib ketgan qadimiy peditsiyasi qum ostida qolib ketgan qadimiy shaharni aniqladi. Oqshaxanqal’a deb atalgan bu shahar, olimlarning taxminicha, milodiy 4-6 asrgacha O’rta Osiyoniing eng qadimiy davlatlaridan biri – Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan.
2000-yil 31-mart – Toshkentda Xalqaro biznes-markaz ishlay boshladi.
2000-yil mart – “Sovplastital” O’zbekiston-Italiya qo’shma korxonasi xalqaro savdo “Liderlar klubi” tomonidan yuksak mukofot – “Eng yaxshi savdo markazi – yangi mingyillik sovrini” oltin sovrin bilan taqdirlandi.
2000-yil 6-aprel – Navoiy viloyati hududida bentonite gil koni topildi.
2000-yil 14-aprel – “Urganch” aeroportining avrovokzal majmuasi foydalanishga topshirildi.
2000-yil 20-21-aprel – Toshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlararo kengashi bo’lib o’tdi. To’rt davlat boshliqlari “Terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqah davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma” imzoladilar.
2000-yil aprel – Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yuqori sifatli marmar qazib olina boshlandi.
2000-yil aprel – Andijon viloyatida “Asaka-ASK” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi tashkil etildi.
2000-yil 12-may – Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasining ochilish marosimi bo’ldi.
2000-yil 19-may – O’zbekiston FAda Respublika Fanlar Akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va isloh qilish masalalari yuzasidan umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Fanlar akademiyasining yangi tahrirdagi Nizomi qabul qilindi.
2000-yil 25-26-may – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-sessiyasida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati to’g’risida” qonun qabul qilindi.
2000-yil 30-may – 2000-yil 1-iyuldan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 500 so’m qiymatga ega bo’lgan pul biletlari muomilaga chiqarilishi e’lon qilindi.
2000-yil may – Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodining 100 yilligiga bag’ishlangan yubiley tantanalari bo’lib o’tdi.
2000-yil 25-iyul – Toshkentda “Fidokor” milliy-demokratik partiyasining birinchi qurultoyi bo’lib o’tdi.
2000-yil 25-avgust – Iqtidorli yoshlar uchun “Nihol” mukofoti ta’sis etildi.
2000-yil 29-avgust – O’zbekiston Respublikasi poytaxtini Farg’ona vodiysi bilan tutashtiruvchi Qamchiq dovonining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2000-yil 30-avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
2000-yil 30-31-avgust – Toshkentda 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida “Pochta aloqasi to’g’risida”, “Psixiatriya yordami to’g’risida”, “Radiatsiya xavfsizligi to’g’risida” qonunlar qabul qilindi.
2000-yil 14-sentabr – Toshkentda YuNESKO homiyligida dinlararo muloqot bo’yicha “Dunyo dinlari: jahon madaniyati yo’lida” mavzuida xalqaro kongress ochildi. Unda jahonning 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etdilar.
2000-yil setnabr – Orol dengizining qurib qolgan o’zanida o’rmon barpo etishga oid O’zbekiston-Germaniya qo’shma loyihasini amalga oshirishga kirishildi.
2000-yil sentabr – O’zbekiston auditorlar palatasi ish boshladi.
2000-yil sentabr – O’zbekiston birinchi “Toshkent axborot xizmati” ochildi, u fuqarolarni qiziqtirgan barcha masalalar bo’yicha maslahat beradi.
2000-yil 1-oktabr – O’zbekiston bokschisi Muhammadqodir Abdullayev boks bo’yicha 27-yozgi Olimpiada chempioni bo’ldi.
2000-yil 4-oktabr – Oqsaroyda Sidneydagi Olimpiada o’yinlarida oltin, kumush va bronza medalni qo’lga kiritgan olimpiadachilarni tabriklash marosimi bo’lib o’tdi.
2000-yil 16-oktabr – “Sharq” nashriyot-matbaa konserni “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
2000-yil 19-oktabr – “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasining A-130 rusumli zamonaviy havo kemasi 9 soatda Yaponiyaning Miyazaki prefekturasidan yo’lga chiqqan 170 nafar sayyohni Buyuk Ipak yo’lining yuragi – Buxoroga olib keldi.
2000-yil 21-oktabr – Farg’ona viloyatida buyuk olim va mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy xotirasiga bag’ishlangan tantanalar bo’lib o’tdi.
2000-yil 29-oktabr – O’zbekiston Respublikasi boksni rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tuzildi.
2000-yil oktabr – Toshkentda O’zbekiston-Koreya “Amako-Bouling” qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
2000-yil 2-noyabr – Toshkentda atoqli san’atkor O’zbekiston xalq artisti Abror Hidoyatov tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan xotira kechasi bo’lib o’tdi.
2000-yil 16-noyabr – Marg’ilonda buyuk faqih, imom Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg’ilon shahar markazida Burhoniddin Marg’inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o’rnatildi.
2000-yil 17-noyabr – Samarqandda buyuk faqih, imom, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yillik yubileyi nishonlandi. Samarqnadda Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o’tkazildi.
2000-yil 24-noyabr – O’zbekiston “Ofarin” jamg’armasi ro’yxaatdan o’tkazildi.
2000-yil 29-noyabr – Samarqand viloyatining Payariq tumanida qadimiy Ko’ktepa shahri xarobalari o’rnida “Saklar malikasi”ning dahmasi topildi.
2000-yil noyabr – YuNESKO me’moriy-tarixiy yodgorliklar Jahon merosi qo’mitasining Avstraliyada bo’lib o’tgan majlisda O’zbekistonning Shahrisabz, Buxoro shaharlari tarixiy markazlari Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
2000-yil noyabr – Toshkent va Samarqnad shaharlarida Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi.
2000-yil-2006-yillar – “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” (1-12-jildlar) nashrdan chiqdi.
2001-yil – “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi.
2001-yil 1-yanvar – “Xalq so’zi” gazetasining 1-soni chiqqaniga 10 yil to’ldi.
2001-yil 3-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Fuqaro muhofazasi” – “Grajdanskaya zashchita” jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi.
2001-yil 4-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi e’lon qilindi.
2001-yil 9-yanvar – Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti bo’lib o’tdi.
2001-yil 19-yanvar – “Barkamol avlod” sport musobaqalari o’tkazish tashkil etildi.
2001-yil 24-yanvar – Toshkentda Markaziy Osiyo davlati ishtirok etgan “Suv-kelajak zaxirasi” Shiori ostida seminar trening o’tkazildi.
2001-yil 25-yanvar – “Toshkent-Moskva-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha yo’lovchi poyezdi qatnay boshladi.
2001-yil 2-fevral – Chirchiq shahrida gaz haydash kompressorlarini qayta ta’mirlashga ixtisoslashgan “US-DR servis markazi” O’zbekiston-Gollandiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2001-yil 6-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola” davlat dasturi to’g’risidagi qarori e’lon qilindi.
2001-yil 6-fevral – “Avtohamroh” jurnalining 1-soni bosmadan chiqdi.
2001-yil 21-fevral – “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tayyorlagan “Bolalar ensiklopadiyasi” nashrdan chiqdi.
2001-yil 15-mart – Toshkentda “Internet.UZ” 1-milliy internet festivali o’tkazildi.
2001-yil 15-mart – “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash zavodi ishga tushdi.
2001-yil 17-mart – “Miskin-Uchqudur” temir yo’li (224 km) qurilishi yakunlanadi.
2001-yil 20-mart – Markaziy Osiyoda yagona Qizilqum fosforit kombinatining 1-navbati to’la quvvati bilan ishlay boshladi.
2001-yil 25-aprel – O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi. Uning qarori bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topdi.
2001-yil 28-29-aprel – Toshkentning “Yunusobod” sport majmuida o’zbek kurashi bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi.
2001-yil 30-aprel – Jizzax shahrida ilk bor o’tkazilayotgan “Barkamol avlod” sport o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2001-yil aprel – Namangan “Asnam tekstil” qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2001-yil 1-may – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
2001-yil 1-may – O’zbekiston shohilinch tibbiy yordam markazi faoliyat boshladi.
2001-yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xorazm viloyat Bog’dot tumani, Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzacho’l, Do’stlik tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi tuamnida, Guliston shahrida Xotira xiyobonlari barpo etildi.
2001-yil 18-may – Shahrisabzdagi Amir Temur nomidagi madaniyat muzeyida ramziy Tinchlik ustunining o’rnatilishiga bag’ishlangan marosim bo’ldi.
2001-yil may – “Vatanparvar” tashkiloti huzurida “Shonli Vatan tarixi” muzeyi ochildi.
2001-yil 23-may – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
2001-yil 24-may – “DAEWOO UNITEL” yangi binosining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
2001-yil 14-15-iyun – Xitoyning Shanxat shahrida O’zbekistonning “Shanxay forumi”ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risidagi bayonot imzolandi. O’zbekiston Prezidenti taklifi bilan “Shanxay forumi” nomi “Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT” deb o’zgartirildi.
2001-yil 22-iyun – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish to’g’risida”gi, “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari qabul qilindi.
2001-yil iyun – Toshkentda 14 kottejdan iborat mamlakatimizda yagona “SOS-Bolalar mahallasi” ochildi.
2001-yil 6-iyul – Chirchiqda mamlakatimiz Qurolli kuchlarining barcha qo’shin turlari uchun serjantlar tayyorlaydigan maktab ochildi.
2001-yil 9-iyul – “O’zko’rgazmasavdo” markazida erkin va yunon-rum kurashi bo’yicha 9-jahon chempionati boshlandi.
2001-yil avgust – Toshkentning Yunusobod tumanida suv sporti saroyi qurildi.
2001-yil 17-avgust – “Matiz” rusumli avtomobilning xalqaro taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
2001-yil 17-avgust-1-sentabr – Toshkentda tennis bo’yicha “Birlashgan Millatlar Tashkiloti” (UN Cup) xalqaro o’smirlar turniri bo’lib o’tdi.
2001-yil avgust – Farg’ona shahrida Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan hamkorlikda “Kabul-Farg’ona kompani” qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2001-yil 18-avgust – “O’zbekiston mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etildi.
2001-yil 26-avgust – “Sharq taronalari” uchinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
2001-yil 30-avgust – Toshkent shahrida akademik drama teatri yangi binosining ochilish marosimi bo’ldi.
2001-yil avgust – Navoiy shahrida “Alisher Navoiy yodgorlik majmui” ochildi.
2001-yil 11-sentabr – Toshkentda tennis bo’yicha “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri bo’ldi.
2001-yil sentabr – Toshkent viloyatining Chinoz tumanida “Chinoz to’qimachi LTD” O’zbekiston-Turkiya-Yaponiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2001-yil sentabr – “O’zbekiston Respublikasining yer resurslari atlasi” bosmadan chiqdi.
2001-yil 21-sentabr – Hamza nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatriga Milliy teatr maqomi berildi.
2001-yil 22-oktabr – Estrada san’atini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi.
2001-yil 23-oktabr – O’zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashuvchi xayriya jamg’armasi tuzildi.
2001-yil 23-oktabr – O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi faxriylari xayriya jamg’armasi tuzildi.
2001-yil 3-noyabr – Urganchda “Avesto” kitobining 2700 yilligiga bag’ishlab yubiley o’tkazildi va yodgorlik majmui bunyod etildi.
2001-yil 21-noyabr – R.R.Shreder nomidagi O’zbekiston Respublikasi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganiga 100 yil to’ldi.
2001-yil 26-noyabr – Surxondaro davlat qo’g’irchoq teatr tashkil etildi.
2001-yil 7-dekabr – Matbuotda Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga murojaati e’lon qilindi. Unda xalqaro terrorizm, uning oqibatlari to’g’risida to’xtab o’tib, mamlakatimiz aholisi ogohlikka chaqirildi.
2001-yil 8-dekabr – Toshkentda “Kitob dunyosi” axborot-ma’mot gazetasining birinchi soni nashrdan chiqdi.
2001-yil 21-dekabr – Sho’rta gaz-kimyo majmui ishga tushdi.
2001-yil 28-dekabr – Akademik Habib Abdullayev nomidagi xalqaro jamg’arma rasmiy ro’yxatdan o’tdi.
2001-yil dekabr – Jizzax shahrida “O’zeksayd” O’zbekiston-AQSh qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
2001-yil – Toshkent Xalqaro kurash instituti faoliyat boshladi.
2001-yil – YuNESKO Finlandiyada o’tkazilgan 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi me’moriy-tarixiy yodgorliklari YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
2002-yil – “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi.
2002-yil 16-yanvar – Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish to’g’risida Farmon chiqdi.
2002-yil 24-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturi to’g’risida qaror qabul qildi.
2002-yil 27-yanvar – O’zbekiston Respublikasida kelgusida ikki palatali parlament tuzish va prezidentning vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga – 2007-yilning yanvarigacha uzaytirish masalalari bo’yicha umumxalq referendumi o’tkazildi.
2002-yil 28-yanvar – “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 10 yilligi nishonlandi.
2002-yil 13-mart – Adabiyot jamg’armasi tuzildi.
2002-yil 19-mart – Toshkentning “Turkiston” saroyida “Tashabbus-2002” ko’rik tanlovining yakunlovchi bosqichi bo’lib o’tdi.
2002-yil 22-mart- Toshkent shahrida konservatoriyaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
2002-yil mart – AQShda o’tkazilgan “Atlanta kubogi” xalqaro turniri bahslarida o’zbekistonlik karatechilar 14 ta medal (6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza) qo’lga kiritdilar.
2002-yil mart – YuNESKO Bosh direktorining qaroriga ko’ra “Shaharlar – tinchlik uchun” tanlovida jahonning o’nta shahri g’olib deb topildi. Ular orasida Buxoro shahri ham bor.
2002-yil mart – Namangan shahrida “Nestle” O’zbekiston-Shveysariya qo’shma korxonasi ish boshladi.
2002-yil 2-aprel – Termiz shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanali bo’lib o’tdi.
2002-yil 4-aprel – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 8-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida” Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.
2002-yil 10-aprel – Shahrisabzda “Oqsaroy to’qimachi LTD” Turkiya va Yaponiya ishbilarmonlari bilan hamkorlikdagi qo’shma korxonaning ochilish marosimi bo’ldi.
2002-yil 16-aprel – “Semurg’” xayriya jamg’armasi tuzildi.
2002-yil 16-aprel – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat konservatoriyasini O’zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
2002-yil 24-aprel – Farg’onada “Umid nihollari” Respublika maktab o’quvchilarining sport musobaqalari tantanali ravishda ochildi.
2002-yil 29-aprel – O’zbekistonda Uloq-ko’pkari federatsiyasi tuzildi.
2002-yil 7-may – O’zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi e’lon qilindi.
2002-yil 24-may – “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ochilish marosimi bo’ldi.
2002-yil 25-may – Buxoro shahrida “Universiada-2002” sport o’yinlari boshlandi.
2002-yil 4-iyun – “O’zbekiston Havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi va Italiyaning “Al-Italia” aviakompaniyasi o’rtasida “Kod-sher” bitimi imzolandi. Unga muvofiq Toshkent-Rim-Toshkent yo’nalishi bo’ylab parvozlar amalga oshiriladi.
2002-yil 5-iyun – Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida “Islom va dunyoviy-ma’rifiy davlat” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy Anjuman ochildi.
2002-yil 24-iyun – Toshkentda maktab, akademik litseylar va kollejlar bitiruvchilarining “Istiqlol umidlari-2002” festivali bo’lib o’tdi.
2002-yil 24-iyun – Toshkent va O’rta Osiyo Eparxiyasining Rus provoslav cherkovi “Blagovest” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi.
2002-yil 3-iyul – “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to’g’risida”gi Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi O’zbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil qilindi.
2002-yil 20-iyul – O’zbekiston Respublikasi FA “Zamonaviy information texnologiyalar” ilmiy-texnik markazida “Ko’zsiz ko’rish” xalqaro loyihasi doirasida yangi qurilma yaratildi. U ko’zi ojiz kishilarga atrof-muhitni aniq tasavvur etishga yordam beradi.
2002-yil iyul – Tailandda o’tkazilgan og’ir atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal sohibi bo’ldilar.
2002-yil 12-13-avgust – Temuriylar tarixi davlat muzeyida “markaziy Osiyo tarix ko’zgusida: eng qadimdan hozirgacha” mavzuida xalqaro ilmiy Anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan taniqli olimlar ishtirok etishdi.
2002-yil 15-avgust – Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida birinchi polietilen olindi.
2002-yil 17-18-avgust – Farg’onada belbog’li kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir o’tkazildi.
2002-yil 31-avgust – Toshkentning “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi.
2002-yil avgust – “Navoiy-Uchquduq-Miskin-Sulton-Uvaystog’-Nukus” temir yo’li qurilishi bitkazilib ishga tushirildi.
2002-yil avgust – “O’zDEUavto” qo’shma korxonasida “Neksiya” yengil avtomobilining yangi, takomillashgan turini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu model 16 klapanli “Doych” dvigateli bilan jihozlangan.
2002-yil 10-sentabr – “O’zbekiston” sport majmuida tennis bo’yicha Prezident kubogi xalqaro turnirining ochilish marosimi bo’ldi.
2002-yil 15-sentabr – Toshkentning “Turkiston” saroyida birinchi marta Estrada san’atining barcha yo’nalishlari bo’yicha qo’shiq va kuylar taqdimot festivali – “Oltin humo” o’tkazildi.
2002-yil 19-sentabr – Toshkent traktor zavodining 60 yilligi nishonlandi.
2002-yil sentabr – Toshkent metrosining “Yunusobod” liniyasidagi 6 bekat foydalanishga topshirildi.
2002-yil 14-oktabr – Toshkentda tennis bo’yicha Osiyo chempionati boshlandi.
2002-yil 1-noyabr – Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi.
2002-yil 29-sentabr – 19-oktabr – Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o’tkazilgan 14-Osiyo o’yinlarida qatnashgan o’zbekistonlik sportchilar 15 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo’lga kiritishib umumjamoa hisobida 5-o’rinni egallashdi.
2002-yil 4-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi.
2002-yil 12-13-dekabr – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 10-sessiyasida “O’zbekiston Respublikas Oliy Majlisining Senati to’g’risida” va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” Konstitutsiyaviy qonunlar, “Yer usti boyliklari to’g’risida”gi (yangi tahrirda), “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
2002-yil 29-dekabr – Toshkentda 2002-yil 24-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi Farmonga muvofiq Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi ta’sis etildi.
2002-yil dekabr – Toshkentda O’zbekiston BA “Madaniyat karvon saroyi”ning tantanali ochilish marosimi bo’ldi.
2002-yil dekabr – Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida “Chorvoq oromgohi” sog’lomlashirish markazining tantanali ochilish marosimi bo’ldi.
2002-yil 24-dekabr – O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qayta tashkil etildi.
2002-yil 25-dekabr – O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari o’quvchilari hamda talabalarining “Talaba” sport uyushmasi tuzildi.
2002-yil – I.A.Karimovning 10 jildli asarlari nashr etildi (1992-2002-yillar).
2002-yil – O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibida “Toshkent foto uyi” tashkil etildi.
2002-yil – O’zbekiston davlat ommaviy kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasining davlat milliy kutubxonasi deb nomlandi.
2002-yil – “Xiva-Karpet” O’zbekiston-Germaniya qo’shma korxonasi tashkil etildi.
2003-yil – “Obod mahalla yili” deb e’lon qilindi.
2003-yil yanvar – Qoraqalpog’istonning Kogeyli tumanida “Korrosselmash” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2003-yil yanvar – Toshkent viloyatinign Bo’stonliq tumanida “Metallurg” dam olish maskanining ochilish marosimi bo’ldi.
2003-yil yanvar – Andijon viloyatining Asaka shahrida katta zamonaviy bozor ishga tushdi.
2003-yil 7-fevral – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Obod mahalla yili” dasturini qabul qildi.
2003-yil fevral – Jizzaxda “O’zfarmsanoat” davlat konserni tizimida korxonalarda tayyorlanayotgan mahsulotlarning taqdimoti bo’ldi.
2003-yil 14-mart – Toshkent shahrida dehqon va fermerlarning 2-respublika qurultori bo’lib o’tdi.
2003-yil mart – O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasida “O’zbekiston Qizil kitobi” ikkinchi jildining va O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy dasturining taqdimoti o’tkazildi.
2003-yil mart – Samarqand aeroportidan Samarqand-Moskva yo’nalishi bo’yicha muntazam uchadigan samolyotlar qatnovi yo’lga qo’yildi.
2003-yil mart – Samarqand viloyatining Urgut shahrida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaradigan o’zbek-turk qo’shma korxonasi faoliyat boshladi.
2003-yil 24-25-aprel – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun e’lon qilindi, unda ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslari belgilab berildi.
2003-yil aprel – Toshkent shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida “Tinchlik qo’ng’irog’i” majmuining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2003-yil 4-5-may – Toshkentdagi “Turkiston” saroyida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 12 yillik majlisi o’tkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
2003-yil 10-may – Taniqli o’zbek shoiri G’afur G’ulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toshkent markaziagi madaniyat va istirohat bog’iga G’ofur G’ulom nomi berildi va bog’da shoir haykali ochildi.
2003-yil 14-20-may – Xorazmda “Umid nihollari” sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
2003-yil 5-11-iyun – Andijon viloyatida “Barkamol avlod – 2003” sport o’yinlari bo’lib o’tdi.
2003-yil iyun – Namangan viloyatining Chust tumanida O’zbekiston-Shveysariya “Goldeno’rut” qo’shma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida AQSh-O’zbekiston “Kattaqo’rg’onmeva” qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2003-yil iyul – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Kampirtepa qishlog’ida noyob xazina-qadimiy kitoblar topildi.
2003-yil iyul – Toshkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi FJAP ga a’zo bo’ldi.
2003-yil avgust – Namangan shahrida “Yoshlar” sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
2003-yil – O’zbekiston-Rossiya-Amerika qo’shma ekspeditsiyasi Obirahmat g’oridan (Toshkent viloyati) tosh davriga oid qadimgi odamning suyaklarini topdi.
2003-yil avgust – Sirdaryo viloyatining Mirzacho’l tumanida yer qa’ridan tibbiyotda noyob, o’ta shifobaxsh hisoblangan rodonli suv chiqdi.
2003-yil avgust – Nukus shahrida xalq iste’moli mollari mintaqaviy markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2003-yil 25-30-avgust – Samarqand shahrida “Sharq taronalari” 4-xalqaro musiqa festivali bo’lib o’tdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi.
2003-yil 29-30-avgust – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to’g’risida” qonunlar qabul qilindi.
2003-yil 29-avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etildi.
2003-yil avgust – Farg’ona viloyatining Beshariq tumanida “Beshteks” O’zbekiston-Germaniya qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
2003-yil 12-sentabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
2003-yil oktabr – Toshkentdagi “Osiyo granit” korxonasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Avstriya-O’zbekiston qo’shma korxonasi ishga tushdi.
2003-yil 15-noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston liberal demokratik partiyasining ta’sis s’yezdi bo’lib o’tdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning “XXI asr” haftalik gazetasi ta’sis etildi.
2003-yil noyabr – Termiz shahrida “Termiz-Hayraton” ko’prigi oldida “Ayritom” bojxona majmui ishga tushirildi.
2003-yil 27-noyabr – Buxoro va G’ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abulxaliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
2003-yil 3-dekabr – Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
2003-yil 3-dekabr – Andijon viloyatiga “Amir Temur” ordenini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
2003-yil 24-dekabr – “O’zmevasabzavoturug’sanoat” uyushmasi tashkil etildi.
2004-yil – “Mehr va muruvvat yili” deb e’lon qilindi.
2004-yil 1-yanvar – Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo’mitasi faoliyat ko’rsata boshladi.
2004-yil 12-mart – Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan ko’prik foydalanishga topshirildi.
2004-yil 18-mart – Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahrida O’zbekiston-Turkiya “Ya-DEMtekstil” qo’shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo’ldi.
2004-yil 23-mart – Toshkentda Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi bo’ldi.
2004-yil 25-mart – O’zbekistoon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi.
2004-yil 26-mart – O’zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashkil topdi.
2004-yil 27-mart – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.
2004-yil 28-mart – Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etildi.
2004-yil 30-mart – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.
2004-yil 3-aprel – Orolbo’yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg’armasini tashkil etishga qaror qilindi.
2004-yil 5-aprel – Toshkentda “Ta’lim” kelajakka yo’naltirilgan sarmoya” mavzuida mintaqaviy konferensiya bo’lib o’tdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari ta’lim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
2004-yil 29-30-aprel – 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida” “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
2004-yil 21-may – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
2004-yil 11-iyun – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qo’shilishi munosabati bilan “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti qayta tashkil etildi.
2004-yil 17-iyun – Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi.
2004-yil iyun – O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy ta’lim vazirligi o’rtasida Toshkentda xitoy tilini o’rganish bo’yicha Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish to’g’risida bitim imzolandi.
2004-yil 7-iyul – O’zbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.
2004-yil 13-iyul – Liviya poytaxti Tripoli shahrida bo’lib o’tgan shaxmat bo’yicha jahon chempionatida o’zbek shaxmatchisi, xalqaro grosmeyster Rustam Qosimjonov, shaxmat bo’yicha jahon chempioni unvonini olishga sazovor bo’ldi.
2004-yil 30-iyul – Toshkentda aqidapast terrorchilar tomonidan terrorchilik xurujlari sodir etildi.
2004-yil avgust – Xorazm viloyatida “Bog’ottekstil” va “Shovotteks” qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
2004-yil 26-avgust – Afinadagi “Olimpiada-2004” musobaqalarida o’zbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturashvili yunon-rum kurashi bo’yicha, Artur Taymazov esa erkin kurash bo’yicha 28-Olimpiada o’yinlari chempioni bo’ldi, Magomed Ibragimov kumush medal bilan taqdirlandi.
2004-yil 31-avgust – O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi foydalanishga topshirildi.
2004-yil 27-sentabr – O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.
2004-yil 11-oktabr – O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
2004-yil 15-oktabr – O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tashkil qilindi.
2004-yil 25-oktabr – Samarqand shahrida jahon sayyohlik tashkilotining “Buyuk ipak yo’li” deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.
2004-yil 28-oktabr – Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.
2004-yil 26-dekabr (va 2005-yil 9-yanvar) – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasiga saylovlar bo’lib o’tdi.
2005-yil – “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilindi.
2005-yil 17-20-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar bo’lib o’tdi.
2005-yil mart – Toshkent viloyatida “Bursel-Toshkent tekstil” qo’shma korxonasi ishga tushirildi.
2005-yil 12-13-may – Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
2005-yil may – “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” temir yo’l magistralining ikkinchi bosqichi – “Qumqo’rg’on-Boysun” yo’nalishi ishga tushirildi.
2005-yil may – Chirchiq shahrida “Barkamol avlod” sport o’yinlari bo’lib o’tdi.
2005-yil may – Pochta va telekommunikatsiyalar negizida O’zbekiston Aloqa va axborot agentligi tashkil etildi.
2005-yil 30-iyul – 1- va 2-ToshTI negizida Toshkent Tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
2005-yil 1-avgust – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-yanvardan “O’zbekiston Respublikasi o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
2005-yil 23-avgust – Toshkent shahrida “Ay-Demir tekstil”, “Boyteks tijaret”, “Toshtekstil”, “Muruvvatteks” qo’shma korxonalari ishga tushdi.
2005-yil 30-avgust – Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i qayta ochildi. O’zbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyot uyi foydalanishga topshirildi.
2005-yil avgust – Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida “Il”ning yangi avlodi “Il-76 TD90 VD” samolyoti chiqarila boshlandi.
2005-yil 1-sentabr – Toshkent shahrida Mannon Uyg’un nomidagi Toshkent davlat san’at institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Mustaqillik maydoniga Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
2005-yil 5-sentabr – Toshkent-Buxoro yo’nalishida tezyurar yo’lovchi tashuvchi elektropoyezdi qatnay boshladi.
2005-yil 9-sentabr – O’zbekiston Respublikasi bilan XXR o’rtasida do’stlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari to’g’risidagi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
2005-yil 11-12-sentabr – O’zbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi bo’lib o’tdi.
2005-yil 5-6-noyabr – Toshkentning “O’zbekiston” sport majmuasida badiiy gimnastika bo’yicha jahon kubogi bosqichi – “Sharq go’zali-2005” xalqaro turniri bo’lib o’tdi.
2005-yil 9-noyabr – “Marg’ilon shahrining 2000 yilligini nishonlash to’g’risida” qaror qabul qilindi.
2005-yil 14-noyabr – O’zbekiston Respublikasi I.A.Karimov va Rossiya Prezidenti V.Putin Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.
2005-yil 26-27-noyabr – Toshkent shahridagi “O’zbekiston” sport majmuasida kurash bo’yicha 5-jahon chempionati bo’lib o’tdi.
2005-yil 29-noyabr – Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi bo’lib o’tdi.
2005-yil noyabr – Mo’ynoq tumanida yangi “Sharqiy Berdaq” gaz koni ochildi.
2005-yil noyabr – Farg’ona shahar aeroportidan “Farg’ona-Moskva-Farg’ona” yo’nalishi bo’yicha samolyotlar qatnovi yo’lga qo’yildi.
2005-yil noyabr – Toshkent shahrida “Yugnakiy” yoshlar sport majmuasi ochildi.
2005-yil noyabr – Zamonaviy sport markzaida 3-Toshkent xalqaro fotobinnalesi bo’lib o’tdi.
2005-yil 28-dekabr – Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).
2005-yil – Qarshi shahrida kardiologiya va ixtisoslashtirilgan urologiya markazlari foydalanishga topshirildi.
2006-yil – “Homiylar va shifokorlar yili” deb e’lon qilindi.
2006-yil 25-yanvar – Sankt-Peterburg sammitida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga O’zbekiston Respublikasi rasman a’zo bo’ldi.
2006-yil 27-yanvar – O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida Shartnoma ratifikatsiya qilindi.
2006-yil 27-may – Toshkentda futsal bo’yicha o’tkazilgan 8-Osiyo chempionatida O’zbekiston terma jamoasi 2-o’rinni egallab, kumush medalga sazovor bo’ldi.
2006-yil 25-iyul – O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
2006-yil 31-avgust – “M.Lomonosov” nomidagi Moskva davlat universietining Toshkent shahridagi filiali binosi qad rostladi va o’quvchi talabalarga sovg’a qilib topshirildi.
2006-yil 31-avgust – Tasviriy san’at galereyasi binosi qurildi.
2006-yil 13-sentabr – Qonunchilik palatasi tomonidan Tibbiyot xodimlari kuni deb e’lon qilindi.
2006-yil sentabr – Toshkentdagi Samarqand davroza ko’chasida 14-oilaviy poliklinika ochildi.
2006-yil 16-sentabr – Toshkent shahridagi A.Navoiy nomidagi milliy bog’da “Madaniyat va san’at ko’rgazmasi” deb nomlangan koshona barpo etildi.
2006-yil 4-oktabr – Qarshi shahrining 2700 yilligi munosabari bilan sport kolleji va “Nuriston” akademik litseyi binosi ishga tushirildi.
2006-yil 27-oktabr – Qarshi shahrining 2700 yilligi va Sohibqiron Amir Temur tavalludining 670 yilligi tantanali nishonlandi.
2006-yil 3-noyabr – Xiva shahrida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
2006-yil 1-15-dekabr – Qatar poytaxti Doha shahrida o’tkazilgan 15-Osiyo o’yinlarida ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilar 11 ta oltin, 14 ta kumush va 14 ta bronza medallarini qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 7 o’rinni egallashdi.
2007-yil – “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilindi.
2007-yil 28-yanvar – “Paxtakor” futbol jamoasi Moskvada o’tkazilgan MDH va Boltiqbo’yi davlatlari chempionlari kubogi sohibi bo’ldi.
2007-yil 8-yanvar – O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
2007-yil yanvar – Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham Islom madaniyatining poytaxti deb e’lon qilindi.
2007-yil 13-yanvar – Toshkent shahrida M.I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chiqdi.
2007-yil 20-yanvar – Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan milliy-madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
2007-yil 24-yanvar – “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi e’lon qilindi.
2007-yil 30-yanvar – “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasining 15 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.